Microsoft Word 15-16 mart 2023 yil konfrensiya to'plami 2023


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1529683
Bog'liq
O‘ZBEKISTON GIDROENERGETIKASINING ISTIQBOLLARI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
“TIQXMMI” MTUning QARSHI IRRIGATSIYA VA 
AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI 
SUV RESURSLARI VA GIDROTEXNIKA 
INSHOOTLARIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING 
YECHIMLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 
TO‘PLAMI 
15-16 mart 
Qarshi-2023y 



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 
“Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning
samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 24-son qarori ijrosini 
ta’minlash, shuningdek, mamlakat ilm-fani nufuzini yanada oshirish va xalqaro ilmiy-
texnik hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan xalqaro va respublika 
miqyosidagi ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa ilmiy hamda 
ilmiy-texnik tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 martdagi 101-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan 
reja asosida “TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti 
2023 yil 15-16 mart kunlari o‘tkazilgan “Suv resurslari va gidrotexnika 
inshootlaridagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy 
konferensiya to‘plamida suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari, gidrotexnika qurilishi 
va gidroenergetikaning bugungi kundagi muammolari, suv xo‘jaligidagi energetika-
avtomatika muammolari boshqarish, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, tabiiy 
resurslarni boshqarish, qishloq va suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalar hamda 
irrigatsiya va agrotexnologiyalar sohalari fanlarini o‘qitishda innovatsion ta’lim 
metodlari bo‘yicha xalqaro tajribalar almashish, shuningdek, sohaga aloqador 
mutaxasislar, talabalar va tashkilot rahbarlarini amalga oshirilayotgan ilmiy-
tadqiqotlar bilan tanishtirish hamda sohani rivojlantirish uchun ilmiy takliflar va 
amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda tahliliy mulohazalar bildirilgan.
Ushbu to‘plamning chop etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar 
Mahkamasining ilm-fan sohasidagi farmonlari, qarorlari ijrosini amalga oshirishga 
bag‘ishlangan. 
Taqdim etilayotgan gidrotexnika inshootlari va suv xo‘jaligi sohasi 
mutaxassislari hamda keng jamoatchilikka mo‘ljallangan.
To‘plamga kiritilgan ma’lumotlar to‘g‘riligi uchun mualliflar mas’uldir. 
© “TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, 2023 y. 



KIRISH SO‘ZI 
Assalomu-alaykum! Hurmatli ilmiy-amaliy anjumanimiz mehmonlari, aziz 
talabalar, magistrlar, doktorantlar va institut professor-o‘qituvchilari! Bugungi, Qarshi 
irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida tashkil etilgan “Suv resurslari va 
gidrotexnika inshootlarida muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi 
Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyamizga XUSH KELIBSIZ! 
Yangi tashkil etilgan institutimizda har yili an’anaviy tarzda tashkil etilib 
kelinayotgan, ilm-fan rivojiga bag‘ishlangan ushbu tadbir boshlanishida shuni 
ta’kidlamaoqchimanki, Bugungi Yangi O‘zbekistonda ilm-fan ziyolilari va iqtidorli 
yoshlarimizga qo‘yilayotgan talab barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi 
bosqichga ko‘tarish, yaratuvchanlik, innovatorlik xususiyatlarini rivojlantirish, 
yangilikka intilish, ilm-fan taraqqiyoti orqali jamiyatimiz oldida turgan dolzarb 
masalalarni yechimini yaratishdan iboratdir. Bu yo‘nalishdagi bizning asosiy 
vazifamiz - Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish, 
mavjud ilmiy salohiyat va imkoniyatlarni iqtisodiyot tarmoqlari rivojlantirishga 
qaratish hamda bunda aynan iqtidorli yoshlarimizni ishtirokini yanada 
kengaytirishimiz katta e’tibor qaratishdir. 
Bugungi tashkil etilgan anjumanimiz, suv resurslaridan samarali foydalanish, suv 
tejamkor sug‘orish usullarini keng ko‘lamda joriy qilish hamda gidrotexnika 
inshootlaridan xavfsiz hamda samarali foydalanish muammolariga bag‘ishlanar ekan, 
Suv masalasi nafaqat respublikamizda balki butun dunyo hamjamiyati oldida turgan 
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Jahon qishloq xo‘jaligi yiliga 2,8 ming km
3
chuchuk suv ishlatadi. Bu jahon bo‘yicha chuchuk suv iste’molining 70% ini, yoki 
jahon sanoatida ishlatadigan suvdan 7 barobar ko‘pdir.
Suv va suvga xizmat ko‘rsatuvchi inshootlarning ahamiyatining naqadar 
muhimligi hechkimga sir emas. Nafaqat suvni saqlash va bir joydan ikkinchi joyga 
yetkazish muammosi balki mazkur inshootlardagi texnik xavfsizlik masalalari soha 
mutahassislarini yanada puxta ishlashlarini talab qiladi.
Suv iste’moli bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi davlat hisoblanadi. Iste’mol qilingan 
suv resurslarining mavjud suv resurslaridagi ulushi Amudaryo suv havzasi bo‘yicha 
49,7 %ni, Sirdaryo suv havzasi bo‘yicha 48 %ni tashkil etadi.
Ma’lumki, respublikamiz hududida 11,47 km
3
miqdorda ichki suv resurslari 
shakllanib, shundan 4,82 km
3
– Amudaryo havzasiga, 6,65 km
3
– Sirdaryo havzasiga 
to‘g‘ri keladi. Qolgan 80 foizdan ortig‘i esa, transchegaraviy suv resurslari hisobiga 
to‘ldiriladi. Aytish joizki, umumiy suv iste’molida qishloq xo‘jaligining ulushi 88 % ni 
tashkil etmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 
hamda 20 mln.dan ziyod qishloq aholisining hayotiy ta’minoti, daromadlari va 



farovonligi aynan suv ta’minotiga bevosita bog‘liqligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, 
tarmoqni tegishli tarzda suv bilan ta’minlashda yangicha, zamonaviy yondoshuv o‘ta 
muhim ekanligini anglash qiyin emas. Xukumatimiz tomonidan respublikamizda ham 
ushbu sohaga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2022 yilning 1-mart kuni 
Prezidentimizning «Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–144-sonli qarorlari qabul 
qilindi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, davlatimiz tomonidan katta e’tibor berilayotgan ushbu 
sohaga biz ham o‘zimizning ilmimiz, salohiyatimiz orqali o‘z hissamizni qo‘shishimiz 
lozim deb o‘ylayman. 
Bugungi anjumanimizning ham asosiy maqsadi ham suv, gidrotexnika 
inshootlari, yer va qishloq xo‘jaligi sohasida resurs tejamkor loyihalar ustida ilmiy, 
innovatsion tadqiqotlar olib borayotgan yoshlarimizning ishlari bilan yaqindan 
tanishish, o‘rtoqlashish, ularni istiqbolli yo‘naltirish va har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashdan iboratdir.
“TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti 
direktori, i.f.n., dotsent Z.M.Muqimov


352
O‘ZBEKISTON GIDROENERGETIKASINING ISTIQBOLLARI
Qurbonazarov Suhrob Erkin o‘g‘li
Termiz muhandislik-texnologiya instituti assistenti
Ochilov Samandar Mirvali o‘g‘li
Termiz muhandislik-texnologiya instituti talabasi
Kalit so‘zlar: GES-gidro elektr stansiya, derivatsion kanal, gidrotexnika inshootlari, to‘g‘on,
gidroenergetika, daryo o‘zani.
Ключевые слова: ГЭС - гидро электр станция, деривационный канал, гидротехнические
сооружения, плотина, гидроэлектростанция, русло реки.
Key words: HPP - hydroelectric station, diversion channel, hydraulic structures, dam, hydroelectric power
station, river bed.
Annotatsiya: 
GES - energiya manbai sifatida suv oqimining energiyasidan foydalanadigan elektr
stantsiyasi. Gidroelektrostansiyalar odatda daryolarda toʻgʻon va suv omborlari qurish yoʻli bilan quriladi.
GESlarda elektr energiyasini samarali ishlab chiqarish uchun ikkita asosiy omil zarur: yil davomida
kafolatlangan suv ta'minoti va katta daryo yonbag'irlarining mavjudligi.
Аннотация: ГЭС - представляет собой электростанцию, использующую в качестве источника
энергии энергию потока воды. Гидроэлектростанции обычно строят путем строительства плотин и
водохранилищ на реках. Для эффективного производства электроэнергии на ГЭС необходимы два
основных фактора: гарантированная подача воды в течение всего года и наличие крупных берегов рек.
Annotation: A hydroelectric power station is a power plant that uses the energy of a stream of water as an
energy source. Hydroelectric power plants are usually built by building dams and reservoirs on rivers. Two main
factors are necessary for the efficient production of electricity at hydroelectric power plants: a guaranteed supply
of water throughout the year and the presence of large river banks.
GES - bu suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylatirib
beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika inshootlari to‘g‘on yonidagi
derivatsion va aralash turlarga bo‘linadi. To‘g‘on yonidagi GESlarda to‘g‘on yordamida suv sathi ko‘tarilib
kerakli bosim hosil qilinadi. GES binosi 3xil joylashtiriladi:
1) to‘g‘on yonida
2) to‘g‘ondan chetroqda
3) to‘g‘ondan pastda (daryo o‘zanida)
Tog‘ yonida va daryo o‘zanida quriladigan GESlar suvi ko‘p bo‘lgan, tekis oqadigan tog‘ daryolariga
toraygan joylariga quriladi. Masalan: Qayroqqum, Tuyamo‘yin, Chordara.[1]
Derivatsion (to‘g‘ondan chetroqda, uning stansiya uzeliga suv quvurlari, kanal yoki tunnel vositasida olib
kelinadigan) GESlar o‘rta va yuqori bosimli bo‘lib bosim derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Masalan:
Chorvoq, Farhod, Bo‘zsuv.
GES inshootlari majmuiga daryo o‘zanini to‘sib bosim hosil qiladigan inshoot (to‘g‘on) ,GES binosiga
suv yetkazib beradigan kanal, stansiya bosim uzeli (SBU) yoki bosim suv quvuri, suv sathini va sarfini tartibga
soluvchi avtomatik qurilma va gidroagregat (turbina bilan generator) lar kiradi.[2]


353 
GESning belgilangan quvvatiga ko‘ra kam (5 MVt gacha), o‘rta (5-25 MVt), katta (25 MVtdan yuqori) 
quvvatli turlarga bo‘linadi. Daryoning energiya resurslaridan to‘liq foydalanish uchun GESlar kaskad tarzida, 
ya’ni daryo oqimi bo‘yicha ma’lum masofada joylashtiriladi. Bunday GES kaskadlariga O‘zbekistondagi 
Toshkent, Qodriya, Chirchiq, Quyi Bo‘zsuv, O‘rta Chirchiq, Shahrihon, Samarqand kaskadlari kiradi.[4] 
O‘zbekistonda bunyod etilgan birinchi gidroelektr stansiya Bo‘zsuv GES-1 hisoblanadi. Bu GES 
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan. GES 1923-yil 26-may kuni maxsus tuzilgan komissiya 
qaroriga muvofiq mamlakatimizda ilk GESning qurilishi jadallik bilan boshlab yuboriladi. GESning qurilishi 
1923-yilda boshlangan bo‘lib, asosan, xalq hashari yo‘li bilan qurilgan. Bo‘zsuv GES qisqa vaqtda qurib 
bitkazildi. To‘g‘on 94 sutka mobaynida GES binosi va gidroinshootning asosiy qismi esa 9 oy davomida 
qurilgan. Bo‘zsuv GES 1926-yil 1-mayda ishga tushirilgan bo‘lib quvvati 4 ming kVt*soatga teng edi. Hozirgi 
quvvati 4 MVt bo‘lib, GESdagi modernizatsiya ishlaridan keyingi 1 yillik ishlab chiqarish energiyasi 44,4 mln 
kVt*soatni tashkil qiladi [3]. O‘zbekistondagi mavjud yirik GESlarga Chirchiq GES quvvati 620,5 MVt, 4ta 
trubinaga ega, 1970-1972-yillarda qurilgan, Chirchiq Xo‘jakent GES quvvati 165 MVt, 3ta trubina bor, 1976-
yilda qurilgan, Chirchiq G‘azalkent GES quvvati120 MVt, 3ta trubina bor, 1980-1981-yillarda qurilgan, 
Chirchiq Farhod GES quvvati 126MVt, 4ta trubinaga ega, 1948-1949-yillarda qurilgan. Dunyo miqyosida 
oladigan bo‘lsak gidroelektr energiyasini ishlab chiqarishda Xitoy turadi undan keyingi o‘rinlarda esa Braziliya, 
Kanada, AQSH, Rossiya turadi. Dunyodagi eng yirik GES Uch dara gidroelektr stansiyasi Yangtszi daryosida 
joylashgan bo‘lib, 1993-2012-yillarda qurilgan. Quvvati 22500 MVt, to‘g‘on balandligi 181 metr va kengligi 
2335metr bo‘lib, har biri 32 MVt dan bo‘lgan 700 ta va 50 MVt bo‘lgan 2ta trubinadan iborat. Braziliyadagi 
Itaipu GESi 1975-1982-yillarda qurilgan. Quvvati 14000 MVt Parana daryosida joylashgan. Xitoydagi Xiluodu 
GESi Jinsha daryosida joylashgan 2005-2013 yillarda qurilgan. Quvvati 13860 MVt. Venesueladagi Guri GESi 
1963-1986-yillarda qurilgan bo‘lib, quvvati 10235 MVt. Yurtimizda tabiatimizga zarar keltirmaydigan va 
yoqilg‘i resursi talab qilmaydigan kamxarj bo‘lgan enargiyani ishlab chiqarishni ommalashtirish va rivojlantirish 
uchun 2017-2021-yillarda 11ta GES qurishga 3 mlrd 400 mln lik 65 ta loyiha tugatildi. Respublikamizda mavjud 
elektr energiyaning 14,3 % ya’ni 1,85 ming MVt energiya gidroelektr stansiyalaridan olinadi [5]. O‘zbekiston 
Respublikasini elektr energiya bilan ta’minlash, ilg‘or xalqaro tajribani va jahon elektr energetikasini 
rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida o‘sib borayotgan 
ehtiyojlarini qondirish va elektr energetika tarmog‘ini yanada mutanosib ta’minlash maqsadida 10 yillik ya’ni 
2020-2030-yillar konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu konsepsiya muntazam ravishda o‘zgartiriladi va to‘ldirib 
boriladi, konsepsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi : 
- O‘zbekiston Respublikasi elektr energetika tarmog‘idagi mavjud vaziyat tahlili; 
- Kelgusida Respublikada elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi; 
- Davlat elektr energetika siyosatining asosiy yo‘nalishlari va uning muhim tarkibiy qismlari; 
- O‘zbekiston Respublikasi elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari; 


354 
Ishlab chiqarish quvvatining ortishi 16,4 ming MVt ni tashkil qiladi, shu jumladan, energotizimda 
iste’molning tig‘iz soatlaridagi maksimal yuklamani qoplash uchun 4,4 ming МVt. 
IES – 70,7 mlrd. kVt*soat (58,5 %); 
GES – 13,1 mlrd. kVt*soar (10,8 %); 
QFES – 9,9 mlrd. kVt*soar (8,2 %); 
SHES – 8,6 mlrd. kVt*soar (7,1 %); 
AES – 18,0 mlrd. kVt*soar (14,9 %); 
Blok stansiyalar – 0,6 mlrd. kVt*soat (0,5 %); 
Ushbu konsepsiya orqali O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoji kamxarj va 
atmosferaga chiqindi yoki zararli gaz chiqarmasdan qoplanadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
5. 
Qurbonazarov Suhrob Erkin o‘g‘li – “Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini 
qo‘llash” Respublikamizning janubiy hududlarida qishloq va suv xo‘jaligiga innovatsion texnika va 
texnologiyalarni joriy etish istiqbollari mavzusidagi respublika ilmiy-texnik konferensiyasidagi materiali. Termiz 
– 
2022 
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=kDoirt0AAAAJ&citation_for_view=
kDoirt0AAAAJ:eQOLeE2rZwMC
6. 
Qurbonazarov Suhrob Erkin o‘g‘li, Mirzayev R.K., Bobomurodov Q.X., Xolmirzayev Ilxom 
Jumayevich, Alimnazarov Olim 

Информационные технологии обучения в высшем образовании 
Самарский 
университет” 
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=kDoirt0AAAAJ&citation_for_view=
kDoirt0AAAAJ:Zph67rFs4hoC


355
7. 
Qurbonazarov Suhrob Erkin o'g'li, Mirzayev R.K., Bobomurodov Q.X., Xolmirzayev Ilxom
Jumayevich, Karabayev Ibragim Turdiyevich “Специалисты нового поколения и требования,
предъявляемые к ним (современные состояние и перспективы подготовки специалистов по
электрооборудования, измерительных технике и автоматике)” Respublika janubida elektr energetika
sohasining 
rivojlanish 
istiqbollari 
mavzusidagi 
xalqaro 
ilmiy-texnik 
anjuman. 
Termiz-2022.
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl= 
ru&
user=kDoirt0AAAAJ&citation_for_view=kDoirt0AAAAJ:KlAtU1dfN6UC&gmla=AJsN-
F5FjW6R8lE3geqjk43fBsZWAy7OvGgFCV9xwFAHR4uDo4yAwwYieL3
q40y5HtJQHwIojXZpzHTRmVzfbEDNPgelZHO6D4WZd13nRT6op6BIGpFCdNWnAbv_r_XIUqHMiD0ZrG
dg


851 
bog‘langan gruntlarning fizik xususiyatlarini ta’siri 
46.
Тўраев Шохжахон Тоштурди ўғли, Ҳамзаев Шахриёр Тошмурод 
ўғли. Қашқадарё вилоятидаги сувнинг шакилланиши.
306 
47.
Бобомуродов Ф.Ф -
Кар.ИЭИ, Кўлдошов Г., Поёнов И. О расчете 
неразмывающих скоростей потока в каналах пролегающих различных грунтах. 
310 
III-SHO‘BA. SUV XO‘JALIGIDAGI ENERGETIKA-AVTOMATIKA MUAMMOLARI 
BOSHQARISH, EKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI. 
Rais: t.f.f.d. dots. Sh.Imomov; kotib: F.N.Xo‘jaqulov (90 914 27 12)
1.
Очилов Дилшод Муборакбекович – асс., Холботиров Темурбек Толмас 
ўғли -талаба. Электр ускуналар ва электр энергия таъминоти бўйича мавжуд
эксплуатацияси омиллари ва таҳлили 
315 
2.
Очилов Дилшод Муборакбекович – асс., Эшмуродов Асилбек Бекмурод ўғли -
талаба.ЎЗБЕКИСТОНДA 
ШAМОЛ 
ЭНЕРГИЯСИДAН 
ФОЙДAЛAНИШНИНГ
ПАРАМЕТРЛАРИНИ ЭКСПЕРИМЕНТАЛ АСОСЛАШ 
321 
3.
Berdiyorov U.N.-o‘q., ELEKTROMOBILLARNING TORTISH ELEKTR 
MOTORLARI 
326 
4.
Azimov Azam Erkinovich, Murodullayev Javoxir Raxmatillo o‘g‘li – staj o‘q, 
CHIROQCHI “GALABEK” NASOS STANSIYASI JOYLASHGAN HUDUD 
TABIIY-IQLIMIY SHAROITLARI 
328 
5.
Mulkamalova Ozoda. Suv omborlari va Gidroelektrostansiyalarining ekologik 
xavflilik xususiyatlari. 
331 
6.
Sorimsokov Uchqun Soatboy o’g’li- Assistant, Zayniddinova Nargiza 
Abulqosim qizi- talaba, TRANSFORMATORDA BO’LADIGAN ISROFLAR VA 
UNING QIZISHI 
333 
7.
S.U.Mustapaqulov. M.O’.Sarmanova ATROF-MUHITNI HIMOYALASH VA 
AVTOMOBILLARNING
ATROF-MUHITGA ZARARLI TA’SIRLARI VA YECHIMLARI 
337 
8.
Н.П.Каримов- Таянч докторант, Ш.Б.Боходиров- Стажёр-ўқитувчи, 
С.У.Ғавсиева,Ш.О.Рахматуллаев- Талабалар: ҚАШҚАДАРЁ ҲАВЗАСИ 
ГИДРОГРАФИК ТАРМОҚЛАРИ ҲАМДА УЛАРНИНГ КЎРСАТКИЧЛАРИ 
ТАҲЛИЛИ 
340 
9.
Toʻxtamurodova Nafosat- assistent, Omonova Mushtariy Jabbor qizi. 
OʻSIMLIKLARNING TUPROQNI YAXSHILASHDAGI OʻRNI. 
344 
10.
Абдиразаков Акбар Иброхимович- ассистенти, Хурсанов Шаҳзод Бурон 
ўғли, Тоштурдиев Наврўзбек Дилшод ўғли- талаба. ҚУДУҚ НАСОСЛАР 
ЭЛЕКТРОДВИГАТЕЛИНИНГ АЙЛАНИШЛАР СОНИНИ ЧАСТОТА 
ЎЗГАРТИРГИЧ ОРҚАЛИ БОШҚАРИШ
347 
11.
Qurbonazarov Suhrob Erkin o‘g‘li, Ochilov Samandar Mirvali o‘g‘li. O‘zbekiston 
gidroenergetikasining istiqbollari
352 
12.
Киямов Асрор Зиядуллаевич. ДИСТАНЦИОННЫЙ СИГНАЛИЗАТОР 
ИЗМЕРЕНИЯ ВЛАГИ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ 
355 
13.
Suyunov Abdug’ani Shavkat o’g’li, Mahmudov Diyorbek Olimboy o’gli.
GLOBAL IQLIMGA OROL DENGIZINING TA’SIRI 
360 
14.
Raximov.J.S dotsent. q/x.f.n, Ergashev.T.N, Maxmayusupova K.G’. Sanoatda 
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini atrof muhitga ta’siri 
363 
15.
Sh.B.Imomov, X.A. Xalikova,
N. Nishonov, B.X. Karov, B.Sh.Khamdamov.
POSSIBILITIES OF USING INDUSTRIAL HEAT WASTE IN THE CONDITIONS 
OF SOUTH UZBEKISTAN 
366 
16. Masharipov Adamboy Atanazarovich. ORGANIK DEHQONChILIK EKOLOGIK 
369 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling