Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Inventarizatsiya – bu sanash, tortish, o‘lchash va boshqa yo‘llar bilan korxona mol-mulkini ro‘yxat 
qilish, olingan ma’lumotlarni buxgalteriya ma’lumotlari bilan solishtirish, aniqlangan kamomad, ortiqcha 
chiqish, nobudgarchilik va hokazolar tarzidagi farqlarni hujjatlar asosida rasmiylashtirish, bu farqlarning 
sabablarini va aybdorlarini aniqlashdan iborat. 
Buxgalteriya hisobida korxona mablag‘larini aks ettirish uchun hujjatlarda qayd qilingan xo‘jalik 
muomalalarining natura va mehnat o‘lchovi ko‘rsatkichlarini pul ifodasida baholash kyerak. Baholash – bu 
hujjatlarda ko‘rsatilgan xo‘jalik muomalalarini pulda ifodalash usulidir. U har xil narsalardan tarkib topgan 
xo‘jalik mablag‘larini yagona pul ifodasida ko‘rsatish imkonini beradi. Korxonalar mablag‘larini 
baholashda ularning haqiqiy ishlab chiqarish yoki sotib olish tannarxi asos bo‘ladi. Hujjatlarda aks ettirilgan 
va pulda baholangan barcha xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi schotlariga yoziladi. Buxgalteriya 
hisobi schotlari – bu korxona mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarayonlarini 
guruhlash, joriy tartibda aks ettirish va nazorat qilish usulidir. 
Xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarayonlarining har bir guruhi 
bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar olish uchun iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini 
guruhlashda schotlardan foydalaniladi.
Xo‘jalik muomalasini buxgalteriya schotlarida aks ettirish ikki yoqlama yozuv usuli yordamida 
amalga oshiriladi. Bu usul xo‘jalik muomalalarining ikki taraflamalik xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, 
moddiy boyliklar sotib olish redm bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik muomalasi bir tomondan moddiy boyliklar 
zaxirasini ko‘paytirsa, ikkinchi tomondan pul mablag‘larining kamayishiga olib keladi. Xaridorda bu 
muomala aks ettirilganda sotib olingan Materiallarning kirimi va mol yetkazib beruvchiga to‘langan pul 
mablag‘larining chiqimi bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘lanadi. Mol yetkazib beruvchi bu muomalani 
aks ettirganda, xaridordan kelgan pulning ko‘payishi va unga sotilgan Materialning kamayishini o‘zaro 
bog‘liqlikda ko‘rsatadi. 
Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar 
buxgalteriya hisobining alohida schotlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan Materiallar, ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan redm ko‘rsatilgan xizmatning tannarxini aniqlash buxgaltriya hisobida 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling