Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Mulkning saqlanishini ta'minlash funksiyasi


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

3. Mulkning saqlanishini ta'minlash funksiyasi. Bu funksiya buxgalteriya hisobi tizimini 
takomillashtirish va uning nazorat funksiyasini kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. Shuni alohida 
ta'kidlash zarurki, ushbu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur: jihozlangan 
omborxona binolari, nazorat va o‘lchash asboblari, o‘lchagich idishlar va boshqalar. 
Inventarizatsiya ushbu funksiyani amalga oshirishning muhim usuli bo‘lib, korxona mulklarining 
saqlanishi va ular tarkibida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni aniqlashga imkon yaratadi. Uni amalga oshirish 
uchun №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti 
(BHMS) dan foydalaniladi. Ushbu standart O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 
qonuning 11-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan. 
Inventarizatsiya jarayonida barcha xo‘jalik muomalalari hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligi va 
tegishli buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilganligi, zarur aniqliklar va tuzatishlar kiritilayotganligi, 
hamda joriy hisob ko‘rsatkichlari va haqiqiy ma’lumotlarning o‘zaro mos (teng) kelishlari tekshiriladi. 
Inventarizatsiya mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga qilingan xarajatlarni, mulklarni 
saqlanishi maqsadida to‘g‘ri aks ettirish, asosan xom-ashyo va Materiallar va yoqilg‘i-enyergetik 
resurslarning yo‘qotilishi borasida katta ahamiyatga ega. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning hozirgi 
bosqichida va turli mulkchilik shakllari mavjudligi sharoitida inventarizatsiya o‘tkazish, odatda, katta 


hajmdagi axborotlarga ishlov berish bilan bog‘liq. Shuning uchun inventarizatsiya o‘tkazish jarayonlarini 
ham kompyutyerlashtirish zarur. Asosan katta nomenklaturadagi tovar-moddiy zaxiralarini inventarizatsiya 
qilishda kompyutyerlardan foydalanish yuqori samara beradi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling