Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua
10.2. Omborlarning turlari
Omborlar logistik tizimlarning muhim unsurlaridan biri bo‘lib hisoblanadilar. Zaxiralarni saqlash uchun maxsus jihozlangan joylarga bo‘lgan ob'ektiv zaruriyat moddiy oqim harakatining barcha bosqichlarida kuzatiladi. Turli xildagi omborlar ko‘pligini aynan shu bilan izohlash mumkin. Omborlarning o‘lchamlari ham har xil bo‘lishi mumkin: kichkina xonalardan to bir necha yuz ming kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan gigant omborlargacha. Omborlar yuklarni joylash balandligi bo‘yicha ham farqlanadilar. Bir omborlarda yuklar odam bo‘yidan baland bo‘lmagan joyda saqlansa, ikkinchi bir omborlarda maxsus uskunalar yukni 24m balandlikga joylashtiradilar. Omborlar tuzilishi (konstruksiyasi) ham turlicha bo‘lishi mumkin: ochiq va yopiq. Omborlarda, agarda lozim bo‘lsa, maxsus harorat, namlik va boshqa sharoitlar yaratilishi mumkin. Ombor bitta korxona tovarlarini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lishi (individual foydalanish ombori) yoki lizing shartlarida yuridik yoki jismoniy shaxslarga ijaraga beriladigan bo‘lishi (jamoaviy foydalanish ombori) mumkin. Shuningdek omborlar, ombor operatsiyalarini mexanizatsiya darajasi bo‘yicha ham farqlanadilar: mexanizatsiya-lashtirilmagan, majmuaviy - mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan, avtomatik. Omborlarni moddiy oqimning umumiy harakat jarayonidagi joylashish belgisi bo‘yicha turkumlanishini mukammalroq ko‘rib chiqamiz (10.1 rasm). Omborlar turkumlanishining muhim belgisi bu yuklarni temir yo‘l yoki suv transporti orqali yetkazish va olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishdir. Bunga muvofiq stansiyalardagi yoki portlardagi omborlar (temir yo‘l stansiyasi yoki port hududida joylashgan), relsli omborlar (vagonlarni berish va olishga mo‘ljallangan relslarga ega) va chuqurdagi omborlar mavjud. Yukni stansiyadan yoki portdan chuqurdagi Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling