Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


-rasm  Buxgalteriya hisobi predmeti va metodining o‘zaro bog‘liqligi


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

1.8-rasm 
Buxgalteriya hisobi predmeti va metodining o‘zaro bog‘liqligi
Кorxona
mablaglari (aktivlar), mablaglar 
manbalari(passivlar)ning holati va 
harakati hamda xojalik jarayonlarida 
(taminot, ishlab chiqarish, 
realizatsiya) sodir bo‘ladigan 
muomalalar to‘g‘risidagi 
1) Axborotlarning 
miqdor 
ko‘rsatkichlarini 
ifodalash uchun
2) Axborotlarning 
sifat 
korsatkichlarini 
ifodalash uchun: 
a) hisob obektlarini dastlabki 
kuzatish, o‘lchash va ro‘yxatga 
olish 
b) hisob obektlarini qiymat 
o‘lchovida ifodalash 
a) hisob obektlarini joriy 
tartibda guruhlash, aks ettirish 
va nazorat
b) aktivlar, passivlar va 
xo‘jalik jarayonlarini davriy 
guruhlash va umumlashtirish 
Hujjatlashtirish
Inventarizatsiya
Baholash 
Кalkulyatsiya
Schotlar tizimi 
Ikki yoqlama yozuv 
Balans
Hisobot


 
2 MAVZU. HUJJATLASHTIRISH, INVENTARIZATSIYA,BAHOLASH VA 
KAL`KULYATSIYA 
2.1.Buxgalteriya hujjati, hujjatlashtirish va hujjatlarni turkumlash 
Buxgalteriya hujjati - bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda mavjudligini yoki sodir 
bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini isbotlovchi, mas'ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan 
yozma guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan 
tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi kyerak. 
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan biri bo‘lib, uning mazmuni 
xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda dastlabki qayd qilish va ularning haqiqatda sodir 
bo‘lganligini isbotlashdan iboratdir
Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik faoliyatini boshqarish, nazorat va tahlil qilishda ulkan 
iqtisodiy va huquqiy ahamiyatga ega. 
Korxona resurslaridan foydalanish haqidagi tezkor ma’lumotlarni olish, xo‘jasizlik hollarini 
aniqlash va buning aybdorlarini aniqlashda buxgalteriya hujjatlarining iqtisodiy ahamiyati kattadir. 
To‘g‘ri tashkil etilgan hujjatlashtirish faqat xo‘jasizlik va suyiste'mol qilish hollarini aniqlabgina 
qolmay, balki uning oldini olishga ham yordam beradi. Buxgalteriya hujjatlari ulkan huquqiy 
ahamiyatga ham egadir. O‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik 
muomalalarini amalga oshirish va ular qonuniyligining yagona isbotidir. Ular boshqa xo‘jalik 
yurituvchi subektlar va shaxslar bilan da'volar va har xil kelishmovchiliklarni sud hal qilishda dalil 
sifatida, hamda hisob yozuvlarini yozishda yagona qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Shuningdek, soliqlarni tekshirishda ham buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik muomalasining sodir 
bo‘lganligi yoki uni amalga oshirish huquqi to‘g‘risida yozma guvohlik ahamiyatiga ega va xo‘jalik 
muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligi hamda ishonchliligini tekshirishda 
muhim vositasi hisoblanadi. Shuning uchun hujjat yo‘qligi – xo‘jalik muomalasi yo‘q degan qoida 
har bir buxgaltyer uchun asosiy qoidalardan biri bo‘lishi lozim. Har qanday hujjatning yo‘qligi yoki 
noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi xo‘jalik yurituvchi subektning o‘z xodimlari, investorlari
aksiyadorlari, davlat nazorat (ko‘pincha soliq) organlari va hokazolar bilan jiddiy muammolarga olib 
kelishi mumkin. Bunda dastlabki hujjatlar quyidagi hollarda hisobga qabul qilinishi mumkin: 
— 
to‘liq, to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilgan; 
— 
xo‘jalik muomalasini amalga oshirish uchun vakolatli shaxslar tomonidan imzolangan. 
Shunday qilib, dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va tekshirishni bilish – 
buxgaltyerlarning malakali ishlashini asosidir.
Buxgaltyerlarning dastlabki hujjatlar bilan ishlash quyidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan 
tartibga solinadi: 
1) 
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni (7,8-moddalar) 
2) 
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanish to‘g‘risida»gi qonuni 
3) 
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron imzo to‘g‘risida»gi qonuni 
4) 
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risidagi nizom. (O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirining 2003 yil 23 dekabrdagi 131-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan) 
Buxgalteriya hisobida hujjatga asosan tegishli yozuvlarni yozish uchun hujjatlarda sodir 
bo‘lgan xo‘jalik muomalasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot aks ettirilishi lozim. Hujjatlarda aks 
ettiriladigai bunday ma’lumotlarga rekvizitlar

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling