Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
Ustav kapitali ta'sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasidagi) yig‘indisidir. Ustav
kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta'sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijrochi organining qaroriga ko‘ra baholanadi va hisobga olinadi. Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi. Zaxira kapitali mol-mulkni qayta baholash chog‘ida hosil bo‘ladigan inflyatsiya zaxiralarini, shuningdek, tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi. Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo‘shilishi mumkin. Maqsadli tushumlarga maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va qaytarib berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari va boshqa tushumlar kiradi. Bundaylarga grantlar, subsidiyalar, a'zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa maqsadli tushumlar misol bo‘ladi. Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralarga xarajatlar va to‘lovlarni xarajatlarga bir tekisda qo‘shish uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan zaxiralar kiradi. Korxonaga chetdan jalb qilingan yoki qarzga olingan mablag‘lar manbalariga bank kreditlari(ssudalari), kreditor qarzlar va korxonaning boshqa majburiyatlari kiradi. Bank kreditlari (ssudalari) – bu korxonalarning qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan talabini qondirish uchun korxonaga ma'lum muddatga berilgan davlat mablag‘laridir. Bank ssudalari qat'iy maqsadli ehtiyoj uchun beriladi va belgilangan muddatida qaytarilishi kyerak. Kreditor qarzlar – bu korxonalarning mol yetkazib beruvchilarga olgan Materiallari uchun, pudratchilarga ular tomonidan bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar hamda boshqa muomalalar bo‘yicha paydo bo‘ladigan qarzlardir. Korxona majburiyatlari – bu budjetga va budjetdan tashqari fondlarga o‘tkaziladigan ajratma va soliq summalari, ishchi va xizmatchilarga (jamoa xo‘jaligi a'zolariga) beriladigan ish (mehnat) haqi summasi va boshqalardir. Buxgalteriya hisobining obektlariga yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridan tashqari, xo‘jalik jarayonlari ham kiradi. Xo‘jalik jarayonlari ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlaridan iborat. Korxona faoliyati uni ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta'minlashdan boshlanadi. Ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va tayyorlash jarayoni ta’minot jarayoni deb ataladi. Ta’minot jarayonida pul mablag‘lari ishlab chiqarish zaxiralari va asosiy vositalar ko‘rinishiga o‘tadi. Bu bosqichda korxona mol yetkazib beruvchilardan, boshqa korxona va tashkilotlardan ishlab chiqarish zaxiralari (minyeral o‘g‘it, urug‘lik, yoqilg‘i va moylash Materiallari va h.k.) va asosiy vositalar (mashinalar, qurilmalar va h.k.) sotib oladilar va shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsizligi ta'minlanadi. Ta’minot jarayonining vazifalari quyidagicha. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari ishchi kuchi bilan birikib, uning ta’siri ostida ishlab chiqarish vositalarining ayrim elementlari o‘z shaklini o‘zgartiradi va boshqacha xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu mahsulotlar tayinlanishiga ko‘ra shaxsiy iste'mol va ishlab chiqarish iste'moli uchun ishlatilishi yoki sotilishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi vazifalarni hal etishi lozim. Realizatsiya jarayoni xo‘jalik mablag‘larining doiraviy aylanishini yakunlar ekan, korxona o‘z tayyor mahsulotini xaridorlarga va boshqa korxonalarga sotadi va natijada ulardan pul kelib tushadi. Shunday qilib, bu jarayonda tayyor mahsulot pul shakliga o‘tadi. Ko‘p hollarda sotilgan mahsulot uchun pul kelib tushishi mahsulot sotilgan vaqtdan kechikadi. Realizatsiya jarayoni oldiga quyidagi vazifalar quyiladi. Bunday hollarda mahsulot vaqtincha muomaladagi mablag‘lar, ya'ni debitor qarz shakliga o‘tadi. Shunday qilib, xo‘jalik faoliyati jarayonida korxona mablag‘lari doiraviy aylanishining uchta bosqichini ketma-ket o‘tar ekan. Ularning ayrimlari ta’minot jarayonida bo‘lganida, ayrimlari ishlab chiqarish jarayonida bo‘ladi, shuningdek bir qismi realizatsiya jarayonida bo‘ladi va natijada biridan ikkinchisiga o‘tib turadi (xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish uslubiyoti 5,6 va 7-boblarda batafsil bayon qilingan). Demak, xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari doimo harakatda bo‘lib, o‘zgarib turar ekan. Xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalarining tarkibi va tuzulishida sodir bo‘lib, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan ayrim o‘zgarishlar xo‘jalik operatsiyasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarishga moddiy boyliklarni sarflash, olingan mahsulotlarni kirim qilish va boshqa shunga o‘xshash ayrim muomalalar. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarida o‘zgarish sodir qiluvchi barcha xo‘jalik muomalalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalarining tarkibi va funksional rolini, ularning doiraviy aylanish jarayonlaridagi harakatini ko‘rib chiqib, buxgalteriya hisobi predmetiga umumiy ta’rif berish mumkin. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning pulda baholanadigan xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari, hamda xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan mablag‘lar doiraviy aylanishi va manbalar o‘zgarishi buxgalteriya hisobining predmetini tashkil etadi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling