Microsoft Word 185-01-Й Ð‚Ñ…Ð¹Ñ•Ñ…Òł ÒłÑžÑ‹Ð¼Ð° чаÑ−Рим ёнгици
Download 104.61 Kb.
|
185-01-В Буйруқ қўшма таълим янгиси1.
Urganch davlat universiteti rektorining 2021 yil 11 sentabrdagi 185-01-B sonli buyrugʻidan koʻchirma 2021/2022 o`quv yili uchun qo`shma ta`lim dasturlari asosida imtihon tashkil qilish to’g’risida 2021/2022 o`quv yili uchun xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda qo`shma ta`lim dasturlari asosida mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlarni adolatli o’tkazish maqsadida BUYURAMAN: Universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, qabul komissiyasi raisi o’rinbosari S.Xo‘janiyozov, qabul komissiyasi mas’ul kotibi Z.Jumaniyozov, mas’ul kotib o’rinbosari X.Polvonov, mas’ul kafedra mudirlariga: Qo`shma ta`lim qabuliga doir belgilangan talablar asosida ta’lim yo’nalishlari bo’yicha adolatli suhbat komissiyasi tuzilsin. Komissiyalar tarkibiga kamida bitta rais, ikkita a’zo ta’lim yo’nalishlar kesimida sohaning tajribali professor-o`qituvchilari jalb qilinsin. Suhbat komissiyalari tarkibi ilova qilinadi. Universitet xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori G’.O‘rozboyev, fakultet dekanlari, mas’ul kafedra mudirlariga: 2021-2022 o’quv yilida qo`shma ta`lim dasturlari asosida hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari (online) bilan kelishilgan holda yozma imtihon dasturi va baholash mezonlari ishlab chiqilsin. Qabul komissiyasi mas’ul kotibi o’rinbosarlari X.Polvonov, M.Qurbonovlar, suhbat komissiyasi raislari va a‘zolariga: Joriy o’quv yilining 13 oktabridan 16 oktabrigacha qo`shma ta`lim dasturlari bo`yicha hujjat topshirgan abiturientlarni grafik asosida birinchi bosqichda mutahassislik fanlaridan yozma imtihonda ishtiroki ta’munlansin. (Imtihon komissiyasi raislari, a‘zolari va imtihon o’tkazish grafiklari ilova qilinadi) Qabul komissiyasi mas’ul kotibi o’rinbosari Sh.Quranboyev, xalqaro aloqalar bo’limi uslubchisi X.Sobirovlarga: Birinchi bosqichda mutaxassislik fanlaridan muvaffaqiyatli o’tgan abiturientlar ro’yhatini shakllantirib joriy yilning 20 oktabrigacha Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat Test markaziga taqdim qilish va abiturientlarning ikkinchi bosqichda qatnashishini ta’minlash ishlari belgilangan muddatlarda amalga oshirilsin. Raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy qilish markazi kontent menejeri D. Allashukurov va fakultet dekanlariga: qo`shma ta`lim dasturlari bo’yicha imtihon o’tkazish grafiklari imtihon belgilangan muddatdan kamida bir hafta oldin universitetning VEB sahifasida e’lon berilsin, hamda ularga qabul komissiyasi callcenteri orqali abiturientlarni ogohlantirish vazifasi yuklatilsin. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish qabul komissiyasi mas’ul kotibi Z.Jumaniyozov zimmasiga yuklatilsin. Asos. O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to’g’risidagi Nizom, 2008 y. 13 avgust, 2019 y.17 iyundagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019/2020 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmalari parametrlari to’g’risidagi PQ-4359-son qarori, Davlat komissiyasining 2019 yil 4-iyuldagi 1-son bayoni. Urganch Davlat universitetining 2021-yil «11» sentabrdagi 185-01-B sonli buyrug`iga ilova Urganch davlat univеrsitеti 2021/2022 oʻquv yili qabuli uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qabul e’lon qiladi
Download 104.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling