Microsoft Word Ðflокхменч3
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5213166789181046935
9-SINF TARIX FANIDAN IMTIHON
BILETLARIGA JAVOBLAR [2016-2017-o’quv yili]
1-
bilet 1. Mayalar davlati haqida so’zlab bering. Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi. Bu xalq yashagan hudud tabiatan yashash uchun juda noqulay bo’lgan. Biroq ular matonatli mehnatlari bilan bu hududni obod o’lkaga aylantira oldilar. Mayya xalqi Amerika qit’asida eng rivojlangan madaniyat namunalaridan birini yaratdi. Bu ular yaratgan Tikal shahri timsolida o’z ifodasini topdi. Shaharda uch mingga yaqin turli imorat (ibodatxona. Rasadxona, marosimlar saroyi va uy-joy) lar qurilgan. Shahar markazida qurilgan piramida va saroylar esa uning ko’rkiga-ko’rk qo’shib turgan. Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Ularning hukmdorlari “Buyuk inson” deb atalgan. Hukmdorlik nasldan naslga meros bo’ib o’tgan. Mayyalar 300 belgidan iborat iyeroglifli yozuvni yaratganlar. Shuningdek, o’z davri uchun eng aniq bo’lgan kalendar tuzishga ham muvvafaq bo’lganlar. Ming yildan ortiq yashagan bu madaniyat keyinchalik yevropaliklar bosqni oqibatida barham topdi. 2. Bog’doddagi Bayt-ul hikma (Donishmandlar uyi) to’g’risida malumot bering. “Bayt-ul hikma” (yoki “Xizonat ul-hikmat”) - olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa. Xalifa Horun ar-Rashid (766-809) Bag’dodda tashkil etgan. O’zbekcha asarlarda “Bilim uyi” yoki “Donishmandlar uyi” deb yuritiladi. Muhammad al-Xorazmiy kutubxonaga boshchilik qilgan.Kutubxonada hind, yunon, suryoniy (suriya), arab, fors tillarida 400 000 jida qo’lyozma kitob saqlangan. Xorazmiy o’sha kitoblardan foydalanib, hind usulida ilmi hay’at (astranomiya)ga oid “Ziji Xorazmiy” asarini yozgan. Hind raqamlari asosida hozirgi arab raqamlarini soddalashtigan., krngaytirgan va birinchi marta arab tilini bayon etib, uning keng tarqalishiga hissa qo’shgan.Tarjima ishlarida turli mamlakatlardan kelgan olim va tarjimonlar, jumladan Turkiston olimalaridan Ahmad Farg’oniy, Muhammad Xorazmiy, Abbos ibn Sayd Javhariy va Ahmad ibn Abdulloh Marvaziylar qatnashgan. Bu yerda olimlar chet tildagi murakkab tushunchalarni berishga qodir arab atamashunosligini yaratishga va uni boyitishga katta hissa qo’shdilar. 3. Al-Farg’oniyning hayoti va faoliyati. Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 798—865). Olimning to‘liq ismi Abulabbos Ahmad ibn uiMuhammad Kasir al-Farg‘oniydir. U astronomiya, geografiya fanlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Al-Farg‘oniy asarlaridan faqat sakkiztasi ma’lum. Ulardan “Samoviy jismlarning harakati va yulduzlar ilmi” asari juda mashhur. Asar o‘z zamonasidayoq jahon olimlarining diqqat-e’tiborini o‘ziga tortgan. Bu asar lotin va boshqa Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilindi. Bu ilmiy asardan asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiyadan asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan. Al-Farg‘oniy asarlarining qo‘lyozma nusxalari Germaniya, Angliya, Fransiya, Eron, Hindiston va Misr kutubxonalarida saqlanmoqda. 4. “Parlament” atamasiga izoh bering. Parlament (fransuzcha “parlement” - “rasmiy so’zlashish joyi”, “notiqlik koshonasi”) - davlatning qonun chiqaruvchi oliy organi. 2- bilet
1. XVII asr boshlarida Buxoro xonligi. XVII asr boshlari Buxoroda hokimiyatning ashtarxoniylarga o'tishi bilan boshlandi. 1601-yilda Jonibek Sultonning o'g'li Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o'tqizildi. Buxoro xonligi tarixida yangi sulola - ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlanib, qariyb 1,5 asr davomida mamlakat shu sulola tomonidan boshqariladi. Boqi Muhammad (1601—1605) mamlakat sarhadlari jidsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko'p urindi. 1602-yilda Eron safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo'ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. 1603-yilda Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratdi. Boqi Muhammad Ooshkent uchun qozoq sultonlariga qarshi kurashdi. 1604-yilda qozoq xoni Keldimuhammad qo'shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo'ysundirdi. 1605-yilda Boqi Muhammad vafot etgach, uning ukasi Vali Muhammad taxtga o'tqizildi. Ichki kurash yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo'ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan xabar topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadxonning o'g'li Imom- qulixonni (1611—1642) o'tqizdilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo'shinlarini tor- mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoldi. Vali Muhammad asir olinib, qatl etildi. Imomqulixon Ooshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, asosiy negizi oyrotlardan kelib chiqqan jung'orlar va qalmiqlarga hamda qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o'z tasarrufiga kiritdi. O'g'li Iskandar Sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar Sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko'paytirib, aholiga qattiq zulm o'tkazdi. Bunga qarshi Ooshkentda qo'zg'olon ko'tarildi va Iskandar Sulton o'ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Ooshkent ustiga qo'shin tortdi. Qo'zg'olonchilar ayovsiz jazolandi, Iskandar xuni uchun aholi qirg'in qilindi. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin taxtni egallagan Nodir Muhammad (1642—1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi. Xonning o'zi mamlakatning asosiy viloyatlarini 12 nafar o'g'li, 2 nafar jiyani va nabirasiga mulk qilib taqsimlab berdi. Oqibatda davlatchilik asoslarini zaiflashtirdi. 1645-yilda qozoqlar yana Movarounnahrga yurish qilib, Xo'jandgacha yetib keladilar. Nodir Muhammad ularni quvib chiqarish uchun o'g'li Abdulaziz boshchiligidagi katta qo'shinni safarbar etadi. Xondan norozi bo'lgan bir guruh amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb e'lon qiladilar. Abdulaziz Buxoroga keladi, aslzodalar uni taxtga o'tqizadilar. Nodir Muhammad Balxga qochib ketadi va toj-u taxtni qaytarib olish maqsadida Hindiston podshohi temuriyzoda Shoh Jahondan yordam so'raydi. Shoh Jahon Balx viloyatini o'ziga bo'ysundirish maqsadida u yerga o'g'illari Murodbaxsh va Avrangzeb boshchiligida katta qo'shin yuboradi. Nodir Muhammad ShohJahon o'g'illari yordamga emas, Balx viloyatini egallash uchun kelayotganini bilgach, ularga qarshi chiqadi. Maymana yo'lida bo'lgan jangda Nodir Muhammad yengilib, Eronga qochadi va shoh Abbos huzurida panoh topadi. 1647-yilda Shoh Jahon o'g'illari Balxni egallaydi. Nodir Muhammad shoh Abbos yordamida Balxni qayta egallaydi. Bu voqealardan tashvishga tushgan Abdulazizxon ukasi Subhonquli yetakchiligida Balxga katta qo'shin yuboradi, 1651-yilda Subhonquli Balxni egallaydi va u Balx hokimi etib tayinlanadi. Nodir Muhammad Makkaga hajga borayotib yo'lda vafot etadi. Abdulazizxon davrida (1645---1681) Xiva xonlarining talonchilik yurishlari kuchayadi. 1655- yilda Xiva xoni Abulg'oziyxon katta qo'shin bilan yurish qilib, Buxoro atroflarini ikki bor talon-taroj qiladi. Qorako'l aholisining bir qismini asir olib, Karmanani vayronaga aylantiradi. 1658-yilda Vardonzeni talab, 1662-yilda Buxoro shahrigacha yetib boradi. Tinimsiz urushlar, ichki ziddiyatlar Buxoro xonligining ijti- moiy-iqtisodiy ahvolini murakkablashtirib yuborgandi, siyosiy vaziyat izdan chiqqandi. Keksayib qolgan Abdulazizxon 1681- yilda taxtdan voz kechib, Makkaga hajga ketadi va o'sha yerda vafot etadi. Abdulazizxondan keyin taxtga o'tirgan Subhonqulixon (1681— 1702) davrida ham ahvol o'nglanmadi. Subhonqulixon, bir tomondan, Balx viloyatlarida hokimlik qilayotgan o'g'illariga qarshi, ikkinchi tomondan, Movarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga qarshi urushlar qilishga majbur bo'ldi. Uchinchi tomondan, Xiva xoni Anushaxon qo'shinlari hujum qilib, Buxoro, Karmana va Vardonzeni egalladi, hatto Samarqandni ham ishg'ol qildi. Samarqandda Anushaxon nomigaxutba o'qitilib, uning nomidan tanga pullar zarb etiladi. Subhonqulixon qatag'on urug'idan bo'lmish Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Xiva qo'shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishdi. Samarqandliklar qattiq jazolandi. So'ngra Balxga yurish qilib, isyonkor o'g'li Siddiq Muhammadga zarba beradi va zindonband qilib, o'ldiradi. Balx hokimligi yuz qabilasining sardori Muhammad hoji otaliqqa topshiriladi. Subhonqulixon Balxdaligidan foydalangan Anushaxon Buxoro atroflariga yana bostirib kelib, u yerlarni talon-taroj qiladi va katta o'ljalar bilan qaytib ketadi. Subhonqulixon fitnasi bilan 1686-yilda Xiva xoni Anushaxon ko'ziga mil tortilib ko'r qilinadi va taxtdan tushiriladi. Subhonqulixon 1688-yilda Xivadagi tarafdorlari xizmatidan foydalanib, Xiva xoni Erengxonning o'ldirilishiga erishadi va Xorazm Buxoro xonligi tasarrufiga olinadi. Subhonqulixon Amir Shohniyozni Xivaga hokim etib tayinlaydi. Qirg'in-barot urushlar, ichki nizolar mamlakat iqtisodiyotini chuqur tanazzulga tushiradi. 2. Abu Mansur al-Moturidiyning ijodidagi asosiy g’oyalari. Kalom ilmi ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Abu Mansur al-Moturidiy taxminan 870-yilda Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog‘ida tug‘ildi. Al-Moturidiy islomiy odob qoidalari, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga mo‘ljallangan qator asarlar yozgan. Ulardan”Kitob at-Tavhid” (“Allohning birligi”) va “Ta’vilot ahl as-sunna” (“Sunniylik an’analari sharhi”) nomli asarlarigina saqlanib qolgan. Ularda diniy ta’limot, islomiy urf-odatlar insonning kamol topishida, dunyoqarashinmg shakllanishidagi mohiyati talqin etilgan. Al-Moturidiy 944-yilda Samarqandda vafot etgan. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarimiz tiklanayotgan Vatanimizda 2000-yil noyabrda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi. 3. Alisher Navoiy hayoti va faoliyati. Alisher Navoiy (1441—1501) — o‘zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri, davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi. U adabiyot, tarix, falsafa va boshqa fanlarining chuqur bilimdoni edi. AlisherNavoiy davlat yumushlari bilan band bo‘lishiga qaramay, juda ko‘p qimmatli adabiy va tarixiy asarlar yozib qoldirgan. Shoir o‘z ona tili — o‘zbek (turkiy) tilining rivoji uchun juda katta xizmat qilgan. O‘zbek tilidagi she’rlarini to‘plab to‘rt qismdan iborat “Ma’nolar xazinasi” devonini tuzgan. Turkiy tilda birinchi beshta katta doston — shoh asari “Xamsa”ni yaratgan. Alisher Navoiy o‘zbek adabiy tilining asoschisidir. Uning asarlari ko‘plab boshqa tillarga tarjima qilingan. Uning o‘zbek tilidagi mukammal asarlar to‘plami 20 jildni tashkil etadi. U fors tilida ham ijod qilgan. Temuriyzoda Sulton Husayn Boyqaro davrida Xurosondagi lqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot shu ulug‘ zotning — Alisher Navoiyning sa’y-harakati bilan bog‘liqdir. 4. “Demokratiya” atamasiga izoh bering. Demokratiya so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib “demos” - “xalq”, “kratos” - “hokimiyat” ya’ni xalq hokimiyachiligi degan ma’noni bildiradi. 3- bilet
1. XVIII asr o’rtalarida Buxoro amirligi. 1747-yilda Buxoroda hokimiyat amalda mang'itlar sulolasi qo'liga o'tdi. Rasman esa bu voqea 1756-yilda amalga oshdi va davlatni 1920- yilgacha idora qildi. Shundan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo'ldi. Mang'itlar 92 o'zbek qabilasining biri edi. Mang'it hukmdori Muhammad Rahimbiy (1756---1758) mamlakatda o'zining mutlaq hukmdorligini o'rnatish hamda ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi. Bunday siyosatdan ko'zlangan maqsad --- markazlashgan davlatni tiklash edi. Buxoro davlat tuzumiga ko'ra monarxiya davlati edi. Davlat tepasida amir, ya'ni yakka mustabid hukmdor turgan. Hukmdor rasman cheklanmagan huquqqa ega bo'lib, butun hokimiyat uning qo'lida to'plangan. U o'zi ishongan eng oliy toifadagi amaldorlar (arkoni davlat) hamda qabilalarning boshliqlari bilan hisoblashib ish tutgan. Buxoro amirligi ma'muriy jihatdan viloyatlarga va tumanlarga bo'lingan. Chunonchi, amirlik davlati 40 viloyat va tumanliklardan iborat edi. Amirlikning yer maydoni taxminan 270 ming km2, aholisi esa 2 mln atrofida bo'lgan. Aholisini o'zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qolgan qismini esa qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa xalqlar tashkil etgan. Amir tayinlaydigan hokim boshqaradigan hudud viloyat deb atalgan. Amirlikning poytaxti Buxoro shahri va viloyatini qo'shbegi boshqargan. Amirlikning alohida davlat xazinasi bo'lmagan. Xazina amirning mulki bo'lgan. 2. Qo’qon xonligida Norbo’tabiy madrasasi. Norbo’tabiy madrasasi - bizgacha saqlanib qolgan, XVIII asrga oid madrasalardan biri hisoblanadi. Bu davrda Qo’qonda 40 ga yaqin madrasalar bo’lib, ammo bunisi o’zining arxitektura va ornamenti bilan alohida ajralib turadi. Madrasa Chorsu maydonida qurilgan hamda 52x72 metrli maydondan iborat bir qavatli bino hisonlanadi. 2 asr davomida madrasa Qo’qondagi yirik o’quv markazlaridan biri bo’lib, bu yerda bir necha turar xonalari hujralar bo’lgan. 3. Mahmudxoja Bexbudiy hayoti va faoliyati. Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875—1919) — yozuvchi, olim, jurnalist va jamoat arbobi. Asli samarqandlik, ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ma’lumotni eski maktabda olgan, madrasada o‘qigan. Birmuncha vaqt Samarqand qozixonalarida kotiblik qilgan. Muftiy mansabida ham turgan.Mahmudxo‘ja Behbudiy yangi usul maktablari uchun geografiya va islom tarixidan qo‘llanmalar yozgan. «Qisqacha umumiy jug‘rofiya», «Qisqacha islom tarixi» va «Bolalar uchun o‘qish kitobi» shular jumlasidandir. Behbudiy ilg‘or fikrlari uchun ta’qibga uchradi va 1919- yili Shahrisabzda Buxoro amiri amaldorlari tomonidan qamoqqa olindi. Uni jadidlar va bolsheviklaming ayg‘oqchisi deb aybladilar va qatl etdilar. 4. “Respublika” atamasiga izoh bering. Respublika — (lot. Jamiyat ishi) saylov asosida bir necha kishi yoki ma’lum organ tomonidan boshqariladi. 4-
bilet 1. XVIII asr boshlarida Qo’qon xonligi. Farg'ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida edi. XVIII asr boshlarida Buxoro xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday vaziyatdan foydalangan jung'arlar Farg'ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon-taroj qila boshladilar. Vaziyat ichki kuchlarni birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog'i xo'jalar jamoasi o'z mulklarini mustaqil deb e'lon qildilar. Vodiydagi ming qabilasi oqsoqollari yig'ilishib, Buxoro xonligidan mustaqil davlat tuzishga qaror qilishgan. Ming qabilasi yo'lbosh- chilaridan biri Shohruxbiy hukmdor (1710—1721) deb e'lon qilinadi. 1710- yilda minglar chodaklik din peshvolari hokimiyatini ag'dardilar va Farg'ona vodiysida hokimiyatni o'z qo'llariga oldilar. Shu tariqa, Markaziy Osiyoda keyinchalik Qo'qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi. Tepaqo'rg'on Shohruxbiyning qarorgohiga aylantirildi. Shohruxbiyning o'g'li Abdurahimbiy (1721 --- 1733) davrida Xo'jand, O'ratepa viloyatlari qo'shib olindi. U Shahrisabz ostonalariga qo'shin tortib bordi va uning hokimi bilan Qo'qonga tobelik haqida bitim tuzishga erishadi. Keyin Samarqandni va Jizzaxni egallaydi. Abdurahimbiy Xo'jandga qaytib kelgach, qattiq betob bo'lib, vafot etadi. Qo'qon xonligi taxtiga uning inisi Abdulkarimbiy o'tiradi (1733 --- 1750). U Eskiqo'rg'on qal'asi yonida hozirgi Qo'qon shahriga asos solib, o'z poytaxtini Oepaqo'rg'ondan Qo'qon shahriga ko'chiradi. Shahar atrofini devor bilan o'ratadi. 2. Ismoil Somoniy maqbarasi to’g’risida ma'lumot bering. Ismoil Somoniy maqbarasini IX-X asrlarda yurtimizni boshqargan Somoniylar sulolasidan chiqqan Movaraunnahrning mashhur hukmdori Ismoil Somoniy qurdirgan. Buxoro shahrida qurilgan bu maqbara hozir ham qad ko‘tarib turibdi. Ismoil Somoniy maqbarasi o’rta asrlarning rivojlangan davrida (IX-X asr), 864-868-yillar oralig’ida, hozirgi Buxoroning eski shahar qismida qurilgan. Devor qalinligi 1.8m, tarhi - tashqarisi 10.8x10.7m, ichkarisi 7.2x7.2m. Usti gumabaz bilan qoplangan. U “Sharqning me’moriy durudonasi” degan nomlar bilan ham nomlanadi. 3. Al-Xorazmiyning hayoti va ilmiy faoliyati. Al-Xorazmiy (783—850) buyuk mutafakkir, matematika, astronomiya, geografiya fanlari rivojiga katta hissa qo‘shgan daho olimdir. Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Xorazmda tug‘ilib voyaga yetgan. 813-yilda xalifa al-Ma’mun uni Bag‘dodga taklif etgan. Shu tariqa u Bag‘doddagi Ma’nun akademiyasi (Baytul-hikma — Bilim uyi)da xizmat qila boshlagan. Keyinchalik o‘sha yerdagi olimlarga bosh bo‘ldi va Bag‘doddagi rasadxonani boshqaradi.Al-Xorazmiyning jahon faniga qo‘shgan hissasi benihoya katta. U hisob ilmidagi o‘nlik tizimini boyitdi va sodda qilib arab tilida bayon etdi. To‘rt amal — qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish qoidalarini yaratdi. Yangi astronomiya jadvalini tuzdi. “Yer tuzilishi haqida kitob” degan qimmatli asar yozdi. Unda mamlakatlar, shaharlar, tog‘lar, orollar, daryolar va dengizlar haqida ma’lumot berdi. Hozirgi fanimizda keng qo‘llaniladigan “algoritm” atamasi allomaning nomi — al-Xorazmiydan olingan. “Algebra” esa buyuk olimning “Aljabr” asarining Yevropa tillariga moslashtirilgan nomidir. 4. “Enolit” atamasini tushuntirib bering. Eneolit(lotincha «eneus» - «mis» va yunoncha«litos» - «tosh» so’zlaridan) - mis tosh davri. Bu davr miloddan avvalgi 4 - 3- ming yillikning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. 5- bilet 1. Afina davlati qadim zamonlarda. O’rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida tog‘lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjudedi. Mil. avv. 2- mingyillikdaAttikaning g‘arbiy qismida yunonlar «Akropol», ya’ni «Yuqori shahar» deb atalgan qal’a quradilar. Bora-bora Akropol tevaragiga odamlar ko‘chib kelib o‘rnasha boshladilar, shu tariq Afina shahri vujudga keldi. Attika aholisi uchta katta guruhga bo‘lingan, jumladan: fuqarolar, chet elliklar - meteklar va qullar. Otasi va onasi ozod afinalik bo’lgan erkaklargina Afina fuqorosi bo’lgan. Afina davlati fuqarosi bo‘lish nafaqat faxrli, qolaversa, foydali ham bo‘lgan. Negaki miloddan avvalgi V asrdan boshlab davlat idoralarida ishlayidigan fuqarolarga muayyan haq to‘lana boshlangan. Faqat fuqarolar barcha huquqlardan foydalanardilar. Ular og’or mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod qilingan edilar.Quldorlar qullar hayotini qadrlamaganlar.Qullar arzimas pulga sotilgan. Afina davlatiga kumush konlarining mahsuloti va tuz qazib olish katta daromad keltirgan.Bundan tashqari, Afina dengiz ittifoqi mustahkamlamishi bilan dengiz savdosi ham rivoj topadi. Afinaning asosiy portiga aylangan Pirey bandargohidan mamlakatga qullar va xilma-xil tovarlar keltirilgan. Afina dengiz ittifoqi g’aznasi Afina shahrida joylashgan, shahar hukmdorlari undan o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanganlar. 2. D.Defoning “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” romanidagi bosh g’oya. O‘z davrinng ko‘zga ko‘ringan ma’rifatchi yozuvchilaridan biri Daniel Defo (1660- 1731) edi. Uning “Robinzon Kruzoning hayoti va g‘aroyib sarguzashtlari” asari hamon sevib o‘qiladi. Shotlandiyalik dengizchi A. Selkrikning kimsasiz oroldagi 4 oyga yaqin sarguzashtlari yozuvchining qalamida 28 yillik g‘aroyib sarguzasht bayoniga aylangan. D. Defoning qahramoni Robinzon Kruzo ishbilarmon, mehnatsevar, o‘z kuchiga ishonuvchi inson. Robinzon kimsasiz orolda tirishqoqlik bilan uy quradi, idish-tovoq tayyorlaydi. Mebel yasaydi, hayvonlarni o‘ziga o‘rgatadi va ularni ko‘paytiradi. Robinzon boshqalarni ham ishlashga majbur qila oladi. Bunga o‘limdan qutqarib qolingan yovvoyi Jumavoy obrazi misoldir. Robinzon uni o‘ziga xizmatkor qilib oladi. Robinzon -yangi shakllanayotgan qatlam - burjuaziya vakili obrazidir. Unda uchinchi tabaqa vakilining uddaburonligi va sog‘lom fikri aks etgan. Asar mehnat, aniq insoniy fikr, tirishqoqlik va jasorat madhiyasi bo‘lib qoldi. 3. Maxmud Zamaxshariyning hayoti va ilmiy faoliyati. Xorazm diyoridan chiqqan buyuk allomalardan yana biri Abulqosim Mahmud az- Zamaxshariydir. U 1074-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida dunyoga kelgan. Dastlab ma’lumotni otasidan oladi. So‘ngra madrasada tahsil ko‘radi. Ilmga bo‘lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o‘rganishiga sabab bo‘ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlami to‘playdi. Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan “Al-Mufassal, Qur’oni Karim tafsiriga oid “Al-Kashshof” asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy “Arab va g‘ayri arablar ustozi”, “Xorazm faxri" kabi sharafli nomlar bilan ulug‘langan .
Jadidchilik (arabcha - “yangi”) — yangilik tarafdorlari. Ular jamiyatni yangilash, islohotlar o‘tkazish, xalq orasida ma’rifat tarqatish uchun harakat qilganlar. 6- bilet 1. XVI asrda Xiva xonligi. Xorazmning erksevar xalqi Elbarsxon yetakchiligida 1511-1512-yillarda Eron qo'shinlarini mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa 1511-yilda Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu davlat endi Xiva xonligi deb atala boshlandi. Bu davlat asoschisi ham shayboniylar vakillari bo'ldi. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770- yilgacha davom etdi.Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko'chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo'shinlaridan ozod etgach, bu g'alaba sharafiga o'z o'g'illari nomiga "g'ozi" laqabini qo'shib aytishni buyurgan. Elbarsxon davrida Dashti
QiSchoqdan Xorazmga ko'pgina qabilalarning ko'chib kelishi yanada kuchaydi. Natijada xonlik hukmdorlarining ijtimoiy tayanchi mustahkamlandi. Bu omil Xiva hukmdoriga xonlik hududini qo'shni davlatlar hisobiga kengaytirib olish imkonini berdi. Chunonchi, Elbarsxonning 1516-yilgacha bo'lgan hukmronlik davrida Shimoliy Xuroson, Saraxs, Orol va Mang'ishloq egallandi. Movarounnahrdagi Shayboniylar davlati singari Xiva xonligi ham bir qancha katta- kichik mulklarga bo'lingan. Xiva xonligining aholisi etnik, madaniy va til jihatdan bir-biridan keskin farq qiluvchi uch guruhga bo'lingan: 1) qadimiy xorazmliklarning bevosita avlodlari; 2) turkman qabilalari; 3) Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko'chib kelgan qabilalar. Ayni paytda ular markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslikka, mustaqillikka intilishgan. Bu hol o'zaro nizolarni keltirib chiqargan. Xiva xonligida yirik o'zbek qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga aylangan. Ular xonlikning butun ijtimoiy- siyosiy hayotiga hal etuvchi ta'sir ko'rsatib kelganlar. XVI asrda Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo'ldi. Buning asosiy sabablaridan biri --- Amudaryoning o'z o'zanini o'zgartirib, 1573-yildan boshlab Kaspiy dengiziga oqmay qo'yganligi bo'ldi. Daryo 15 yil davomida Orol dengizi yo'nalishiga burildiki, natijada eski o'zan atrofidagi yerlar cho'lga aylandi. Aholi esa xonlikning boshqa hududlariga ko'chib o'tishga majbur bo'lgan. Bundan tashqari, Xiva xonligining XVI asrda ikki marta Buxoro xonligi tomonidan bosib olinishi, shuningdek, o'zaro qabilaviy urushlar, og'ir soliqlar hamda turli to'lov va jarimalar mamlakat aholisini xonavayron qilgan. Bu hol savdo-sotiqqa katta putur yetkazgan. 2. Onore de Balzakning “Inson komediyasi” romanidagi bosh g’oya. XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan yozuvchilardan biri fransiyalik Onore de Balzak (1799--1850) edi. U burjuaziya jamiyatini haqqoniy tasvirlashda beqiyos yozuvchi bo'lgan. Balzak o'z asarlarini «Insoniy komediya» degan umumiy nom ostida yaratdi. Uning maqsadi badiiy obrazlar orqali jamiyatning ma'naviy qiyofasini ochib berishdan, jamiyatdagi barcha tabaqalarning tipik vakillarini ko'rsatishdan iborat edi. Balzak romanlarining qahramonlari jinoyatlar evaziga o'z boyliklarini ko'paytirayotgan bankirlar va savdogarlar, berahm va shafqatsiz sud- xo'rlar, o'z hayotini behuda o'tkazayotgan mansabparast va shuhrat- parast kishilar -- o'z maqsadlariga har qanday vositalar bilan erishadigan kishilardir. Balzak asarlari burjuaziya jamiyatiga qarshi o'ziga xos aybnoma edi. 3. Imom al-Buxoriy hayoti va faoliyati. Imom al-Buxoriy (Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy - 810- 870-yilIarda yashab ijod qilgan islom ta’limotining buyuk muhaddislaridan biridir. Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid 20 dan ortiq, asar yozdi. Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi as-sahih” nomli shoh asari musulmon Sharqida qariyb o‘n ikki asr davomida islom ta'limotida Qur'oni Karimdan keyingi asosiy manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda. Bu bebaho asarga 7275 hadis kiritilgan. 1998-yil oktabrda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225-yilligi nishonlandi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida “Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui barpo etildi. 4 jildlik “Al-Jomi' as-sahih” kitobi ilk bor o‘zbek tilida nashr etilib, kitobxonlarga taqdim etildi. 4. “Renesans” atamasiga ta"rif bering. Renesans (fansuzcha “Renessans) - yangi madaniyatning antik davr bilan aloqadorligidir. 7- bilet 1. O’rta Osiyoda Ahamoniylar davlati. Mil. avv. VI asrda hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigi vujudga keldi. Ahamoniylar davlati jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo‘lgan. Eronning janubida, Fors ko’rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors viloyati - qadimgi forslar o‘rnashgan o‘lka joylashgan. Mil. avv. 558-yildaAhamoniylar sulolasidan bo‘lmish podsho Kir II barcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya podsholigini tuzgan Kir II ulkan lashkar tuzdi va o’z yurishlarini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi (mill. avv. 539-yil). Forslar O’rta yer dengiziga chiqdilar, Falastin va Finikiyani bo’ysundirdilar. Miloddan avvalgi VI asrning o‘rtalarida Ahamoniylar sulolasidan bo‘lgan qadimgi Fors shohlari jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlarini o’z tarkibiga olgan saltanatni barpo etishga harakat qila boshladilar. Kir II O’rta Osiyoni bosib olishga harakat qilgan dastlabki fors podshosi bo’lgan. Mil. avv. 545 va 540- yillar u Parfiya, Marg’iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil. avv. 530-yilda ulkan lashkar bilan massagetlarga qarshi yurish boshladi. Kir II ning O’rta Osiyoga, massagetlar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Bu urushda To’maris jasorat ko’rsatdi. O’rta Osiyoda xalqlari ustidan Ahamoniylar hukmronligi 200 yildan ko‘proq davom etdi. Faqat mil. avv. IV asrda saklar, massagetlar va xorazmiylar Ahamoniylar davlati tarkibidan chiqib, mustaqil bo‘ldilar. 2. Qoraqalpoq adabiyotining asoschisi Berdaq ijodida asosiy g’oyalari. Qoraqalpoq xalqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq Berdaq (1827—1900) (taxallusi; asl ismi- Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li) nomi bilan mashhurdir. Berdaq awal ovul maktabida, so‘ngra madrasada tahsil ko‘rgan. U Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli, Kunxo‘ja asarlarini chuqur mutolaa qilgan, ulardan o‘rgangan. Berdaq tarixni, xalq og‘zaki ijodini mukammal o‘zlashtirib oladi. Uning ijodi 18—19 yoshlarda do‘mbira chertib, she’r aytishdan boshlangan. 25 yoshida u iste’dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Uning ,,Bo‘lgan emas“, „Umrim“, „Yordam ber” she’rlarida mehnatkash xalqning og‘ir hayoti o‘z aksini topib, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi ilodalangan. „O‘g‘limga", „Ahmoq bo‘lma" she’rlari orqali yoshlarni vatanni sevishga, ma’rifat cho‘qqilarini egallashga chaqiradi. Berdaq xalq hayotini, uning ezgu orzuistaklarini yaxshi bilgan shoir edi. Shuning uchun ham uning she’rlarida xalqparvarlik ruhi kuchli edi. Uning ,,Avlodlar“, „Omongeldi”, ,,Oydo‘stbiy“, „Ernazarbiy“ kabi asarlarida xonlar zulmiga qarshi kurashgan xalq qahramonlari faxr bilan kuylanadi. Xususan, ,,Omongeldi“ dostoni Buxoro amirligiga qarshi ko‘tarilgan (XVIII asr) qo‘zg‘olon boshlig‘i Omongeldi jasoratiga bag‘ishlangan.Xiva xonligi zulmiga qarshi ko‘tarilgan isyon ,,Ernazarbiy“ dostonida ham aks ettirilgan. 1998- yilda mamlakatimizda Berdaq tavalludning 170 yilligi keng nishonlandi. Toshkent shahridagi xiyobonlaming biriga Berdaq nomi berildi va byusti o‘rnatildi. Shoir tug‘ilgan joy — Bo‘zatovda ham Berdaq byusti o‘rnatildi, Nukus shahrida Berdaqqa haykal qo‘yildi. 3. Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati. Abu All ibn Sino (980—1037) juda ko‘p fanlarni: tibbiyot, falsafa, musiqa, psixologiya va boshqa ilmlarni mufassal bilgan va shu fanlar bo‘yicha 300 ga yaqin kitob yozib qoldirgan buyuk olimdir. Ibn Sino (asl ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh) Buxoro viloyatining Afshona qishlog‘ida amaldor oilasida tug‘ilgan. Olti yoshga yetganda oilasi Buxoroyi sharifga ko‘chib borgan.Yoshligidan zehni o‘tkir va iste’dodli bo‘lgani uchun ilmlarni tez o‘zlashtirdi. O‘n yoshida Qur’oni Karimni yod o‘qiydigan bo‘ldi. Keyinchalik u matematika, fiqh (musulmon qonunshunosligi),tabobat, mantiq, musiqashunoslik va boshqa ilmlarni o‘rgandi. 17 yoshidayoq u poytaxtda qo‘li yengil tabib sifatida shuhrat qozondi. O‘sha kezlarda Buxoro hukmdori Nuh ibn Mansur betob bo‘lib qoladi. Saroy tabiblari uni davolashga ojizlik qiladilar. Amirni davolash uchun saroyga yosh tabib — Ibn Sino taklif qilinadi. Ibn Sino muolajasidan so‘ng bemor tezda sog‘ayadi. Evaziga Ibn Sinoga saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat beriladi. U kutubxonadagi kitoblarni o‘rganadi, bilim doirasi yanada kengayadi. 999- yili Buxoroda hokimiyat qoraxoniylar qo‘liga o‘tgach, Abu Ali ibn Sino Xorazmga ketdi. Bu yerda u Abu Rayhon Beruniy, Abu Saxl Masihiy va boshqa olimlar bilan birga o‘sha zamonlarda jahonga shuhrat taratgan Xorazm Ma’mun akademiyasida xizmat qildi. Ibn Sino 1010-1011- yillarda Xorazmni tark etib, qolgan umrini o‘zga yurtlarda o‘tkazdi. Olim 1037- yili 57 yoshda Hamadonda vafot etgan. Ibn Sino tib ilmiga oid “Tib Qonunlari” asari bilan jahonga mashhur bo‘ldi. Olimning mazkur asari XII asrdayoq lotinchagataijima qilinib, XVII asrgacha Yevropa mamlakatlarining universitetlarida o‘qitib kelindi. Asar hozirgi kunda ham o‘zining ilmiy qimmatini yo‘qotmagan. “Tib qonunlari” to‘liq holda o‘zbek va rus tillarida bir necha marta nashr qilingan. 4. “Xonaka” so’ziga izoh bering. 8- bilet 1. XVI asrda Buxoro. Shayboniyxon halok bo'lgach, uning o'rniga amakisi Ko'chkunchixon taxtga o'tirdi. Ko'chkunchixondan so'ng taxtga o'g'li Abu Said (1530---1533) o'tirdi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o'g'li Ubaydullaxon (1533—1540) qo'liga o'tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko'chirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota-meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton (Ubaydullaxonning otasi)ga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo'ldi. Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u Ismoil Safaviy va qizilboshlilar (Ular 12 shia imomi sharafiga 12 qizil yo'llik matodan salla o'rab yurishgan)ning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning markaz sifatidagi nufuzi har tomonlama o'sdi. Ubaydullaxondan so'ng shayboniylar sulolasi vakillari o'rtasida o'zaro nizolar avjiga chiqdi. Buning oqibatida Abdullaxon I ning qisqa hukmronligi (1540— 1541) dan so'ng mamlakatda qo'shhokimiyatchilik vujudga keldi. Ya'ni bir davlatda ikki hukmdor paydo bo'ldi. Biri — Ubaydullaxonning o'g'li Abdulazizxon Buxoroda, ikkinchisi --- Ko'chkunchixonning o'g'li Abdulatifxon Samarqandda hukmdorlik qila boshladilar. Mamlakat bir necha mustaqil hokimliklarga bo'linib ketdi. Biroq qachondir, kimdir bu holatga chek qo'yishi kerak edi. 1556-yili Muhammad Islomning ko'magida Abdullaxon amalda Buxoro taxtini egallaydi. Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. Chunonchi, 1574-yili Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yili Ooshkent va Farg'onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etdi va o'z davlati tarkibiga qo'shib oldi. Shundan keyin uning davlati sarhadlari janubda Hirotdan Mashhadgacha, shimolda Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko'lgacha yetdi. Butun Movarounnahr, Xorazm va Xuroson yana yagona hukmdor qo'li ostida birlashtirildi. XVI asr oxirlariga kelib Buxoro xonligi nisbatan markazlashgan ulkan davlatga aylandi. Shunday qilib, XVI asrdagi davlatchiligimiz tarixida yetak- chi sulola — shayboniylar sulolasi bo'ldi. Bu sulola o'zbek davlatchiligi rivojiga ma'lum darajada hissa qo'shdi. Sulolaning eng qudratli vakili Abdullaxon II davrida esa o'zbek davlatchiligi o'z tarixida yana bir bor yuksak darajaga ko'tarila oldi. 2. Dramaturg va shoir Fridrex Shiller ijodidagi bosh g’oya. Yozuvchi F. Shiller (1759--1805) Germaniyada ijod qildi. Bu davrda Germaniya 300 ga yaqin mayda-mayda knyazliklarga bo'linib ketgan edi. U yozgan pyesalar nemis xalqi uchun o'ziga xos ma'rifat alifbosi vazifasini o'tadi. Teatr o'rindiqlarini to'ldirib o'tirgan tomoshabinlar yoqib qolgan qahramonlari bilan birga zulmdan ozod bo'lishni orzu qilganlar. Tomoshabinlar obro'li, aslzodalarning, aslida esa muttahamlarning ayyorligidan g'azablanganlar. Oshiq qalblarning halokatiga esa achchiq-achchiq yig'laganlar. Asar qahramonlaridan biri Karl Moor o'zi yashayotgan dunyoning bezagi va pastkashligiga qarshi urush e'lon qilib bunday deydi: «Menga xuddi o'zimdek bir necha shoir kishilarni beringlar va Germaniya Respublika bo'ladi». U insonning erki va qadriyatini quyidagi satrlarida himoya qilgan: Inson qahrliroq siz o'ylagandan, Asrlik uyquning yo'lin buzib u O'zining huquqini so'rar qaytadan. 3. Boborahim Mashrabning hayoti va faoliyati. Qo‘qon xonligida ijod qilgan ulug‘ insonlardan biri iste’dodli va isyonkor shoir Boborahim Mashrab edi (1640 — 1711). U Namanganda tug‘ilgan. 7 yoshligida xat-savodi chiqqan.15 yoshidan boshlab tasavvuf ilmini egallay boshlagan. 18 yil davomida dunyoning juda ko‘p mamlakatlarini kezib chiqqan. Mashrab o‘z she’rlarida hukmron tabaqalarining mehnatkash xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini, ochko‘zligini, ba’zi ruhoniylarning, eshonlarning avom xalq ruhini do‘zax va oxirat azoblari bilan dahshatga solayotganligini ayovsiz fosh etadi. Xalqning og‘ir, ayanchli ahvoliga achinadi. Mashrab asarlari to‘plangan devon haqida manba topilmagan. Uning „Devoni Mashrab“, „Devonayi Mashrab“, „Eshoni Mashrab“ nomlari ostida xalq orasida tarqalgan qo‘lyozma va toshbosma shaklidagi qissalari qolgan. Mashrab dinga shak keltirganlikda ayblanadi va 1711-yili g‘animlarning ig‘vosi bilan Balx hokimi Mahmudbiy
Qatag‘on tomonidan o‘limga hukm etiladi. 4. “Reformasiya” atamasiga izoh bering. Reformatsiya -- XVI asrda katolik cherkovi ta'limotini isloh qilish maqsadida Germaniyada bo'lib o'tgan va XVII asrning birinchi yarmida G'arbiy Yevropaning qator davlatlariga ham yoyilgan ijtimoiy harakatdir. Bu harakat oqibatida katolik cherkovida bo'linish yuz berdi. Zamon ruhiga mos, mutaassiblik va aqidaparastlikdan xoli, isloh qilingan yangi oqim -- protestantlik vujudga keldi. 9- bilet 1. XVI asrda Angliya. XVI asr Tyudorlar sulolasi asri bo'ldi. Bu yuz yillik Angliya tarixida chuqur iz qoldirgan uch yirik tarixiy hodisa bilan ajralib turadi. Bular -- reformatsiya, mutlaq monarxiyaning kuchayishi va dengizda Angliya hukmronligining o'rnatilishi edi. Angliyada reformatsiya qirol Genrix VIII hukmronligi davriga to'g'ri keldi. Angliyada reformatsiya xalqning talabi bilan emas, balki qirolning xohish va irodasi bilan amalga oshirildi. Genrix VIII qirol hokimiyatini yanada mustahkamlash uchun cherkovni yerdan va boshqa mol- mulklardan mahrum etish haqida farmon chiqardi. Ularga qarashli bo'lgan yerlarning 2/3 qismi sotib yuborildi. Angliyada protestantlik ta'limotiga amal qiluvchi cherkov anglikan cherkovi deb ataldi. Qirol cherkov boshlig'i deb e'lon qilindi. Rim Papasi hokimiyati inkor etildi. Katolik cherkovining boyliklari tortib olindi. Genrix VIII ning qizi Mariya o'z hukmronligi davrida (1553--1558) kontrreformatsiya o'tkazishga urindi. U o'zining cherkov boshlig'i ekanligidan foydalanib, protestantlikni shakkoklik deb e'lon qildi va katolik cherkovini tiklashga kirishdi. Hukmron tabaqalar endi Genrix VIII ning boshqa qizi Yelizavetani qirollik taxtiga o'tqazishga qaror qildilar va Mariya vafotidan so'nggina bunga erishdilar. Angliyaning bu davrdagi ashaddiy dushmani katolik Ispaniyasi edi. Ispaniya qiroli Filipp II «shakkok» Angliya qirolichasi Yelizaveta I ga nafrat bilan qarardi. Bu davrda Gollandiyada Ispaniya zulmiga qarshi harakat boshlanganda Yelizaveta I Gollandiya tarafida turdi. Oxir-oqibatda bu ikki davlat o'rtasida 1588- yilda urush kelib chiqdi. Bo'lib o'tgan jangda Angliya g'alaba qozondi. Bu mag'lubiyatdan so'ng Ispaniya o'zini qayta o'nglay olmadi. Angliya esa Yevropaning buyuk davlatiga va dengiz hukmdoriga aylandi. Angliya uchun XVI asr ana shunday yakunlandi. Reformatsiya nihoyasiga yetdi. Yelizavetaning o'limi bilan Tyudorlar sulolasining hukmronligi ham barham topdi. Taxtga Tyudorlar sulolasiga qarindosh Shotlandiya qiroli Yakov VI Styuart o'tqazildi. Shu tariqa Angliyada Styuartlar sulolasi hukmronligi boshlandi. 2. Buxorodagi Minorai Kalon. MINORAI KALON (Katta minora), Arslonxon minorasi — Buxorodagi me'moriy yodgorlik. Muxandis va me'mor Baqo loyihasi asosida Arslonxon qurdirgan (1127). Minorai Kalon o‘rnida avval ham minora bo‘lgan, u qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib qayta qurilgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 m chuqur, balandligi 50,0 m, kursisi qirrador, tanasi g‘o‘lasimon, tepasi gumbazli davra qafasa- ko‘shk b-n bog‘langan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas b-n tugaydi. Tepaga minora ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi kalon tomonidan minoraga o‘tiladigan ko‘prikcha bo‘lgan. 3. Abu-Nasr Al-Farobiy hayoti va faoliyati. (873-950-yillarda yashab ijod qilgan) 873-yiIda Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan Forob shahrida tug‘ilgan. U avval ona shahrida, so‘ngra Samarqand, Buxoro va Bag‘dodda bilim olgan. Umrining oxirlarida Xalab va Damashq shaharlarida yashagan. Forobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan.U 160 dan ortiq asar yozib, o‘rta asrfan va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shdi. Bular orasida Arastuning “Metafizika ” asariga sharh”, “Musiqa kitobi”, “Baxt saodatga erishutv haqida”, “Tirik mavjudot a’zolari haqida”,“Fozil odamlar shahri” va boshqa ko‘pgina asarlari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Forobiy bilimli, ma’rifatli, fikr- mulohazalarining kengligi va mantiqning teranligi tufayli Sharqda Arastudan keying yirik mutafakkir — “Muallimi soniy” nomi bilan shuhrat topdi. 4. “Federatsiya” atamasini tushuntirib bering. Federatsiya — muayyan siyosiy mustaqilligi bo‘lgan davlat tuzilmalaridan tashkil topgan davlat. 10- bilet 1. Bobil podsholigi. Miloddan avvalgi IV—III ming yilliklarda Mesopotamiyada mayda davlatlar vujudga kelgan.Shular ichida Bobil, ayniqsa, qudratli bo‘lgan. Bobil qulay geografik o‘ringa ega bo‘lib, Frot va Dajla daryolari o‘zanlari deyarli bir-biriga qo‘shilib ketadigan bir makonda joylashgandi. Kemalarda tovarlari bilan birga suzib kelgan aksariyat savdogarlar bu shaharga qo‘nib o‘tishar edi. “Bobil”so‘zining o‘zi esa “xudolar darvozasi' degan ma’noni anglatadi. Bobil shahrida ajoyib saroylar,muhtasham ibodatxonalar bo‘lgan. Bobil davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va savdo-sotiq yaxshi rivojlanadi. Miloddan avvalgi XVIII asrda (mil. avv. 1792—1750 yillar) Bobil podshosi Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi. 2. Rus tilining asoschisi A.S.Pushkin ijodidagi bosh g’oya. XIX asrning yana bir yirik ijodkori, rossiyalik A.S. Pushkin (1799-1837) edi. U Moskva shahrida tug‘ildi. Peterburg litseyida o‘qib ta’lim oldi. Pushkin rus adabiy tilining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan yozuvchi va shoir. U Rossiyada krepostnoylik zulmi kuchaygan, erkin fikrli kishilarni ta’qib etish avj olgan davrda yashadi. A. S. Pushkin podshoning mustabid hokimiyatini ag‘darish uchun kurashgan dekabristlarga xayrixohlik bildirdi. O‘z she’rlarida zulm va krepostnoylikni qoraladi. Bu esa podsho va hukmron tabaqalarda norozilik uyg‘otdi. Shu tufayli u bir necha marta surgun qilindi. Pushkinning rus adabiyoti oldidagi xizmatlari buyuklashgan va ijodiy faoliyati yangiyangi qirralar kasb etib borgan sari uning atrofidagi qora kuchlar bir-birlari bilan birlasha va faollasha boshladilar. Ular turli ig‘volar tarqatib, oxir-oqibatda u bilan Fransiya elchisining o‘g‘li J. Dantes o‘rtasida duel uyushtirishga erishdilar. Ulug‘ shoir duelda halok bo‘ldi. 3. Muhammad Rizo Ogahiyning hayoti va faoliyati. Ogahiyning asl ismi Muhammad Rizo Ernazarbiy o‘g‘li bo‘lib, 1809—1874-yillarda yashagan. 16 ta tarixiy, ma’rifiy, tarjima asarlar muallifi. U arab, fors, turk tillarini puxta bilgan va Xorazmning 1812—1872-yillardagi tarixiga bag‘ishlangan asar yozgan. Xiva xonligi tarixiga oid «Riyoz uddavla», «Zubdat ut-tavorix», «Gulshani davlat», «Shohidi iqbol» nomli asarlar yozgan. Ogahiyning xalqparvarligi va xalq holiga befarq emasligi uning «Qish» g‘azalida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ogahiy she’riyati, tarixnavislik va tarjimonlik faoliyati O‘rta Osiyo hududidagina emas, balki XIX asr Sharq dunyosi madaniy hayotida chuqur iz qoldirdi. 4. “Paleolit” atamasiga izoh bering. Paleolit - (lot. “paleo”-“qadimgi”, “lithos” - “tosh”) qadimiy tosh davri hisoblanadi. 11- bilet 1. Yunon-Baqtriya podsholigi. Baqtriya podsholigining tarkibiga Baqtriyadan tashqari Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirgan.Hozirgi Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari, Tojikistonning janubi, Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismidagi hududlar Baqtriya tasarrufida bo‘lgan. Baqtriya podsholigining Baqtra, Afrosiyob, Sangirtepa, Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on kabi yirik shaharlari bo‘lgan. Baqtriya podsholigining poytaxti Baqtra shahri bo‘lib, u baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Shahar ichida mamlakat podshosining muhtasham qal’asi alohida joylashgan. Baqtriyada shahar me’morchiligi juda rivojlangan. Binolarni qurishda to‘sinli shiftlar va yog‘och ustunlardan keng foydalanilgan. Ba’zan qubbali tomlar ham qurilgan. Xonalarning haroratini mo‘tadil saqlab turish uchun uy devorlari enli va qalin qilib ko‘tarilgan Baqtriyada oltin, la’l kabi qimmatbaho ma'danlar qazib olingan, ulardan yasalgan buyumlar bozorlarda sotilgan. Baqtriya la’lidan tayyorlangan mahsulotlar Xitoy,
Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda sotilgan. Qimmatbaho ma’danlar qazib olinishi mamlakatda zargarlik, badiiy hunarmandchilikning rivoj topishiga olib kelgan. 2. Qadimgi Bobildagi Semiramida osma bog’lari. Semiramida osma bog‘lari. Miloddan avvalgi IX asr oxirlarida Ossuriya podshosi Navuxodonosor Bobil shahrida tarixga «Semiramida osma bog‘lari» nomi bilan kirgan bog‘nibunyod etgan. U bu bog‘ni xotini Semiramidaga atab qurdirgan. Bog‘ to‘rt qavatli saroy shaklida barpo etilgan. «Osma bog‘» supaga o‘xshash qilib qurilgan. Bu supalarni ustunlar ko‘tarib turgan. Supalar ustiga tuproqlar tashlanib, unga rang-barang gullar, har xil ko‘chatlar o‘tqazilgan. Har bir qavatdagi bog‘ga zinapoyalar orqali chiqilgan. 3 Abdulla Avloniyning hayoti va faoliyati. O’z davriining atoqli ma’riafatparvari, shoiri, journalist, davlat arbobi bo’lgan Avloniy 1878-yilda Toshkent shahrida tug’ildi. Maktabxona va madrasada ilm oldi. U arab, fors va rus tillarini yaxshi o’rganib oldi. Yangi usul maktablarining ahamiyatini yaxshi bilgani uchun Toshkentda shunday maktab ochdi. O’zi ona tili va adabiyotdan dars berdi. O’quvchilar uchun “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” kabi darsliklar (O’qish kitoblari) yaratdi. “Turon” deb ataluvchi teatr jamoasini tuzdi. Qator sahna asarlari, jumladan, Behbudiyning “Padarkush” asarini ham sahnalalashtirdi. 4. “Shovinizm” atamasiga ta’rif bering. Shovinizm - irqiy ayirmachilik va milliy nizoni avj oldirishga urinuvchi o’taketgan millatchilik. 12- bilet 1. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Fransiya. XIX asr so’nggi choragida Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashdi. Chunonchi, dunyoda sanoat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha ikkinchi o’rindan to’rtinchi o’ringa tushib ketdi. Prussiya bilan urush tugagach, hukmron doiralar o’rtasida hokimyat uchun kurash kuchayib ketdi. Ularni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin edi. Birinchisi - monarxiya tarafdorlari, ikkinchisi - respublika tarafdorlari edi.1873-yilda Germaniyaga tovon to’lab bo’lindi. Nihoyat Germaniya o’z qo’shinlarini Fransiyadan olib chiqib ketdi. Keskin ichki siyosiy kurashda oxir-oqibatda respublikachilar g’alaba qozondi. 1875-yil Uchinchi Respublika Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unga ko’ra prezidentlik lavozimi saqlab qolindi. Ayni paytda ikki palatali (Deputatlar palatasi va Senat) parlament (Milliy Majlis) tashkil etildi. Uning vakolatlari 4 oy etib belgilandi. Hukumat a’zolari prezident tayinlasada-da, ular parlament oldida javobgar edi. Mamlakat ichki siyosiy hayotning o’zga xos bir xusiyati, - bu ko’ppartiyaviylikning qaror topganligi bo’ldi. Ularning ichida radikallar, sotsialistlar va respublikachilar partiyalari yetakchi nufuzga ega edi. XX asr boshlariga kelib, mamlakatda mo’tadil siyosiy barqarorlik ta’minlandi. Bunga XIX asr 90-yillarining o’rtalaridan boshlangan iqtisodiy yuksalish tufayli erishildi. 1913-yilda 1900-yildagi 5.4mln. tonna o’rniga 22 mln. tonna temir rudasi qazib chiqarila boshlandi.Sanoatda yangi tarmoqlar (elektrotexnika, avtomobil va kimyo) tez rivojlana boshladi. 1914-yilga kelganda Rossiyaga 13 mlrd., Buyuk Britaniya va AQSHga 5mlrd., Janibiy Amerika davlatlariga 6mlrd. Ffrank miqdorda kapital chiqardi. 2.Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi. Amir Temur maqbarasi, Go‘ri Amir (14-asr oxiri — 1405 y.) — Samarqanddagi me'moriy yodgorlik. Xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umar-shayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulug'bek va boshqalar) dafn etilgan. Boburning ta'kidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qal'asi jan.da Toshqo‘rg‘on — chaqarda Madrasa qurdirgan. Muhammad Sulton halok bo‘lgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon berdi. Maqbara Madrasa hovlisining to‘riga bunyod etilgan. Maqbara sakkiz burchakli gumbaz asosida barpo etilgan. Hozirgi zamon mutaxassislarini ham birmuncha o'ychanlik bilan fikrlashga undaydi. Mustaqillik yillarida, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi va Mirzo Ulug'bek tavalludi ning 600 yilligi munosabati bilan maqbarada katta hajmda ta'mirlash ishlari olib borildi. XIX asr ning oxirida qulab tushgan minora va gumbazning zar qubbasi qayta tiklandi. 3. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyati. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530). Bobur temuriylar avlodining iste’dodli vakili, o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, buyuk shoir, tarixchi, geograf, ulkan davlat arbobi, iste’dodli sarkarda. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan <^Bobur» (“Sher”) laqabini oladi, Bobur Andijonda tug‘ilgan. Otasi Umarshayx Mirzo Farg‘ona hukmdori edi. 1494- yilda Umarshayx vafot etgach, Bobur otasi o‘rniga taxtga o‘tirdi. Bu davrda temuriylar davlati parchalanib toj-u taxt uchun kurash avj olgan edi. Dashti Qipchoq hukmdori Muhammad Shayboniyxon esa Movarounnahmi bosib olish ishtiyoqida edi. Bobur Movarounnahrni birlashtirishni istar edi. Oxir-oqibat Bobur va Shayboniyxon qo‘shinlari to‘qnashdilar. Bu to‘qnashuvda Shayboniyxon g‘alaba qozondi. Mag‘lubiyatga uchragan Bobur Vatanni tark etishga majbur bo‘ldi. 1504- yilda Bobur Afg‘onistonning hozirgi poytaxti Kobul shahrini egalladi.Bobur Afg‘oniston bilan cheklanib qolmadi. U ham barcha jahongirlar kabi buyuk saltanat tuzishni orzu qilar va o‘z maqsadiga erishishiga ishonar edi. Bobur 1526-yilda Hindistonni egalladi. Shu tariqa Hindistonda boburiylar saltanatiga asos solindi. Bobur odil podsho sifatida nom qozongan.U o‘z hokimiyatiga bo‘ysunganlarga ko‘p muruvvat ko‘rsatgan. Bobur va boburiy hukmdorlar o‘zga dinlarga xolis munosabatda bo‘lganlar. Shuning uchun ham ular mamlakat aholisining ko‘pchiligini tashkil etuvchi hindlarning o‘z dinlariga e’tiqod qilishlariga monelik qilmaganlar. Bobur o‘zi asos solgan saltanatning poytaxti Agrada 1530- yili 47 yoshida vafot etdi. 4. “Urbanizasiya” atamasini tushuntirib bering. 13- bilet 1. Asteklar davlati. 2. Xivadagi Ichan Qal'a majmuasi. Jahon durdona yodgorlilklaridan biri bo’lgan Ichan qal’a Xiva shahrining ichki qismidir. U o’tmishda ajdodlarimiz mohirlik bilan bunyod etgan 54 ta noyob tarixiy-me’moriy obidalar majmuasiga kiradi. Bu majmua KO’hna Ark (arzxona), madrasa, masjid, maqbaralar va boshqa shu kabi inshootlar o’z ichiga oladi. Dunyoda bunday noyob va go’;zal obidalar bilan saqlanib qolgan shaharlar juda kam. Shuning uchun ham 1961-yildayoq Ichan qal’a majmuasi muzeyga aylantirildi. Bu muzey qo’riqxonaning maydoni 26 gektarni tashkil etadi. 1990-yilda esa xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan Ichan qal’a “Jahon madaniyati merosi” ro’yxatiga kiritildi. 3. Najmiddin Kubroning hayoti va ijodi. Najmiddin Kubro (1145-1221) Musulmon olamidagi eng zabardast mutasavvuf donishmandlardan biri buyuk vatandoshimiz shayx Najmiddin Kubrodir. Abul-Jannob va Tomatul Kubro laqablariga sazovor bo‘lgan tasavvufning Kubraviya silsilasining asoschisi Najmiddin Kubroning to‘liq ismi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiydir. Axmad ibn Umar Abul- Jannob Najmiddin Kubro 540 hijriy yidda Xorazmning Xivaq shahrida dunyoga keladi. Najmiddin Kubroning Xorazmdagi so‘nggi hayoti o‘ta og‘ir, shid-datli va murakkab sharoitda kechadi. Bu davrda Turon o‘lkasidagi Xorazm, Shosh, Buxoro va Samarqand hukmdorlarining noahilligi, tang nazarliligi tufayli mo‘g‘ullarning Turkistonga qilayotgan hamlalari kuchayib, Chingizxon lashkarboshilari Movarounnahrdagi yirik shaharlarni birin- ketin beayov bosib olishga muvaffaq bo‘lgan. 1221 yilning jumodi ul-avval (iyul) oyida Chingizxon lashkarboshilaridan biri Xulaguxon o‘zining yosh o‘g‘li, tumonat lashkari bilan Urganch qal’asini o‘rab oladi. Urganch shahri qamal ichida qolib, aholi nihoyatda og‘ir sharoitda azob chekayotgan bir asnoda munkillab qolgan, etmishdan oshgan Najmiddin Kubro xalq orasidan lashkar to‘plab, qo‘lida qurol bilan qal’ani bir necha kun davo-mida dushman hamlalaridan saqlab turadi. Najmiddin Kubro mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi o‘z muridlari bilan shiddatli jangga kirib, shahid bo‘lgan. Jangdan keyin, u kishining jasadini darhol topisha olmagan. Chunki ul zot qiyma-qiyma qilib tashlangan edi. Shahid bo‘lganliklari haqidagi ma’lumotni hijriy 710(1311) yidda yozilgan 4. “Aligarxiya” atamasiga izoh bering.
14- bilet 1. IX asrda Somoniylar davlati. Somoniylar - 910-a.larda Movarounnahr va Xurosondagi sulola. S.ning oilaviy nisbasi, ya’ni nomi ularning ajdodi bo’lmish Somonxudot ismi bilan bog'liq. Somonxudotning kelib chiqishi hakida turli xil ma'lumot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Narshaxiy (10-a.) va Hamza Isfahoniy (10a.) keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qishlog’idan, alMukaddasiy (10-a.) ning malumotiga ko'ra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan bo’lgan. "Sa’diya" nomli asar (17-a.) da keltirilgan ma'lumotlarga ko’ra, uning asl ismi Arquq bo’lib, u Farg'onadan Termizga ko’chib kelgan va u yerda Somon nomli qishlog’iga asos solgan.O’rta asrlarda Buxoro, Farg’ona, Tohariston, Xuttalon va boshqa viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar bo'lganligi kayd etilgan. Bu ma’lumotlar "Somon" toponimi o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududlarida va undan tashqari yerlarda ham keng tarkalgan joy nomi bo'lganligidan dalolat beradi. Ko'pchilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga ko'ra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Cho'bin (6-a.) ning 4 yoki 5pogonadagi avlodi bo’lgan. Baxrom Cho’binning kelib chiqishi eftaliylar bilan bog’lik U sosoniylarga qarshi ko’zg’olon ko'tarib (590 y.) mag’lubiyatga uchragandan keyin Farg'onaga qochib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha o’sha yerda kolib ketgan. Uning avlodlari ham o’zlarini podshoxdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy taxtiga da’vo kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamg’as kabi) turkiy ismlari bo’lgan. Shunisi diqkatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabg’u (ya’ni Somonxudot) turkiylarning O’g’uzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida tilga olingan. O’rta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim ma’lumotlarga ko’ra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh al-Qushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va o’g’lining ismini amirning sharafiga Asad ko’yadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli ug’illari alMa’munning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays ko'zyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga alMa’mun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819 —820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Farg'ona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari bo’lgan tohiriylarga tobe bo’lgan va harbiy kuch to’plab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qo’riqlab turishgan, shuningdek, shim.dagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni o’ziga tobe qiladi. Shunday qilib, akaukaning to’ng’ichi bo’lgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sug’dning katta qismini, shuningdek, Farg’ona va boshqa bir qancha shaharlarni o’z hokimiyati ostida birlashtiradi. Nuhning vafotidan keyin (842 y.) suloladagi yetakchilik uning ukasi Ahmad ibn Asad oilasiga o’tadi 2. Artemida ibodatxonasi. Ma’buda Artemida sharafiga Efes shahrida (bu shahar hozir Turkiya davlati hududida joylashgan) ko’rganlarni lol qoldiradigan ibodatxona qurilgan. Afsonalarga ko’ra , Artemida Zevsning qizi bo’lgan. U hosildorlik, ov va Oy ma’budasi edi. Ayni paytda hayvonlar homiysi, shuningdek, ayollar madadkori ham hisoblangan. Artemida ibodatxonasining tomini qoyatoshlardan ishlangan 18 metrli ustunlar suyab turgan. Ibodatxona ichiga yunon rassomlarining ajoyib asarlari joylashtirilgan. 3. Baxouddin Naqshbandiy hayoti va ijodi. Xoja Bahouddin Naqshband (1318—1389) Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlog‘ida kosib (naqshband, ya’ni qimmatbaho matolarga gul bosuvchi) oilasida dunyoga kelgan. Xoja Bahouddin Naqshband ta’limotining asosida o‘z mehnati bilan tirikchilik qilish, tonganini yetim-yesir va bevabechoralar bilan birga baham ko‘rish, hukmdorlardan o‘zini yiroq tutish, birovning moliga tamagirlik qilmaslik g‘oyalari yotadi. U ikki narsaga: Ollohga va mehnatga e’tiqod qilishni targ‘ib etgan. “Dil ba yor-u, dast ba kor” (“Diling Xudoda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin!”), deb o‘rgatgan u muridlariga. 0 ‘zi faqirlikda kun kechirgan, ya’ni bir parcha yerga bug‘doy va tariq ekib tirikchilik qilgan. Uning ta’limoti O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga keng tarqalgan. Unga ergashuvchilar orasida davlat arboblari, savdogarlar, hunarmandlar va ma’rifat ahli (olimlar, shoirlar, musiqachilar, naqqoshlar va xattotlar) ko‘p bo‘lgan. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi buyuk siymolar ham Naqshband ko‘rsatmalariga e’tiqod qo‘yganlar. 4. “Piktografiya” so’ziga izoh bering. 15- bilet 1. Toshkentdagi VI-X asrlarda Qarluqlar davlati. Qarluqlar Oltoyning g’arbida, so’ngra Irtish daryosining o’rta oqimida yashagan qarluqlar qadimiy turkiy qabilalardan hisoblangan. VI-VII asrlarda ular Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VIII asr o’rtalarida Yettisuv o’lkasida Qarluqlar davlati tshkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar davlatihukmdori “yabg’u” yoki “jabg’u” deb yuritilgan. X asr o’rtalarida borganda qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo’lgan. Bu davrda bir nechta shaharlarda jome masjidlar bino qilingan. Qarluqlar davlati shimol va sharqdan Elsuvi daryosi vodiysigacha, chig’il qabilasi yaylovlarigacha; g’arbdan og’uz yurti va Farg’ona vodiysi; janubda esa yag’molar vohasi va Sharqiy Turkiston bilan chegaralangan. Bu diyorda poytaxtdan tashqari Jo’l, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar va qator qishloqlar qad ko’targan. Aholi qo’ychilik, tog’ jilg’alari bo’ylarida esa dehqonchilik bilan shug’ullangan. Sharqiy Turkiston va Movarounnahr bilan savdo-sotiq olib borilgan. Chetga asasan jun va junli mahsulotlar: gilam, sholcha, namat kabilar olib chiqilgan. X asrda qarluqlar Movarounnahr shimoliy hududlarini egallagach, Shosh atrofi va Farg’ona hamda Zarafshon vodiylariga kelib o’rnashganlar. Keyinchalik o’troq tarzda yashaydigan mahalliy aholiga singib ketganlar. 2. Mustaqillik va ezgulik monumenti. Bosh maydonimiz - Mustaqillik maydonida amalaga oshirilgan bunyodkorlik ishlari hammamizning ko’nglimizda faxr va g’ururga to’ldirdi. 1992-yilda maydonda o’rnatilgan Mustaqillik monumentida O’zbekiston xaritasi tasviri tushirilgan. Bu tasvir jahonda O’zbekistondek mustaqil davlat borligini anglatib turadi. Uni ko’rgan vatandoshlarimiz esa milliy g’urur va iftixor tuyg’usini his etadilar. 2005-yilda bu monument oldidan “Baxtiyor ona” siymosi joy oldi va Mustaqillik monumeti endi “Mustaqillik va ezgulik monumenti” deb ataladigan bo’ldi. “Mustaqillik va ezgulik monumenti” ga yo’l “Ezgulik arkasi” dan boshlanadi. Uning tepasiga o’rnatilgan oppoq laylak tinchlik va farovonlikning, qanot qoqayotgan turnalar esa - davlatimiz buyuk kelajak sari parvoz qilayoganini timsolidir. “Baxtiyor ona” haykali esa davlatimizda oila qo’rg’onining charog’boni bo’lgan ayollarga ko’rsatilyotgan yuksak e’tibor va ehtiromning yorqin ifodasidur. Uni ziyorat qolgan kishi farzandini bag’riga bosin turgan baxtiyor Ona siymosida o’z onasini, beg’ubor bolaligini ko’rgandek bo’ladi. 3. Nikolay Kopernikning hayoti va faoliyati. Polshalik olim Nikolay Kopernik o‘zigacha falakiyot fanida hukm surib kelgan qoida va tasavvurlarning noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berdi. Kopernikkacha falakiyotda qanday qoida hukmron bo‘lgan edi? Milodning ikkinchi asrida yunon olimi Ptolemey Yer — olam markazidir, degan qoidani fanga kiritgan edi. Bu qoidaga ko‘ra Quyosh, Oy va yulduzlar Yer atrofida aylanadi degan fikr hukm suradi. Ptolemey qoidasining xato ekanligini birinchi bo‘lib Nikolay Kopernik isbotladi. U 30 yillik kuzatishlar natijasida Ptolemey nazariyasini rad etdi. Kopernik Yer bir sutkada o‘z o‘qi atrofida bir marta, bir yilda esa Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishini isbotlab berdi. Demak, Quyosh Yer atrofida emas, Yer Quyosh atrofida aylanadi. Olamning markazi Yer emas, Quyoshdir. Bu — fandagi buyuk kashfiyot edi. Kopernik “Osmon jismlarining aylanishi haqida” kitobida o‘z kashfiyotini keng bayon qiladi. Mazkur kitob tezda mashhur bo‘lib ketgan. 4. “Separatizm”so’ziga izoh bering. Separatizm (lotincha—ajrataman) — ajralib chiqishga intilish. Shuningdek, Xalqaro huquqda ittifoqchi davlatlarning biri tomonidan ittifoqchilar ruxsatisiz va ular bilan kelishmay turib urushayotgan dushman davlat bilan tuzilgan bitim.
16- bilet 1. Qadimgi Rimga asos solinishi. Rim shahri Tibr daryosi bo'yidagi shinamgina dehqonchilik manzilgohlaridan boshlangan. Tibr bo'ylab joylashgan kichik manzilgohlar birlashib, katta shaharga aylandi. Rimyettita tepalikda joylashgan. Tibr toshgan kezlarda tepaliklar o'rtasidagi vodiy odam o'tolmaydigan botqoqlikka aylanib qolar edi. Shaharjoylashishi harbiy nuqtayi nazardan judaham qulay bo'lgan. Da-ryo va botqoqlik lotinlarni qo'shni qabilalar hujumlaridan himoya qilar edi. Rivoyatga qaraganda, miloddan avvalgi 753-yilda Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan. Dunyoga kelganlaridan so'ng chaqaloqlarni o'lsin deb Tibr daryosi bo'yida tashlab ketishadi. Daryo bo'yida ularni Ona bo'ri topib oladi, bir cho'pon kelib olib ketmaguncha akaukalarni emizadi va boqadi. Voyaga yetganlarida esaTibr bo'yida shahar barpo etishga ahd qilishadi. Aka-ukalar janjallashib qolib, Romul o'z inisini o'ldirib qo'yadi, shahargaesa o'-z nomini beradi. Bugungi kunda, afsonada aytilganidek, egizaklarni ernizgan Ona bo'ri Rimning timsoli hisoblanadi. Miloddan avvalgi VI asrda Rim aholisi ko'p shaharga aylanadi. Kapitoliy tepaligida esa dushmanlardan himoyalanish uchun qal'a bunyod etiladi. 2. Samarqanddagi Registon me'moriy majmuasi. Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni bo'lib, bu erda uchta madrasa qad ko’targan: Ulug’bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (16191636), Tilla-kori madrasasi (1647-1660). Registon - qadimiy ilm, ta’lim muassasalari joylashgan joy bo'lib, sharqdagi shahar qurilishi san'atining eng ko’zga ko’rinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch- qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni ko'rsin“, deganlar. 2001- yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari ro'yxatiga kiritilgan. Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa O’rta Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur podshohligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek davri (1409- 1447)da esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi(1619-1636) va Tillakori masjid-madrasasini (1647-1660) mujassam etadi. Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Ko’chkunjihon (1527-1530) qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qo’sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904- yilgi zilziladan so’ng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyo sayyohlari tashrif buyurishadi. 3. Isaak Nyuton hayoti va faoliyati. Buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanikaasoschisi Isaak Nyuton Grantem (Angliya) shahri yaqinidagi Vulstorn qishlog‘ida fermer oilasida tug‘ildi. 12 yoshida Grantem maktabida o‘qiy boshladi, 1661-yilda Kembrij universiteti kollejlaridan biriga kirib, uni tugallaganidan so‘ng bakalavr ilmiy darajasini oldi. Nyuton Isaak (1643-1727) Butun olam tortishish qonunini maktabda o‘qigansiz. Ana shu qonunning kashf etilishiga tasodifan daraxtdan uzilgan olma sabab bo‘lganligi ham sizga ma’lum. Nima sababdan olma hech qayoqqa og‘masdan to‘ppa-to‘g‘ri yerga tushadi, deb o‘yladi olimlardan biri. U yoshlik yillaridayoq bu masala ustida o‘ylay boshlagan, lekin uning javobini yigirma yildan keyingina e’lon qilgan. Bu olim buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika asoschisi Isaak Nyuton edi. U Grantem (Angliya) shahri yaqinidagi Vulstorn qishlog‘ida fermer oilasida tug‘ildi. 12 yoshida Grantem maktabida o‘qiy boshladi, 1661-yilda Kembrij universiteti kollejlaridan biriga kirib, uni tugallaganidan so‘ng bakalavr ilmiy darajasini oldi. 1668-yilda Nyutonga magistr unvoni berildi, 1672-yilda u London Qirollik jamiyati a’zosi etib saylandi, 1703-yilda esa uning prezidenti bo‘ldi. Isaak bolalik chog‘laridanoq varrak, mexanik o‘yinchoqlar yasashni xush ko‘rardi. Keyinchalik u ko‘zgu, prizma va linzalarni sayqallovchi mohir usta bo‘lib yetishdi. Ko‘zgularni sayqallash san’ati Nyutonga, ayniqsa, yulduzli osmonni kuzatishga mo‘ljallangan ko‘zguli teleskopni yasashda asqotdi.Teleskopning har bir qismini ishlash juda katta mehnat va sabr-toqat talab qilardi. Matonati tufayligina u ajoyib teleskop yasashga muvaffaq bo‘ldi. 4. “Ekstremizm” so’ziga izoh bering. 17- bilet 1. XVI asrda Hindiston davlati. XVI asrda Hindistonda siyosiy tarqoqlik hukm surardi. O'zaro ichki nizolar va urushlar mamlakatni kuchsizlantirgan edi. Hindistondagi ichki siyosiy ahvolni sinchkovlik bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahiriddin Muhammad Bobur vaziyatdan foydalanishga qaror qildi va Hindistonni egallash uchun harbiy yurish boshladi. Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sultonligida Hindistondagi afg 'on qabilalaridan chiqqan lo'diylar sulolasi hukmronlik qilardi. Bobur Mirzo 1526- yilning 21- aprelida Panipat jangida Ibrohim Lo'diy qo'shinini tor-mor keltirdi. 27- aprel kuni esa Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba о'qildi. Shu tariqa tarixda 332 yil yashagan yangi imperiya - Boburiylar imperiyasiga asos solindi. Bobur Hindistonda o'zi bilan qolgan qo'shinga jogir tarqatdi. Bu yerlarda xo'jalik yuritish ishlariga rahbarlik qilish mahalliy urf-odatlarni yaxshi biladigan hindularga topshirildi.Bobur imperiya taxtida uch yil o'tirdi. 1530- yilda Boburning o'limidan so'ng imperiya taxti katta o'g'li Humoyunga o'tdi.Imperiyadagi siyosiy ahvol.Humoyun imperiya sarhadlarini yanada kengaytirishga intildi. Bu kurashda uning asosiy raqibi Bixor va Bengaliyada joylashib olgan afg'on qabilalarining yetakchisi Sherxon Sur bo'ldi. Ikki sarkarda qo'shinlari o'rtasidagi jangda Sherxon Surning qo'li baland keldi. Mag'lubiyatga uchragan Humoyun Eronga qochib ketdi. Sherxon Sur Hindiston taxtini egalladi va shoh deb e'lon qilindi. Bu hodisa 1540- yilda yuz berdi. Surlar davri shiddatli va shafqatsiz ichki kurashlar bilan o'tdi. Oqibatda Hindistonda og'ir siyosiy vaziyat vujudga keldi. Bundan Humoyun ustalik bilan foydalandi. Taxtdan ayrilgan yillarda u turk, fors, turkman va о 'zbeklardan iborat kuchli qo'shin tuza olgan edi. 1555- yilda Humoyun Hindiston taxtining da'vogarlarini tor-mor etib, yana hokimiyatni o'z qo'ligaqaytarib oldi. Unga taxtda uzoq o'tirish nasib etmadi. Oradan ко 'p vaqt о'tmay Humoyun tasodifiy falokat tufayli halok bo'ldi.Imperiya Akbarshoh davrida.Boburiylar sulolasi hukmdorlari ichida «Buyuk Akbar» degan unvonga sazovor bo'lgan Humoyunning о'g'liAkbarshoh 1556- yilda otasi taxtini egalladi. Akbarshoh hamisha uzoqni ra'zlab siyosat yuritdi. Shu tufayli u Hindistonda о 'z hukmronligini to'la va uzil-kesil o'rnata oldi. Shuning uchun ham uni Hindistondagi Boburiy hukmdorlar ichida eng ulug'i - «Buyuk Akbar» deb atashgan. Akbar Hindiston tarixidagina emas, balki jahon tarixida ham eng buyuk shohdir. Agar yevropalik hukmdorlar bilan taqqoslanadigan bo'lsa, Akbar ulug'vorlikda ham, omadbarorlikda ham ulardan ustun turadi. Ishvari Prasad,hind tarixchi olimi.Akbarshoh bunday buyuklikka osonlikcha erishgan emas. Uning asosiy raqibi Hindistondagi afg'on qabilalari yetakchilari edi. Akbarshoh qo'shini 1556- yilda afg'on qabilalari qo'shinini tor-mor etdi. 1559- yilga kelib taxt uchun boburiylarga qarshi kurashning yetakchi kuchlari - afg 'onlarning Sur sulolasi butunlay yanchib tashlandi. Akbarshohning hukmronlik yillari imperiyaning oltin davri bo'lgan. Akbarshoh zukko davlat arbobi, mohir sarkarda bo'lishi bilan bir qatorda, itoatkor о^'П, g'amxo'r ota ham edi. Qo'1 ostidagi xalqlarning turmush farovonligi doimo uning e'tiborida turgan. Kambag'al, beva- bechoralarga muntazam moddiy yordam ko'rsatgan. Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarix ilmini yaxshi egallagan. U boshqa din vakillariga nisbatan ham adolatli siyosat yuritgan. Akbarshoh musulmon bo'lmaganlardan undiriladigan «jizya» solig'ini bekor qilgan.Hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni man etgan. Imperiya hududida yagona savdo solig'i joriy etilgan. Ham xolisa, ham jogirdorlar yerlaridan teng miqdorda soliq undirilgan. Davlat idoralaridagi lavozimlar, dini va mazhabidan qat'i nazar, shaxsning salohiyatiga qarab taqsimlangan. Akbarshoh barcha fuqarolarga din erkinligi bergan. Bir so'z bilan aytganda, Akbarshoh hindlar bilan musulmonlarning yonma-yon, tinch-totuv yashashlariga erishgan. Akbarshoh yuritgan bunday adolatli siyosat boburiylar davlatining ulkan imperiyaga aylanishida, uning mahalliy aholi va amaldorlar tomonidan qo'llab-quvvatlanishida katta rol о'ynadi. Bu esa, о^ navbatida, imperiyaning qudrati va shon-shuhratining yanada ortishiga xizmatqilgan.Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatli siyosati evaziga «Milliy podshoh», «Xalq hukmdori» nomlariga ham sazovorbo'lgan. Akbarshoh 1605- yilda vafot etgan. XVII asr ikkinchi yarmidan boshlab imperiyada toju taxt uchun kurash avj oldi. Oxiroqibatda, bu kurashda 1627-1658-yillarda hukmronlikqilgan Shoh Jahon (Akbarshohning nabirasi)ning o'g'li Avrangzeb g'alaba qozondi. U 1658- yilda Dehli shahrini egalladi va o'zini shoh deb e'lon qildi. Avrangzeb hukmronligi davrida (1658— 1707)imperiya hududi yanada kengaydi. Ayni paytda, Avrangzeb hukmronligi yillarida imperiya inqirozi uchun zamin ham yetila bordi.Xo'sh, bu nimalardan iborat edi? Avvalo, Avrangzebning hech kimga ishonmasligi, hamma narsaga shubha bilan qarashi davlati arkon hamda mahalliy hind hukmdorlarining undan ко^Нт sovitdi. 2. Kompozitor Lyudvik van Betxoven ijodidagi bosh g’oya. Betxoven — nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor. Vena klassik maktabining vakili. 1792-yilda Venaga ko’chgan va tez orada o’zining erkin va ta’sirchan, yangi ijro uslubi bilan iste'dodli pianinochi, badihachi-improvizator sifatida tanilgan. Venada (1795—1800) yaratgan fortepiano konsertlari, 8-chi „Patetik“ fortepiano sonatasi, kvartetlari, 1-chi simfoniyasi, „Prometeyning yaratmalari“ baletidayoq Betxovenga xos, Buyuk Fransuz inqilobi g'oyalari ta'siri ostida shakllangan ijodiy uslubi ko’zga tashladi. 27 yoshidan qulog’i og’irlashib, keyinchalik butunlay kar bulib qolsada, ichki uquv, his-tuyg'u bilan birtalay asarlar yaratdi, dirijyorlik qildi. Betxoven ijodi, ayniqsa1801—1812 yillarda kamol topdi. Qahramonlik va demokratizm ruxi bilan yug'rilgan 3-chi („Qahramonnoma“), 5-chi simfoniyalari, „Fidelio“ operasi, I. Gyotening „Egmont“ fojiasiga yozgan musiqasi, „Appasionata“ fortepiano sonatasi, skripka va fortepiano uchun „Kreyserov“ sonatasi mashhur. Chuqur fojiaviylik va adolat tantanasiga ishonch ruxi bilan sug'orilgan 9-chi simfoniyasi Betxoven ijodining cho’qqisidir. So’nggi asarlari (28—32 fortepiano sonatalari, 12—16 kvartetlari, bagatellar)da kompozitorning yangi ifoda vositalari topishgaintilishi seziladi. Musiqiy qahramonlik uslubini yaratgan Betxoven simfonik musiqa tafakkuri ko’lamini nihoyatda kengaytirgan, kamer cholg’u va vokal musiqasi, konsert janrlarining g'oyaviy mazmunini teranlashtirgan, mavjud musiqa shakllari vajanrlarini isloh etgan. Ijodida turli (ingliz, venger, italyan, nemis, polyak, rus, ukrain) xalq kuylarini qayta ishlagan, Sharq mavzulariga murojaat qilgan (Sa’diy she’rlariga 2 kanon). Betxovenning 5, 7, 8, 9-chi simfoniyalari, fortepiano va skripka konsertlari, birtalay fortepiano va skripka sonatalari, kamer ansambl va boshqa asarlari O'zbekistonda ijro etiladi. 3. Rojer Bekon ilmiy ijodidagi asosiy g’oya. Oksford universiteti professori Rojer Bekon (XIII asr) fandagi yutuqlarga faqat ilmiy kuzatishlar va tajribalar yo‘li bilan erishish mumkinligini isbotladi. Uning o‘zi optika, fizika, kimyo fanlariga oid tajribalar o'tkazadi. Bekon o‘zi suzadigan kema, suv osti kemasi va havoda uchadigan apparatlar qurish mumkinligini aytgan. Bekonning hayoti qiyinchiliklar va xavf-xatarlar ichida, cherkov ta’qibida o'tgan. U uzoq yillar qamoqda ham bo'lgan. 4. “Ekspansiya” atamasiga izoh bering. Ekspansiya - buyuk davlatlarning o’zgalar hududi va bozorlarini,xomashyo manbalarini bosib olishga,siyosiy va iqtisodiy ta’sir doiralarini kengaytirishga qaratilgan siyosatlari 18- bilet 1. XVI asrda Yaponiya davlati. XVI asrda Yevropada yangi jamiyat -- kapitalizmning tarkib topish jarayoni davom etayotgan bir sharoitda Osiyo davlatlarida hamon o'rta asr davri feodal jamiyati munosabatlari davom etardi. Yaponiya ham bundan mustasno emas edi. XVI asr boshlarida Yaponiya o'zaro ichki urushlar oqibatida amalda qator mayda-mayda davlatlarga bo'linib ketgan. 1507- yildan boshlab Yaponiya tarixida notinch davr boshlandi. Bu davr Yaponiya tarixiga «Kurashuvchi viloyatlar davri» nomi bilan kirgan. O'zaro ichki urushlar faqat 1573- yilda ikkinchi syogun Asikaga sulolasi hokimiyatining ag'darilishi bilan nihoyasiga yetdi. Yaponiyani yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy vazifani amalga oshirish ishiga qudratli xonadon yetakchilaridan biri Oda Nobunaga rahbarlik qildi. Shiddatli va shafqatsiz kurashlardan so'ng Oda Nobunaga 1573- yilda Asikagani syogunlikdan mahrum etdi. XVI asr oxirlariga kelib u mamlakat viloyatlarining deyarli yarmini birlashtirishga muvaffaq bo'ldi. Oda Nobunaga mamlakatda qator islohotlar o'tkazdi. Chunonchi, iqtisodiy taraqqiyotga to'sqinlik qilayotgan mahalliy soliq va bojxona to'lovlarini bekor qildi. Savdo yo'llari va ko'priklar ta'mirlandi. Sha- harlarga bozorlar ochish huquqi berildi. Shaharlarning tashqi savdo faoliyati rag'batlantirildi. Ayni paytda tilla va kumush tangalarni muomalaga kiritdi. Oda Nobunaga o'tkazgan islohotlar Yaponiyaning siyosiy birlashuvi va iqtisodiy taraqqiyotiga yordam berdi. XVI asrning 40- yillaridan boshlab Yaponiyaga birinchi bo'lib Portugaliya savdogarlari kirib keldilar. 1543- yilda portugaliyalik Mendish Pintu Bungo viloyati hukmdori bilan Yaponiyaga turli tovarlar qatori qurol-aslaha, porox olib kelish va ularni oltin hamda kumushga ayirboshlash to'g'risida shartnoma imzoladi. Yevropaliklarning Yaponiyaga kirib kelishining eng ahamiyatli jihati, o'qotar qurolning Yaponiyaga keltirilishi hamda shu yerda ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilishi bo'ldi. Mendish Pintu yaponlarga o'qotar qurollar yasash san'atini o'rgatdi. Ayni paytda Yaponiyaga yevropalik savdogarlar ortidan katolik cherkovi ruhoniylari ham kela boshladilar. Ular yaponlar orasida xristian dinini targ'ib etishga kirishdilar. Ulardan so'ng esa ispan katolik ruhoniylari ham bu mamlakatga kirib kela boshladilar. Syogun Oda Nobunaga Yaponiyada xristian dinining tarqalishiga homiylik qildi. Chunki bu davrda budda dini peshvolari Oda Nobunagaga dushman bo'lgan kuchlarni qo'llab-quvvatlamoqda edi. Ular Yaponiyani yagona davlatga birlashtirishga qarshi kuchlarning tayanchiga aylangan edilar. Bundan tashqari, Oda tezlik bilan qo'shinini Yevropa qurol-aslahasi bilan to'la qurollantirish maqsadida ham shunday qilgan edi. 2. Shoir Jiyan Jirov ijodidagi asosiy g’oya. Jiyen Jirov (1730---1784) edi. U mashhur baxshi sifatida kamol topdi. Ayni paytda, she'rlar ham bitdi. "Hoy yigitlar, yigitlar", "Xayr endi, do'stlar", "Yuragimda ko'p dog'im", "Ouyani ber" kabi she'rlarida jamiyatdagi nohaqliklarni tanqid qiladi. Jiyen Jirov hajviy she'rlar ustasi ham edi. U "Hoy, xonimiz, xonimiz", "Xon yonida to'ralar" kabi hajviy she'rlarida hukmron tabaqalarning kirdikorlarini, xalqqa o'tkazgan jabr-zulmlarini fosh etadi. 3. Samarqandning tiklanishida Amir Temur faoliyati. Samarqandning gullab-yashnashi, dunyoning en mashxur va go’zal shaharlaridan biriga aylanishi buyuk bobomiz Amir Temur nomi bilan bog’liqdir. Samarqand Amir Temur saltanatining poytaxti sifatida jahonga mashhur bo’ldi va “abadiy shaharlar” qatoriga qo’shildi. Mog’ullar bosqini davomida butunlay vayron etilgan Samarqand shahri Amir Temur davrida o’zining qadimgi o’rnidan birmuncha janubroqda qayta qurildi. Shahar tevaragi Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So;zangaron va Feruza kabi nomalr bilan yuritiluvchi oltita darvozali mustahkam yangi qal’a devor bilan o’rab chiqilgan. Shahar arkida Amir Temurning qarorgohi Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar bino qilindi. Ko’ksaroy to’rt qavat bo’lib gumbazlar va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bialn qoplanganligi uchun u shunday nom bilan shuhrat topadi. Samarqandda saroylar, masjidalr, madrasalar, maqbaralar qurildi. Shahar tashaqrisida esa bog’-rog’lar barpo qilindi. 1404-yilda Samarqandda bo’lgan Ispaniya elchisi Klavixo Amir Temurning binokorlik ishlaridan hayratda qolgan edi. Xuddi shu davrda Shohizinda me’moriy yodgorliklari majmuasidagi ba’zi ajoyib maqbaralar, hozirgi vaqtda Bibixonim nomi bilan mashhur bo’lgan Jome masjidi va boshqalar bino qilindi. 4. “Irredentizm” atamasiga izoh bering. 19- bilet 1. Chingizxon boshqaruvi davrida Mo’g’uliston davlati. Mo’g’ul qabilalari orasidagi o’zaro urushlarda, XIII asrning boshlarida Temuchin (1155-1227) g’olib chiqadi. 1206-yilda Onon daryosi bo’yidagi qurultoyda u ulug’ xon deb e’lon qilinadi. Bosh shomon butun xalq oldida Temuchinga Chingizxon unvonini beradi. Chingizxon so’zi “kuchli”, “qudratli”, “toza” ma’nolarini bildiradi. Mamlakatni markazlashtirish maqsadida Chiungizxon Qoraqurum qal’asini o’z davlatining poytaxtiga aylantiradi. Chingizxon tez orada janubiy Sibirda yashagan ko’pgina xalqlarni bo’ysundiradi. Ular qatorida buryatlar, yoqutlar, qirg’izlar va boshqalar bor edi. Chiungizxon 1211-yilda Shimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi. Mamlakatni batammom istilo qilinishi ining vorislari davrida tugaydi. Yettisuv va Sharqiy Turkistonga qarshi 1218-yili boshlangan bosqinlar, xorazmshohlar davlatiga 1219-1221-yillarda yoyildi. Afg’oniston, Sharqiy Eron egallanib, Kavkaz orqali 1223-yilda Dashti Qipchoqqa chiqadi. Kalka daryosi bo’yida qipchoqlarning ittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan ruslar qo’shini mag’lub etiladi. 1224-yilda Chingizxon zabt etilgan hududlarni o’z o’g’illari: Jo’ji, Chig’atoy, O’qtoy va Tuliga uluslarga bo’lib, taqsimlab beradi. O’qtoyni taxt vorisi etib tayinlaydi. 2. Toshkentdagi Mustaqillik maydonidagi “Motamsaro ona” monumenti. 1999-yilda Toshkentning Bosh maydoni - Mustaqillik maydoni yonida “Xotira maydoni” majmuasi bunyod etildi. Bu yerdagi yodgorlik devorlariga kitob betlari shakili o’rnatilgan. Ularga Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan o’zbekistonlik askarlarning nomlari bitildi. Majmuada “Motamsaro ona” haykali ham o’rnatilgan. Haykalda urushda o’z farzandini yo’qotgan onaning g’am-g’ussasi aks etgan. Haykal yonida urushda halok bo’lganlar xotirasi uchun mangu olov yonib turadi. 3. Ajiniyoz Qusibay o’g’li ijodidagi asosiy g’oya. Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li (taxallusi Zevar) (1824—1878) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biridir. Mo'ynoqdagi eski maktabda o'qigan. Keyin Xivadagi Sherg'ozixon madrasasida ilm olgan. Shoirning "Bo'zatov" dostonida qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko'chib ketishga majbur etilganligi katta mahorat bilan tasvirlangan. Ajiniyoz shoirning "Kerak", "Bo'ladi", "Yaxshi", "Yigitlar" she'rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g'oyalari, falsafiy qarashlari ifodalangan. Ajiniyozni butun Markaziy Osiyoga tanitgan "Qiz Mengesh bilan aytishuv" asari edi. 1999-yilda Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. Nukusda Ajiniyoz maydoni barpo etildi va unga haykal o'rnatildi. 4. “Kontributsiya” so’ziga izoh bering. 20- bilet 1. XIX asrning II yarmida Turkiston general gubernatorligi. O’rta Osiyoni o’z mustamlakasiga aylantirish maqsadida podsho hukumatining olib borgan harbiy istilochilik yurishlari natijasida uning katta hududlari boib olindi. 1867-yilda bosib olingan hudularni o’z ichiga oluvchi Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilindi. Shu bialn birga, Turkiston harbiy okrugi tuzildi. 1847-yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar uning tarkibiga kiritildi. Bu davrda Turkiston harbiy okrugida harbiylar soni 40 ming kishidan iborat edi.Toshkent shahri general- gubernatorlikning markazi qilib belgilandi. Turkiston general-guberntorligiga 1867-yil Rossiya imperatori farmoniga ko’ra, general-adyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman (1867-1881) tayinlandi. U bir paytning o’zida Turkiston harbiy okrugining qo’mondoni ham edii. 2. Qo’qon xoni Umarxon (Amiriy) ijodidagi asosiy g’oya. Qo'qon xoni Umarxon ilm, madaniyat, san'at, adabiyot rivojiga, madrasalarda o'qish- o'qitish ishlarini yaxshilashga, turli kasb-hunar maktablarining ochilishiga e'tibor bergan, qo'llab- quvvatlagan. Umarxon sa'y-harakatlari natijasida Qo'qonda XIX asr bosh- larida o'ziga xos ilmiy-madaniy muhit vujudga keladi. Uning asoschisi ma'rifatparvar hukmdor va hassos shoir Umarxon (1787 — 1822) edi. Qo'qon ilmiy-madaniy muhitining rivojida Umarxonning umr yo'ldoshi, mashhur shoira Nodirabegimning hissasi katta bo'ldi. Umarxon Amiriy taxallusi bilan ko'plab she'rlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig'ilgan. 1821- yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she'rlarini o'z ichiga olgan "Majmuayi shoiron" to'plamini tuzgan. 10 ming misradan ortiq o'zbek, fors-tojik tilidagi g'azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi she'rlar to'plangan devon yaratilgan. Arab va fors tillaridagi kitoblar o'zbek tiliga tarjima qilindi. Noyob kitoblar iste'dodli xattotlar tomonidan ko'chirildi, nozik tasvirlar bilan bezatildi. Amiriy o'zbek va fors tillarida she'rlar yozdi. Uning g'azallar devoni 1882-yilda Istanbulda, 1905-yilda Toshkentda chop etildi. 3. XIII asrda Germaniya imperatori Fridrix II ninh hayoti va faoliyati. Fridrix II imperatorligining yigirma yilidan ko’pini Italiyada, Sitsiliya qirolligida o’tkazdi. Uning saroyida arab, vizantiyalik va yahudiy olimlari to’plangan. Fridrixning o’zi arab va yunon tillarini bilgan, lotin tilida asarlar, italyan tilida she’rlar yozgan. Uning Palermodagi saroyi arab xalifalarining saroylarini eslatar edi. Imperator sharq musiqasi, raqslari, Sharq adabiyoti va she’riyati, Sharq me’morchiligining havaskori bo’lgan. Sharq hukmdorlarining ayrimlari bilan do’st tutingan. Imperator mamlakat bo’ylab harakatlanganida ini filbonlar va jangchilar o’tirgan fillar kuzatib borgan. Fillar ortida tuyalar, yolbarslar, sherlar, qolonlar yetaklab yurilgan. Imperator qator maktablar va Neapol universiteti asoschisidir. U cherkov, yoki shahar kengashi emasm hukmdor tomonidan tashkil etilgan birinchi universitet bo’lgan. Zamondoshlari Fridrix II ning g’ayritabiiy qobiliyati va qudratiga qoyil qolib, unga “jahon hayrati” deb nom berishgan. 4. “Dogma” so’ziga izoh bering. 21- bilet 1. XVI - XIX asrlarda Toshkent shahri. XVI asr boshlarida Toshkent shayboniylar davlati tarkibiga kirgan, so’ng u Buxoro amirligi tarkibiga qo’shib olinadi.XVIII asrda Toshkentning mavqei ancha oshdi. Iqtisodiy va amadaniy yuksalish bu shaharning bishqa hunarmandchilik va savdo markazlari bilan aloqasi jonlanganidan, shuningdek, qurilish ishlarining rivoj topishida namayon bo’ldi. Baroqxon madrassasim Ko’kaldosh madrasasi singari katta madrsalar XVI asrda o’zbek sultonlari davrida barpo etilgan. Bu binolar hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Toshkent XVI asrdayoq aholisi zich joylashgan shahar bo’lib, aholining katta qismini savdogarlar va hunarmandlar tashkil qilardi. Toshkent shahar hayotining markazi Chorsu bozori bo’lib, bu yerga turli shahar va mamlakatlardan savdogarlar kelishardi.60 mingga yaqin aholi yashaydigan Toshkent o’z ahamiyati jihatidan xonlik poytaxtidan keyin ikkinchi o’rind turardi.XVIII asrda shahar 4 dahaga bo’lingan edi: Ko’kcha, Sebzor, Beshyog’och va Shayxontohur dahalari. 1865-yili Toshkentda 140 ta mahalla, 13260 ta xonadon, 8 ta madrasa, 8 ta hammom 255 ta masjid va 116 ta tegirmon bo’lgan. XIX asr boshlarida Toshkent Qo’qon xonligi tomonidan egallanadi. 2. Konstantinopoldagi Muqaddas Sofiya ibodatxonasi. 3. Abu Rayhon Beruniyning hayoti va faoliyati. Abu Rayhon Beruniy (973—1048). Abu Rayhon Beruniy Xorazmning Kat shahrida tug‘ilgan. Ulug‘ mutafakkir olim, o‘rta asrning buyuk dahosi Xorazm Ma’nun akademiyasida ijod qilgan. U o‘z zamonasining hamma fanlarini puxta egallagan. Astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, ma’danshunoslik (mineralogiya) va boshqa fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy olgan. U ko‘p xorijiy tillami (arab, hind, lotin, fors, yahudiy va b.q.) mukammal bilgan. Olim 200 ga yaqin ilmiy asar yozgan va tarjimalar qilgan. Globusni dunyoda birinchi bo‘lib yasagan. Astronomik kuzatuvlar olib borish maqsadida kuzatish asboblarini ham o‘zi yasagan. Uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”asarlari ajdodlarimiz tarixini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Olim G‘azna shahrida vafot etgan. Hozirgi paytda Beruniyning boy ilmiy merosi O‘zbekiston va boshqa davlatlarda o‘rganilmoqda. Beruniyga Toshkent, Xiva, Beruniy shaharlarida haykal o‘rnatilgan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etilgan. U ilm-fan sohasida erishilgan yuksak yutuqlar uchun beriladi. 4. “Anneksiya” so’ziga izoh bering. 22- bilet 1. XVIII asr oxirida Fransiya davlati. 2. Ulug’bek (Samarqand) madrasasi. ULUG‘BEK MADRASASI — Buxorodagi me'moriy yodgorlik (1417). Ulug‘bek qurdirgan madrasaning eng qadimiysi. Abdullaxon II davrida katta ta'mir ishlari olib borilgan (1586). Bosh tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi peshtog‘ida bo‘lib, unda sirkor g‘ishtchalardan tashqari rang-barang gulli parchin va koshindan foydalanilgan. Ravoqli peshtoqdan saroy orqali hovliga o‘tiladi. Saroy ichki gumbazi 12 qirrali, g‘ishtdan to‘rsimon shakl qilinib, oralariga ko‘k va havo rang koshin terilgan. 3. Mahmud Zamaxsharining hayoti va faoliyati. Xorazm diyoridan chiqqan buyuk allomalardan yana biri Abulqosim Mahmud az- Zamaxshariydir. U 1074-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida dunyoga kelgan. Dastlab
ma’lumotni otasidan oladi.So‘ngra madrasada tahsil ko‘radi. Ilmga bo‘lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o‘rganishiga sabab bo‘ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlami to‘playdi. Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan “Al-Mufassal, Qur’oni Karim tafsiriga oid “Al-Kashshof” asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy “Arab va g‘ayri arablar ustozi”, “Xorazm faxri" kabi sharafli nomlar bilan ulug‘langan. 4. “Dekodentlik” so’ziga izoh bering. 23- bilet 1. XVII asrda Rossiya imperiyasi. Rossiya bosqinchilik urushlari olib borish hisobiga sharqqa va janubga tomon kengayib bordi. Chunonchi, XVI asrning ikkinchi yarmida Qozon, Astraxan (Ashtarxon) va Sibir xonliklari bosib olindi. Shu tariqa 1533- yilda 2,8 mln km2ni tashkil etgan Rossiya hududi XVI asr oxiriga kelib 5,4 mln km2 ga yetdi. 1584- yilda Ivan IV Grozniy vafot etdi. Taxtga uning o'g'li Fyodor Ivanovich o'tqazildi. U kasalmand bo'lganligi uchun amalda hokimiyatni qaynisi, boyar Boris Godunov boshqardi. Fyodor 1598- yilda vafot etdi. Lekin Ivan IV o'g'illaridan taxt vorisi qolmadi. Shu tariqa Rossiyani 700 yil boshqargan Ryurikovlar sulolasi hukmronligi barham topdi. Shunday sharoitda Zemstvo sobori Boris Godunovni podsho etib sayladi. Boris Godunov 1605- yilda vafot etgach, Rossiya tarixida notinch, alg'ov-dalg'ovli yillar boshlandi. Qisqa vaqt ichida bir nechta podsho almashdi. Ayni paytda Rossiyada boyarlar ta'siri yana kuchaydi. Bundan tashqari, chet davlatlar -- Polsha va Shvetsiya Rossiya ichki ishlariga zo'r berib aralasha boshladilar. Polsha hatto 1609- yilda Moskvani bosib oldi. Hokimiyat Boyarlar guruhi qo'liga o'tdi. Ular Rossiya taxtiga Polsha qirolining o'g'lini o'tqazishga urindilar. Shu orqali o'z imtiyozlarini saqlab qolmoqchi bo'ldilar. Ana shunday og'ir sharoitda Rossiyaning asl vatanparvar kuchlarining yetakchilari posad oqsoqoli Kuzma Minin va sarkarda Dmitriy Pojarskiylar xalq lashkari to'plashga kirishdilar. 1612- yilda Moskva uchun bo'lgan janglarda Polsha qo'shini mag'lu- biyatga uchratildi. Shu tariqa Moskva chet el bosqinchilaridan tamomila ozod qilindi. Rossiya ichki va tashqi ahvoli qiyinligiga qaramay o'z mustaqilligini saqlab qola oldi. Endi Ros- siyaning yangi podshosini saylash masalasini hal etish kerak edi. 1613- yilda Moskvada chaqirilgan Zemstvo sobori Ivan IV Grozniy xotinining qarindoshi Mixail Fyodorovich Romanovni Rossiya podshosi etib sayladi. Shu tariqa Rossiyada yangi sulola -- Romanovlar sulolasi hukmronligi davri boshlandi. Bu sulola vakillari 1917- yilgacha hokimiyatni qo'llarida saqlab turdilar. 2. Qo’qon xonligida Maxmur (Maxmud) ijodidagi asosiy g’oyalar. Amir Umarxon davridagi yirik shoirlardan biri Maxmur (asl ismi Mahmud) XVIII asr oxirida tug'ilib, 1844-yili vafot etgan. Qo'qondagi Madrasayi ?! Umarxon va ilmiy- madaniy muhit Maxmur va Gulxaniy Mirda o'qigan, keyin Amir Umarxon qo'shinida siSohilik qilgan. Maxmurning hajviy she'rlar devoni saqlangan bo'lib, unda 69 asar (3717 misra) jamlangan. She'rlarida xalqqa jabr yetkazgan amaldorlarni keskin tanqid ostiga oladi. U milliy adabiyotda ijtimoiy hajviyani yuksak pog'onaga ko'taradi. "Hapalak" she'rida Hapalak qishlog'idagi manzarani aks ettirsa-da, aslida bu she'r butun xonlik hududidagi manzarani ifodalar edi. Mazkur she'rda quyidagi satrlar bitilgan edi: Xalqini ko'rsang agar, o'lasi-yu qoq-u xarob, Ochligidan egilib, qomati misli kamalak. Bori yo'q uylarini banda bayon gar qilsam, Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, to'rt katalak. O'zbek mumtoz adabiyotining tanqidiy yo'nalishini rivojlantirgan Maxmur merosi keyingi davrdagi qalam ahlining hajviygo'ylik ijodiga samarali ta'sir ko'rsatdi. 3. XIII asrda Marko Poloning hayoti va sayohatlari. Marko POLO (1254-1324) Har bir chet ellik sayyohga katta shubha bilan qaralgan XII-XIII asrlarda Yevropadan Osiyoga kelib savdo ishlarini ustalik bilan yuritish va hatto, o'zga yurt xoqoni xizmatiga kirib, maslahatchi darajasiga erishish katta jasorat va zukkolikni talab etadi. 1254-yilning 15- sentyabrida venetsiyalik savdogar oilasida dunyoga kelgan Marko Polo o'rta asrlardagi Osiyo davlatlarining hayoti bilan yevropaliklarni tanishtirishga muyassar bo'lgan jasur sayyoh edi. XIII asrga kelib yangi bozorlarning ochilishidan manfaatdor bo'lgan venetsiyalik va genuyalik savdogarlar yevropalik ko'plab sayyohlarning Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoyga qilayotgan safarlariga befarq qaray olmas edilar. Marko Poloning otasi Nikkolo Polo, amakisi Maffeolar dunyoning yangi ochilgan qismlarida zargarlik buyumlari va Sharqona shirinliklar bilan oldi-sotdi qiluvchi mohir savdogarlar bo'lishgan. Yevropada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishning yangi bozorlarini o'zlashtirish maqsadida Marko Poloning otasi va amakisi XIII asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Osiyoga safar qilishga qaror qilishgan. 1291-yilda Yevropaga qaytishga xondan ruxsat olishga erishgach, Marko Polo Zaysun (hozirgi Xitoyning Futszyan provinsiyasidagi Syamin) bandargohidan yo'lga chiqib, Malakka yarimorolini aylanib o'tib, Sumatra oroli, Bangal qo'ltig'i va Hindiston yarimoroli bo'ylab suzib, Eronning Ho'rmuz portiga yetib kelgan. Bu yerdan quruqlik orqali Hamadon va Tabrizdan o'tib, Turkiyaning Qora dengiz bo'yidagi Trabzon shahriga yetib olgan. Marko Polo Trabzondan hech qanday to'siqlarsiz Konstantinopol (hozirgi Istanbul) shahriga va so'ng O'rtayer dengizi orqali Venetsiyaga qaytib kelgan. Sharqiy Osiyoga qilingan sayohati Marko Polo oilasiga shon-shuhratdan tashqari katta boylik ham keltirdi. Marko Poloning Xitoydan Yevropaga qaytganidan keyingi hayoti to'g'risida ma’lumotlar uncha ko'p emas. 1298-yilda u o'zining kichikroq shaxsiy kemasida uncha uzoq bo'lmagan sayohatga chiqqan. O'sha vaqtlarda genuyaliklar va venetsiyaliklar o'rtasida bo'layotgan urush sababli Marko Polo genuyaliklar tomonidan asirga olingan. Marko Poloning shuhrati tufayli genuyaliklar unga nisbatan birmuncha yumshoq muomalada bo'lishgan. Qamoqdaligida Marko Polo Italiyaning Piza shahri fuqarosi Rustikanoga amalga oshirgan sayohatlari taassurotlarini aytib yozdirgan va keyinchalik ushbu qo'lyozma «Dunyoning rang-barangligi haqida kitob» nomi bilan chop etilgan. Genuyaliklar tutqunidan ozod bo'lgach, Venetsiyaga qaytib keldi va umrining oxiriga qadar uzoq muddatli sayohatlarga chiqmadi. Sayyoh 1324-yilning 24- yanvarida Venetsiyada 70 yoshida vafot etgan. Marko Polo Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyoga ilk bor sayohat qilgan va bu yerdagi mamlakatlarni tasvirlab bergan dastlabki yevropalik sayyoh hisoblanadi. Uning yozib qoldirgan asarlari, jumladan, «Dunyoning rang-barangligi haqida kitob»i bir qancha noaniqliklarga ega bo'lishiga qaramay, O'rta asrlardagi Osiyo mamlakatlari - Eron, Xitoy, Mo'g'uliston, Hindiston, Indoneziya hamda Markaziy Osiyodagi davlatlarning geografiyasi, etnografiyasi va tarixiga oid juda qimmatli tarixiy manbadir. Bu asar haqiqatan ham, Yevropadagi eng ommabop tarixiy manba bo'lib, u bo'yicha turli Yevropa tillarida 2300 dan ortiq ilmiy ishlar qilingan. . 4. “Shomanizm” so’ziga izoh bering. 24- bilet 1. XIV-XVI asrlarda Shahrisabz shahri. Mo’g’ullar istilosi davrida shahar tarixi yozma manbalarda deyarli yoritilmagan. 1351 yilda zarb etilgan kumush tangalarda "Shahrisabz" nomi uchraydi. Sharafuddin Ali Yazdiy (15-asr) shahar to’g’risida: "Shahrisabz, uni turkiylar Kesh deb ataydilar" deb yozgan. Sh. yaqinidagi Xoja Ilgor qishlog’i (hozirgi Yakkabog’ tumani hududi)da Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan. Shahrisabz O’sha davrda "Qubbatulilm valadab" nomi bilan yuritilgan. Xusrav Dehlaviy, Bedil, Mirzo G’olib kabi allomalarning otabobolari shahrida tug’ilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida Sh. ulkan saltanatning yirik shahriga, barlos beklarinint yozgi qarorgohiga aylantirilgan. Oqsaroy va Dor ussiyodat majmuasi qurilgan. Shahar atrofi qal’a devori bilan o’rab olingan. Ispaniya elchisi Klavixo o’z qundaligida shahrida ko’plab mahobatli binolar va masjidlar borligini va qurilayotganligini ta’kidlaydi. Keyinroq ham ko’plab me’moriy obidalar (Dor uttilovat majmuasi, Ko’k gumbaz masjidi va boshqalar) qurildi. Hofizi Abru shaharda ko’hna devor (bandi qadim) bo’lganligi, biroq u 15- asr boshlarida buzilib ketganligini ham yozadi. O’sha paytda shahrining 4 darvozasi: Ark (shim.), Kunchiqar (sharqiy), Kushxona (g’arbiy), Termiz (jan.) darvozalari bo’lgan. 1556 yilda Shahrisabz shahrini Abdullaxon II egallagan. Keyinchalik Sh. Buxoro xonligining Qarshi viloyati tarkibida bo’lib kelgan. 16-asr o’rtalarida ham Sh. mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan edi.Mahmud ibn Vali (17-asr) o’zining "Bahr alasror" ("Sirlar dengizi" — "Geografiya") asarida shahrini quyidagicha ta'riflagan: "Kesh — Movarounnahr shaharlaridan biri, yamyashil bog’lari va ko’zga quvonch baxsh etuvchi gulzorlari tufayli u hozir Shahrisabz nomi bilan shuhrat topgan. U jahondagi eng chiroyli shaharlardan biri hisoblanadi; iqlimi juda yaxshi va diltortar...” Ashtarxoniylar davrida Shahrisabz siyosiy mavqeini ancha yo’qotgyn. shahrida hokimiyat uchun kurashda avval mang’itlar, so’ngra qo’ng’irotlar urug’i g’olib chiqib markaziy hokimiyat — Buxoro xonligini tan olmaslikka urinishgan. 18-asr 1-choragida Dashti Qipchoq qozoqlari Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga talonchilik hujumlari uyushtirganda shahrida bir necha muddat shahar hayoti izdan chiqqan. 1750—52 yillardan Sh. Buxoro amirligi tasarrufiga o’tdi. 18-asr o’rtalarida shahar qaytadan qad rostlagan 2. Qadimgi greklarning quyosh xudosi Geliosning haykali. Mil. avv. III asrda Rodos shahri aholisi shaharning bir yillik qamaldan xalos bo’lganligi sharafiga shahar homiysi Quyosh xudosi Geliosning haykalini yaratishga qaror qildilar. Balandligi 35m bo’lgan bu haykal misdan ishlandi. Haykal haykaltarosh Xaros tomonidan 12yil davomida bunyod etilgan. Haykal Quyosh xudosi Geliosning boshi Quyoshga tegib turgandek tasvirlangan. 3. Muhammad Narshaxiyning hayoti va faoliyati. Mashhur tarixnavis olim. Buxoroning Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. U haqda tarixiy manbalarda ma’lumotlar ko‘p uchrasada, ammo taqimai holi haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. U 943-944-yillarda “Tarixi Buxoro” asarini yozib, somoniylar amiri Nuh ibn Nasr nomiga bag‘ishlagan. Bu asar Buxoro tarixiga bag‘ishlangan. 4. “Ishlab chiqarishga asosalangan xo’jalik” atamasiga izoh bering. 25- bilet 1. Qadimgi Sparta. Milloddan avvalgi XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni bo’ysundirib, Sparta davlatiga asos soldilar. Sparta eng yirik Yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirilga mahalliy aholi - ilotla rham aslida yunonlar bo’lib, ular bilan bir tilda so’zlashgan. Mil. Av VIII - VII asrlarda qullar soni uncha ko’p bo’lmagan Afinadan farqli o’laroq Spartada qullarga aylantirilgan aholi ko’pchilikni tashkil etar, ular ham spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Chet elliklar Spartaga kiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo’lmagan. Hamma uylar bir biriga o’xshatib qurilgan. Spartada haykaltaroshlar ham, rassomlar ham, olimlar ham bo’lmagan. 2. Qo’qon xonligida Gulxaniy (Muhammad Sharif) ijodidagi asosiy g’oyalar. Bu davr adabiyotining yana bir yirik namoyandasi Gulxaniy (Muhammad Sharif) bo'lgan. U 1770-yilda hozirgi Oojikistonning Oavildara tumanida tug'ilgan. Boshlang'ich ta'limni qishlog'ida olgan. Muhtojlik oqibatida Namanganga kelib mardikorlik qilgan. Keyinchalik Qo'qonda istiqomat qiladi. Bu yerda hammomda go'lax (o't yoquvchi) bo'lib ishlaydi. Shu boisdan "Gulxaniy" taxallusi bilan ijod qilgan. Gulxaniy o'zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida birinchi bo'lib kiritgan ijodkor edi. Gulxaniyning butun sharq adabiyotida mashhur hisoblangan asari "Zarbulmasal"dir. Asardagi "Maymun va Najjor", "Ouya bilan Bo'taloq", "Ooshbaqa bilan Chayon" kabi masallari chuqur axloqiy- ta'limiy ahamiyatga ega. Asardagi Yapaloqqush va Boyo'g'li, Ko'rqush va Hudhud, Kulonkir sulton va Malik shohinlarning o'zaro murakkab munosabatlari asosida o'z davri ijtimoiy hayotining haqiqiy manzarasini tanqidiy ifodalab beradi. 3. Xristofor Kolumbning hayoti va sayohatlari. Kolumb Xristofor (1451, Genuya — 1506.20.5, Valyadolid) — dengizchi sayyoq, asli genuyalik. 1476—84 yillarda Lissabonda hamda Madeyra va PortuSantu o.larida yashagan. Yerning shar shaklida ekanligi to’g’risidagi qad. a’limotga va 15-asr olimlarining noto’g’ri hisoblariga asoslanib, K. Yevropadan Hindistonga olib boradigan, uning fikricha, eng qisqa
dengiz yo’lining loyihasini tuzdi. 1- ekspeditsiyasida (1492—93) 90 kishi bilan "Santa-Mariya", "Pinta", "Nilya" kemalarida Palosdan safarga chiqdi. Kanar o.laridan g’arbga burilib, Atlantika okeanini kesib o’tib, 1492 yil 12 okt.da (bu sana Amerikaning rasmiy kashf etilgan vaqti deb hisoblanadi) Bagama arxipelagidagi San-Salvador o.ga to'shadi. Kuba va Gaiti o.lari sohilini kashf etdi. 1493 yil 15 martda Kastiliyaga qaytib keldi. 2- ekspeditsiyasida (1493—96) K. admiral unvoni va yangi kashf etilgan yerlarning vitse-qiroli lavozimida 1500 kishilik eki paj bilan 17 kemada safarga chikdi. Dominika, Gvadelupa, Kichik Antil, Puerto-Riko va Yamayka o.larini, Kubaning jan. qirg’oqlari bo’ylab suzib, bir necha orol va yarim orollarni kashf qildi, Gaitining jan. sohillarini tadqiq qildi. 1496 yil 11 iyunda Kastiliyaga qaytib keldi. 3- ekspeditsiyasida (1498—1500) K. 6 kema bilan Atlantika okeanini 10° shahrik.da kesib o’tib, Trinidad o.ni kashf etdi. Jan. tomondan Pariya qo’ltig'iga va Orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohil va Pariya ya.o.gacha kirib borib, Jan. Amerikani kashf etishni boshlab berdi. Jan. Amerikaning shim.-sharqiy sohillarini tekshirib, undan Karib dengizi orqali Gaiti o.ga o’tdi. 1500 yilda Kastiliyaga qaytib keldi. 4- ekspeditsiyasida (1502—04) K. 4 kema bilan 1502 yil 12 iyunda Martinika o.ga keldi. Undan Gonduras qo'ltig'iga suzib, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika va Panama sohillarini kashf qildi. 1504 yil 7 noyab.da Kastiliyaga qaytib keldi. K.ning kashfiyotlari yangi yerlarni mustamlakaga aylantirish, o’sha yerlarning indeyslar deb atalgan tub aholisini qul qilish va qirib tashlash bilan birgalikda kechdi. K.ning birinchi bo’lib Amerikani ochganligi to’g’risida ilmiy adabiyotlarda munozara ketmokda. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy G'arbiy yarim sharda quruklik bo’lishi mumkin, degan fikrni yozib qoldirgan. Shim. va Shim.-Sharqiy Amerikaga K.dan avval normanlar borganligi aniqlangan. Ammo K. kashfiyotlaridan keyingina Amerika qit’asi geogr. faniga ma'lum bo’ldi 4. “Sivilizatsiya” atamasiga izoh bering. 26- bilet 1. Mil.avv. VII-VI asrlarda So’g’d davlati. 2. Misrdagi Aleksandriya shahri yaqinidagi Aleksandr mayog’i to’g’risida ma'lumot bering. Miloddan avvalgi 283- yilda Misr sohillaridan uzoq bo‘lmagan Foros orolida o‘sha zamonning ajoyib mo‘jizasi — Aleksandr mayog‘i bunyod etilgan. Mayoq kemalarning Aleksandriya(Iskandariya) bandargohiga kirish xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilgan. Mayoqning balandligi 120 metr bo‘lgan. Uning eng yuqori qismi gumbaz bilan qoplangan. Gumbazning ustiga «dengiz xudosi» Poseydonning 7 metrlik haykali o‘matilgan. Gumbazni sayqallangan granit (tog‘ jinsi) ustunlar ushlab turgan. Uning ustki qismida mayoq olovi yonib turgan va kechalari dengizchilarga uzoqdan ko‘rinib turgan. Mayoq atrofni kuzatish nuqtasi vazifasini ham bajargan. Mayoq 1500 yildan ortiq vaqt xizmat qilgan. 3. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati. Islom Abdug’aniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidentidir. Hayoti va faoliyati. I.Karimov xizmatchi oilasida tug’ilgan. O’rta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xo’jaligi institutini(1967) tugatgan. Mehnat faoliyatini 1960- yilda Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi (“Tashselmash”) zavodida master yordamchiligidan boshladi. So’ng mazkur korxonada master texnolog, 1961-yildan 1966- yilgacha V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis - konstruktor bo’lib ishladi. 1966-yilda O’zbekiston davlat plan komitetiiga ishga o’tib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o’rinbosarigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. 1983-yildan O’zbekiston SSR Moliya vaziri , 1986-yildan O’zbekiston SSR ministrlar Soveti raisining o’rinbosari - Respublika Davlat plan komitetining raisi, 1986-89-yillarda O’zbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunida O’zbekiston KP MK birinchi kotibi, 1990-yil 24-martida O’zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov O’zbekiston SSR prezidenti etib saylandi. Siyosiy faoliyati. 1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea - O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lom qildi. 1991-yil 29- dekabrda muqobillik asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda bo’lib o’tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko’ra, Karimovning prezidentlik vakolati 2000- yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Ozb. Res. Prezidenti etib qayta saylandi. Ilmiy faoliyati. I.Karimov O’zbekiston FA akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, ta’limni rivojlantirishga qo’shgan ulkan hissasi uchun o’ndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalrining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning “Ozbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” (1992), “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang” (1993), “O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” (1993), “Bizdan ozod va obod vatan qolsin” (1994), “Istiqlol va ma;naviayt” (1994), “Barkamol avlod orzusi”(1998), “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” (1998), “Tinchlik uchun kurashmoq kerak” (2001) va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, O’zbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar ko’rsatib o’tilgan. O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2- sentabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada tiklanmaydigan o’zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o’tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi. 4. “Reporatsiya” so’ziga izoh bering. 27- bilet 1. Mil. avv. VII-IX asrlar Arab halifaligi haqida so’zlab bering. Arab xalifaligi (632 - 1258) - Arabiston yarim oroli. Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan saltanat.7 — 8-asrlarda tashkil topgan. Arab Xalifati asoschisi payg‘ambar Muhammad(sav)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr - Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 633—715 yillar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan "Xula-fo Ar-Rashidin" ("To‘g‘ri yo‘ldan boruv-chi xalifalar") va umaviylar zamonida fath etildi.. Xalifa Umar davrida (634-644 -yillar) kuchli markazlashgan davlat va jangovar armiya tashkil topadi. Ko‘p sonli arab qo‘shinlari o‘z zarbalarini Vizantiya va Eronga qarshi yo‘naltiradilar. Bir necha o‘n yilliklar mobaynida arablar Suriya, Iroq, Eron, Misr va butun Shimoliy Afrikani istilo qiladilar. Arablar Vizantiyaga kuchli zarba beradilar. Jangari arablar g‘arbga va sharqqa tomon tobora ichkarilab boradilar. Arablar armiyasining asosiy zarbdor kuchini otliq qo‘shinlar tashkil qilardi. VII asr va VIII asrning birinchi yarmi mobaynida ulkan davlat - Arab xalifaligi tashkil topadi. Damashq shahri uning poytaxtiga aylanadi. Lekin Abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmadilar.Ichki ixtiloflar ta’siri ostida Arab Xalifati 8-asrning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi:788 yilda Mag‘ribning g‘arbiy qismida(hozirgi Ma-rokash) idrisiylar (788 — 985), uning sharqiy qismida (hozirgi Tunis) ag‘labiylar (800 — 909) hukmronligi o‘rnatildi. Xuroson va Movarounnahrda esa 9 asrning 20-yillaridan boshlab mahalliy sulolalar: Tohiriylar(821 - 873), Safforiylar(867 - 903) va Somoniylar (875 — 999) bosh ko‘tarib chiqdilar. Ular Arab Xalifatiga nomigagina tobe bo‘lib, aslida mustaqil hukmdor edilar. Arab Xalifati 1258 yilda mo‘g‘ullar tarafidan tugatildi. 2. “Qatag’on qurbonlari xotirasi” memorial majmuasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2001-yil 1-may sanali “Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to'g’risida”gi Farmoni asosida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi barpo etildi. Muzey 2002-yil 31-avgustda - mamlakatda ilk bor nishonlangan “Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni”da tantanali ravishda ochildi. Yodgorlik majmui va muzey barpo etilgan joy XX asrning 20-yillaridan to Ikkinchi jahon urushi boshlanguniga qadar sovet davlatining jazo organlariga qatlgoh bo’lib xizmat qilgan. Toshkent shahrida otilgan qatag’on qurbonlari shu yerdagi uchta qatlgohga dafn etilganlar. Yodgorlik majmui ana shu sobiq uch qatlgoh hududlarini o’zaro birlashtirib turadi. Agar ramziy sag’ana yodgorlik majmuining memorial markazi hisoblansa, muzey binosi uning ma’rifiy markazi bo’lib xizmat qiladi. Muzey binosi Bo’zsu bo’yida, bahavo joyda joylashgan bo’lib, bir qavatdan iborat, yerdan balandligi 20 m. Dastlabki bino bir gumbazli 400 m2hajimdagi yagona ekspozitsiya zalidan tashkil topgan. Bino atrofi 28 ta naqshinkor ustunlar ko’tarib turgan ayvondan iborat bo’lgan. Uning umumiy maydoni 784 m2 tashkil etgan. Bino o’zbek milliy me’morligi an’analari asosida qurilgan. Muzeyning birinchi ekspozitsiyasi 6 bo’limdan iborat bo’lgan. 3. Kamoliddin Bexzod hayoti va faoliyati. Kamoliddin Bexzod XV asr tasviriy san’atning ulug’ namoyondasidur. U musavvirlik “Hirot maktabi” deb nomlangan yabgi bir ijodiy uslubning asoschisi bo’ldi. U ustoz san’atkor sifatida O’rta osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o’lkalar tasviriy san’atining taraqqiyotiga samarali ta’sir etdi. Behzodning ijodi xilma -xil mazmunga ega bo’lib, u tarixiy siymolar (Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Alisher Navoiy) portretlaridan tortib to serjilo hukmdor saroylaridagi marosimlar va jang maydoni manzaralarigacha haqqoniy va ta’sirli qilib bera olgan. Ayniqsa Dehlaviyning “Layli va Majnun” dostoniga bag’ishlangan uning lirik manzaralari yoki Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari uchun chizilgan jang maydonidagi shiddatli jang tasvir etilgan miniaturalari nihoyatda jozibador va ta’sirchandir. Xullas, tasviriy san’at asarlari bilan badiiy adabiyotning o’zaro uzviy aloqada ravnaq topganligi, biri ikkinchisga samarali ta’sir etganini ko’rsatadi. 4. “Koloniya” so’ziga izoh bering. 28- bilet 1. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligi. XIX asr oxirida Buxoro amirligi hududi Rossiya imperiyasi tasarrufiga o’tgan hududlar hisobiga qisqargan edi. Aholisining soni 2 million kishi atrofida bo’lib, asosiy mashg’uloti hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik edi. Poytaxti Buxorodan tashqari, Chorjo’y, Kitob, Shahrisabz, Denov kabi shaharlar amirlikning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari hisoblangan. Davlat ishlarini boshqaruvchi oliy amaldor qo’shbegi bo’lib, u soliqlar yig’imi nazoratini boshqarar, ma’muriy amaldorlar tarkibiga rahbarlik qilar, mahalliy beklar bilan yozishmalar olib borardi. Davlatni himoya qilish uchun amirning xalq ko’ngillilari va qo’shinlardan saralab olingan xos lashkari bo’lgan. Lashkarga to’pchiboshi (to’pchilashkar) rahbarlik qilgan. Biroq, XIX asr oxiriga kelib amir lashkari shoshilinch tarzda yig’iladigan, yomon harbiy ta’lim ko’rgan va sodda qurollar bilan ta’minlangan dehqonlardan iborat bo’lgan. Buxoro amirligida asosiy soliqlarni aholining 90% ga yaqinini tashkil etuvchi dehqonlar to’lardi. Amirlikda azaldan xiroj va zakot asosiy soliqlar bo’lsa-da, yerdan olinadigan xiroj solig’i miqdori ayrim viloyatlarda hosilning 4050% iga yetardi. 2. Qo’qon xonligidagi shoir Uvaysiy ijodidagi asosiy g’oyalar. Qo'qon adabiy muhitini Jahon otin — taxallusi Uvaysiy (1780—1841) va Mohlaroyim — Nodiralar ijodisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Uvaysiy oilasi o'z davrining ilg'or va ma'rifatli oilalaridan edi. Otasi ham o'zbek, ham tojik tilida qalam tebratgan. Oiladagi muhit Uvaysiyda ijod qobiliyatini yuzaga chiqardi. Uvaysiy Navoiy, Lutfiy, Bobur, Fuzuliy va Jomiy ijodlarini qunt bilan o'rgandi. Amir Umarxon Marg'ilon hokimi bo'lib turgan yillarda (1806 --- 1807) Uvaysiy el orasida tanilgan shoira edi. Undagi shoiralik iste'dodi Umarxonning xotini Nodirani o'ziga rom etgan. Umarxon Qo'qon taxtiga o'tirgach, Uvaysiy Qo'qonga taklif etilgan. Bu yerda u juda ko'p yoshlarga murabbiylik qilgan. Nodira bilan ijodiy hamkorligi qaror topgan. Uning ijodi xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Uvaysiyning adabiy merosida 269 g'azal, 29 muxammas, 3 doston va boshqalar bor. Asarlarida insonni e'zozlash, do'stlik, vafo, sadoqat g'oyalari, el-yurt dardi, xalq hasrati kuylanadi. Uvaysiy ijodining yuksak badiiyligini uning anor haqidagi quyidagi she'ri misolida yaqqol ko'rish mumkin: Bu na gumbazdir, eshigi, tuynigidan yo'q nishon, Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon. Ouynigin ochib, alarning holidan olsam xabar, Yuzlarida parda tortug'liq tururlar, bag'ri qon. 3. Mirza Ulug’bek hayoti va faoliyati. Mirzo Ulug‘bek (1394—1449) — XV asrda mamlakatda ilm-fan, ayniqsa, astronomiya fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri. Mirzo Ulug‘bek — Amir Temurning nabirasi. Temurning harbiy yurishlari paytida Sultoniya (Janubiy Ozarbayjon)da 1394- yilning 22-martida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bekni Amir Temurning o‘zi tarbiyalab voyaga yetkazgan.Ulug‘beK 1409- yildan boshlab 40 yil mobaynida Movarounnahrni mustaqil idora qildi va uni iqtisodi, fani,madaniyati rivojlangan obod mamlakatga aylantirdi. Mirzo Ulug‘bekning buyuk xizmatlaridan biri shu bo’ldiki, u Samarqandda katta Rasadxona qurdirdi va atrofiga yirik olinilami to‘plab, sayyoralar va yulduzlarmng holati hamda harakatini o‘rgandi. Ko‘p yillik kuzatishlardan so‘ng 1438- yili “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (“Ko‘ragoniy yangi jadvali”) nomli yirik asar yozdi. Mirzo Ulug‘bek tarix va adabiyotni ham yaxshi bilar edi. U Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixini o‘z ichiga olgan “To‘rt ulus tarixi” degan y ir ik tarixiy asar yozib qoldirgan. Bu asarning ingizcha va o‘zbekcha nashrlari bor. 4. “Muxaddis” so’ziga izoh bering. 29- bilet 1. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Germaniya. Germaniyani bir Fransiya-Prussiya urushi davom etayotgan bir paytda, ya'ni 1871- yilning 18- yanvarida barcha german davlatlarining monarxlari Versalga to'planib, Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb e'lon qildilar (Germaniya birinchi marta qachon imperiya deb e'lon qilingan?). Ilgari Shimoliy german ittifoqiga kirgan davlatlarga yana to'rtta Janubiy german davlati qo'shildi (Shimoliy german ittifoqi qachon tuzilgan edi?). Shunday qilib, Prussiya monarxiyasi rahbarligida Germaniyaning birlashuvi tugallandi. Yagona va yaxlit Germaniya imperiyasi barpo qilindi. 1871- yil aprelida Ta'sis reyxstagi umumgerman Konstitutsiyasini qabul qildi. Germaniya imperiyasi ittifoqchilar davlati bo'lib qoldi. Imperiya tarkibiga o'zining qirol yoki knyaz sulolasi bilan 22 monarxiya va 3 erkin shahar: Lyubek, Bremen va Gamburg kirdi. ElzasLotaringiya imperiya tarkibiga hokim (shtatgalter) tomonidan idora qilinadigan «maxsus imperiya viloyati» bo'lib kirdi. Hokimni imperatorning o'zi tayinlardi. Imperiyaga kirgan ayrim davlatlar o'z konstitutsiyalari, vakillik muassasalarini (landtaglarini) saqlab qoldilar. Konstitutsiyaga muvofiq Imperiyaning oliy vakolatli muassasalari Ittifoq Kengashi (Bundesrat) bilan Reyxstag edi. Konstitutsiyada, birlashgan Germaniyada Prussiya gegemonligi mustahkamlab qo'yildi. Imperator urush e'lon qilar, sulh tuzar, xalqaro munosabatlarda Imperiya nomidan ish ko'rardi. Ayni paytda, u imperiya qurolli kuchlarining bosh qo'mondoni ham edi. Imperator o'z ixtiyori bilan Reyxstag va Ittifoq Kengashi sessiyalarini chaqirish, ochish, tarqatib yuborish yoki muddatini cho'zish huquqiga ega edi. 70—80-yillarda Germaniya iqtisodi gurkirab rivojlana boshladi. Uning sanoat mahsulotlari barcha qit'a davlatlari bozorlariga kirib bordi. 2. Qo’qon xonligida shoira Nodira (Mohlaroyim) ijodidagi asosiy g’oyalar. O'zbek shoirasi, ma'rifatparvar davlat arbobi Mohlaroyim — Nodira (1792 — 1842) Andijonda tug'ilgan. Otasi Rahmonqulbiy Andijon hokimi bo'lib, Qo'qon xoni Olimxonning tog'asi edi. Umarxon Marg'ilonga hokim etib tayinlanganidan keyin Nodiraga uylangan. Nodira Uvaysiy bilan tanishgach, uni yosh bolalar va kanizaklarni o'qitish uchun muallimlikka taklif etadi. Nodira 14 yoshli o'g'li Muhammad Alixon taxtga o'tirgach, davlatni idora etishda faol ishtirok etadi, madrasalar qurdiradi. Nodira olimlar, xattot va naqqoshlarni Qo'qonga to'plagan, ko'p kitoblarni qayta ko'chirtirgan. Kitob muqovasining did bilan ishlanishiga e'tibor beradi. Yaxshi xattotlarga, naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon sovg'a qilgan. Nodiraning o'zi ham o'zbek, ham tojik tillarida ijod qilgan. Mohlaroyim Nodira taxallusida 180 she'r jamlangan devon, Komila taxallusida 19 g'azal, Maknuna taxallusida 333 g'azaldan iborat devon yozgan. Nodiradan 10 ming misraga yaqin lirik adabiy meros qolgan. Uning she'riyati asosini lirika tashkil etadi. She'rlarida muhabbat, sadoqat, mehr-vafo, ayni paytda, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, oh- fig'onlari kuylanadi. Bundan tashqari, Nodira Navoiy, Fuzuliy va Bedil g'azallariga muxammaslar ham yozgan. 3. Burxoniddin Marg’inoniyning hayoti va faoliyati. Mashhur faqih (huquqshunos) Burhonuddin al-Marg‘inoniy 1123-yilda Rishtonda (Farg‘ona vodiysi) tavallud topgan. Al-Marg‘inoniyning eng nodir asari to‘rt jildlik “Hidoya” asaridir. Bu islom huquqshunosligi bo‘yicha mukammal asar bo‘lib, bir necha asrlar davomida musulmon mamlakatlaridagi huquqshunoslar uchun ham nazariy, ham amaliy qo‘llanma vazifasini o‘tab kelgan. Kitob bir qancha tillarga tarjima qilingan. Hozirgi kunda ham muhim manba sifatida foydalanib kelinmoqda. 2000-yilda al-Marg‘inoniyning 910 yilligi nishonlandi. 4. “bering. 30- bilet 1. XIX asrda Liberiya davlati. Liberiya. Xo'sh, Afrikada mustaqil Liberiya davlati qay tariqa tashkil topgan edi? Uning tashkil topishi AQSHda qulchilikka qarshi kurash bilan bog'liqdir. 1816- yilda AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi. Natijada, 1821- yilda Gvineya qirg'oqlarida 13 ming km2 yer maydoni sotib olindi. U yerda Monroviya (AQSH Prezidenti Monro nomidan olingan) manzilgohi tashkil etildi va Amerikaning sobiq qul negrlaridan bir qismi bu yerga joylashtirildi. Joylashib olgan sobiq qul negrlar manzilgoh hududini tobora kengaytirib bordilar. 1847- yilda esa Liberiya (erkin) davlati tuzilganligini e'lon qildilar. O'z davlatlarida G'arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikaning ilg'or andazalaridagi tartib-qoidalarni joriy etdilar. Mamlakat konstitutsiyasi barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini, yashash, erkinlik, xavfsizlik va baxt har bir fuqaro huquqi ekanligini e'lon qildi. Ayni paytda xalq hokimiyatning manbai ekanligi, e'tiqod erkinligi, matbuot va so'z erkinligi, sudning mustaqilligi tamoyillari ham belgilab qo'yildi. Liberiya Buyuk Britaniya va Fransiya o'rtasidagi raqobat munosabatlaridan ustalik bilan foydalanib, o'z mustaqilligini saqlab qola oldi. 2. Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasi. Mirzo Ulug‘bekning buyuk xizmatlaridan biri shu bo‘ldiki, u Samarqandda katta rasadxona qurdirdi va atrofiga yirik olimlarni to‘plab, sayyoralar va yulduzlarning holati hamda harakatini o‘rgandi. Ko‘p yillik kuzatishlardan so‘ng 1438- yili “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (“Ko‘ragoniy yangi jadvali”) nomli yirik asar yozdi. Mirzo Ulug‘bek tarix va adabiyotni ham yaxshi bilar edi. U Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixini o‘z ichiga olgan “To‘rt ulus tarixi” degan yirik tarixiy asar yozib qoldirgan. Bu asarning inglizcha va o‘zbekcha nashrlari bor. Rasadxona — osmon jismlarini kuzatadigan va o‘rganadigan ilmiy muassasa; astronomiya rasadxonasi. 3. I. Gasprinskiy hayoti va faoliyati. Qrim-tatar ma’rifatparvari bo’lgan Ismoil G’aspirali (1851-1914) butun turkiy xalqlar o’rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisi hisoblanadi. U diniy va dunyoviy bilimlarni chuqur egallab, jahon araqqiyoti bilan yaqindan tanishgan, bir nechta xorijiy tillarni, turli xalqlarning madaniyatini o’rgangan edi. O’zi egallagan bilimlar asosida shaqr va g’arb dunyosini taqqoslab, turkiy xalqlarning taraqqiyotga erishish yo’llarini izlaydi. Ismoil Gaspirali 1884-yilda Qirimdagi Boqchasaroyda birinchi jadid maktabiga asos solgan. U o’zini tuzgan ta’lim asosida darslik tayyorladi. Shu dastur bo’yicha 40 kunda 12 o’quvchini savodi chiqarildi. Jadidchilik g’oyalarining keng yoyilishida “Tarjimon” gazetasi katta o’rin tutdi. Ismoil Gaspiralining 1893-yilda Toshkent, Samarqand va Buxoroga tashrifi ma’rifatparvarlik g’oyalarining keyingi rivojiga turtki bo’ldi. 1893- yilda Buxoro amirligida birinchi yangi usul maktabi faoliyat ko’rsata boshladi. Keyinchalik bu maktablar boshqa hududlarda ham keng tarqaldi. 4. “Imperiya” so’ziga izoh bering. Imperiya (lot. imperium, ma'nosi yuqori hokimiyat) — boshlig’i imperator unvoniga ega bo’lgan monarxiya davlati. Bitta markazdan boshqariladigan ko’pmillatli, yoki koloniyalarga ega bo’lgan davlatlar ham imperiya deb yuritiladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling