www.ziyouz.com kutubxonasi
20
qarshiliksiz shaharni ochib berdilar.
Lekin hech kim mening oldimda bo‘lgan kunni unutmaydi - o‘sha kuni musulmonlar
Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam bay’at qilgandilar.
Allohning yordami musulmonlarga bo‘ldi. Odamlar jamoat-jamoat bo‘lib Allohning diniga
kirishdi. Men musulmonlarning Jaziraning hamma joyida Rasulullohning sollallohu alayhi
vasallam so‘zlarini qayta-qayta aytayotganlarini eshitdim. «Nohaq qon to‘kish harom,
bekor daraxtni chopish gunoh». Bu so‘zlardan mening barcha a’zolarim, shoxlarim,
barglarim to‘lg‘onib, hayajonlanib ketdi.
Rasulullohning mana bu gaplarini eshitib, yanada hayajonlandim: «Ey quraysh jamoasi
... Meni o‘zlaringiz bilan qanday (muomala) qiladi deb o‘ylaysizlar?». Quraysh ahli:
«Yaxshi (muomala)», deyishdi. «Boringlar, sizlar ozodsizlar», dedilar Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam.
Shundan so‘ng Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob davrlarida ko‘p narsalarning shohidi
bo‘ldim. Fors, Shom, Yaman shaharlari Islomni qabul qilishganini eshitdim. Bularning
hammasini ostimda bo‘lgan o‘sha kuchli bay’atni eslab ziyoratga kelgan kishilardan
eshitar edim.
Ziyoratchilarning ko‘pligidan Umar ibn Xattob xavotirga tushdilar. Va meni kesib
ildizlarim bilan sug‘urib tashlashga buyurdilar. Men bundan xafa bo‘lmadim. Chunki bir
daraxt uchun Rasululloh va musulmonlarni bay’at paytida o‘z soyasiga olib turishdan
ortiq baxt bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |