Microsoft Word \312\356\357\350\377 Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/26
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1840117
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl [uzsmart.uz]

 
 


@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun 
XVI bob. Karlayl 
U meni Karlaylning kabineti yoniga olib keldi va eshikni ochmay turib qoldi. 
― Kiringlar, - dedi doktor Kallen ichkaridan turib. Men Edvardga hayratlanib 
qaradim. 
― Sen o’zing o’ylagandan ko’ra qattiqroq nafas olasan, - kuldi u. Men tumtayib 
oldim. 
Kabinetning shifti baland bo’lib, oynalari g’arbga qaragandi. Qora daraxt bilan 
qoplangan devorning boshidan oxirigacha tokchalar o’rnatilgan, bu xonada kitoblar 
shunchalik ko’p ediki, bunaqasi hech bir kutubxonada bo’lmasa kerak. 
― Yordamim kerakmi?- so’radi Karlayl. 
― Bellaga oilamiz haqida ba'zi narsalarni gapirib bermoqchiydim, ayniqsa sizning 
boshingizdan o’tganlarini bilishini istayman. 
― Sizga xalaqit bermoqchi emasmiz, - uzr so’radim. 
― Hecham xalaqit bermaysizlar, - odob bilan jilmaydi Karlayl. ― Xo’sh, qayerda 
to’xtadinglar? 
― Qayta tug’ilish haqida gaplashayotgandik. 
Sekin atrofga alangladim xonada kitoblardan tashqari turli davrlarga mansub 
kartinalar ham bor edi. Edvard ular orasidagi hajmi kichikroq suratni ko’rsatdi. Unda 
haykallar bilan bezatilgan ko’priq tasvirlangandi. 
― Mening yoshligimdagi London, o’n yettinchi asr, - izoh berdi doktor Kallen. 
― Balki o’zingiz gapirib berarsiz, - dadasiga yuzlandi Edvard. 
― Jonim bilan aytib berardimu, lekin shoshib turibman. Shifoxonaga chaqirishgan. 
Qolaversa bu hikoyani o’zing ham mendan kam bilmaysan. 
Shunday deya doktor Kallen xayrlashib, sezdirmay xonadan chiqib ketdi. 
― Keyin nima bo’lgan, Karlayl o’zining o’zgarib qolganini bilgach, nima qilgan? 
- tezroq bilgim kelib shoshirdim. 
― Kimga aylanganini bilgan dadam taqdirga tan bergan, - xo’rsindi Edvard. ― U 
avvaliga o’zini o’ldirmoqchi bo’lgan. Albatta, bu oson bo’lmagan. 
― Qanaqasiga? - hayratimni yashira olmadim. 
― U o’zini baland qoyadan tashlagan, okeanga cho’ktirgan, lekin baribir tirik 
qolgan. Shu sabab ham o’zidan nafratlangan. 
― Nahotki buning iloji bo’lsa?! 
― Aslida bizni nobud qilish osonmas, - miyig’ida kuldi Edvard. 
Men aniqlik kiritmoqchi edim, Edvard og’iz ochgani qo’ymadi. 
― Dadam ochlikdan sillasi qurisada, odamlardan o’zini chetga olgan. Chunki 
o’zini idora qila olmasligini bilgan. Shu ahvolda necha kunlarni o’tkazgan. Bir kuni 
uning iniga bir to’da bug’u kirib qoladi. Ochlikdan o’lay degan dadam bug’ularga 
tashlanadi... Yana kuchga kiradi. Shundan keyin dadam vaxshiy yirtqichga aylanish 
shartmas degan xulosaga kelgan. Axir oldingi hayotida ham bug’u go’shti egan-ku! 
Shunday qilib yangi falsafa paydo bo’lgan! Otam vampir talqinida ham odam o’zligini 


@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun 
yo’qotmasligi mumkinligini tushungan. Vaqtni bekor o’tkazgisi kelmay o’qishni davom 
ettirgan. Endi bilim olish uchun vaqti bemalol edi. Shunday qilib Fransiyaga suzib 
o’tgan... 
― Qanaqasiga suzib o’tadi? - shoshib gapini bo’ldim. 
― Suzish biz uchun muammo emas! 
― Sizlar uchun muammoning o’zi yo’q. 
― To’g’ri, biz uchun muammo yo’q, - to’ng’illadi Edvard. ― Gapimni 
bo’laversang, gapirmayman. - Shundan keyin gapini bo’lmaslikka so’z berdim. 
― Nafas olmay yashay olish xislatimiz sabab qancha masofaga bo’lsa ham suza 
olamiz. 
― N-nima?! 
― Jim eshitaman deb vada berding-ku, - dedi u barmog’ini labimga bosarkan. 
― Aqlga sig’mas gaplarni aytib, yana hayratlanmaslikni talab qilishing noto’g’ri! 
Rostdan nafas olmasang ham bo’ladimi? 
― Albatta. Biz faqat odatga ko’ra nafas olamiz. 
― Qancha paytgacha? 
― Abadiy... Bilmadim. Faqat hidlarni sezmay yashash zerikarli, - shunday deya u 
menga qarab qovog’ini uydi. ― Shunaqa ham nomunosib juftlik bo’ladimi? - xo’rsindi 
u. ― Nahotki qo’rqmasang? 
― Yo’q. Nega qo’rqarkanman, dunyodagi eng kuchli yirtqich meni himoya 
qilayotgan bo’lsa? 
U miyig’ida jilmaydi. 
― Oshirvording, Emmett mendan kuchli. 
― Mayli, davom et... 
Karlayl Fransiyaga kelgach, Yevropadagi barcha universitetlarda o’qib chiqqan. 
Tinim bilmay musiqa, aniq fanlar va tibbiyotni o’rgangan. Taqdiriga odamlarning 
hayotini saqlab qolish bitilganini sezmaguncha o’qiyvergan. O’zimizga o’xshaganlar, 
yani London qashshoqlari makonidagi vampirlardan zamonaviyroqlar uni Italiyadan 
topishgan. - shunday deya Edvard kartinadagi balkonda turganlarni ko’rsatdi: ― Bular 
Karlaylning do’stlari - Aro, Mark, Kay sanat va ilmining tungi qo’riqchi farishtalari. 
― Ularga nima bo’lgan? 
― Ular hamon Italiyada. Karlayl ular bilan uzoq yashamagan. U do’stlariga o’z 
hayot tarzini targ’ib qilgan, lekin ular rozi bo’lishmagan. Shundan keyin dadam 
Amerikaga kelgan. Yolg’izlikdan qanchalik qiynalganini tasavvur qilyapman. 
Amerikadan o’ziga o’xshaganalarni topa olmagan. Endi vampir va oborotenlar 
ertaklarda qolgan va Karlayl aslini yashirib odamlar bilan birga yashayverishi 
mumkinligini tushungan. Vaqt o’tgach, u shifokor bo’lgan, lekin do’stlari bo’lmagan. 
Odamlarga juda yaqinlashish xavfli edi. Ispan epidemiyasi paytida dadam Chikagoda 
ishlagan. U bir necha yildan buyon o’ziga oila yaratishni o’ylab yurgan. Lekin 
odamlarning joniga qasd qilishni istamasdi. Mening ota-onam Karlaylning qo’lida jon 


@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun 
berishadi. U mening g’irt yetim bo’lib qolganimni va baribir kasallikdan vafot etishimni 
biladi va harakatga tushadi. - Edvardning ovozi borgan sayin pasayib borardi. 
― Qolganlarini bilasan, - dedi u gapini tugatib. 
Shundan keyin biz Karlaylning xonasidan chiqdik. 
― Bunisi meniki, - dedi u ro’paradagi eshikni ko’rsatib. 
Keng, oynali devori janubga qaragan xonadan butun o’rmon, daryo kaftdek 
ko’rinib turardi. Xona devorining bir tomoni kompakt disklar bilan to’la edi. Uning 
disklari do’kondagidan ham ko’p edi. Burchakda stereouskuna turar, bunaqasini hech 
qayerda ko’rmagandim. Karavot yo’q, o’rniga katta kreslo turardi. Edvard mendan ko’z 
uzmay, sekin yaqinlashdi. 
― Senga bor gapni gapirib bersam, yengil tortaman deb o’ylardim. Adashgan 
ekanman, yengil tormadim, men baxtliman! 
Men mamnun jilmaydim: ― Yaxshi. 
― Faqat qo’rquv bilmasliging xavotirga soladi. Bu tabiiy emas, - qovog’ini uydi 
Edvard. 
― Sen o’zing o’ylaganchalik dahshatli emassan. Men seni umuman qo’rqinchli va 
xatarli deb hisoblamayman, - dedim yolg’ondan. 
U jilmayib qo’ydi, demak gapimga ishondi. 
― Bekor qilasan! - dedi u sekin irillab tishlarini ko’rsatarkan. Bir mahal tanasi 
xuddi o’ljasiga otilishga shaylangan yirtqichnikidek tarang tortildi. 
Endi rostakamiga qo’rqib tisarildim. 
― Qochib bo’psan! - U menga shunday tezlikda tashlandiki, keyingi soniyada 
o’zimni kresloda ko’rdim, kreslo zarbadan surilib oyna yoniga borib qoldi. Kuchli 
qo’llar meni mahkam quchoqlab olgandi. Qo’rqqanimdan qarshilik qilishga ham holim 
qolmagandi. 
U meni kresloga bosib turarkan zaharxanda kuldi: 
― Qo’rqmayman deganmiding?.. 
― Sen... sen qo’rqinchli yirtqichsan! - kulishga harakat qilsamda, ovozim titrab 
chiqdi. 
― Mana bu boshqa gap! 
― Mayli, - dedim itoat bilan. 
― Kirsak bo’ladimi? - yo’lakdan mayin tovush eshitildi... 
Endi bor kuchim bilan qarshilik qila boshladim. Lekin Edvard meni qo’yib 
yuborish o’rniga bir harakat bilan ko’tarib tizzasiga o’tqizib oldi. Eshik ochilib ostonada 
Elis bilan Keri ko’rindi. Men uyatdan qizarib ketdim, Edvard esa pinagini ham 
buzmadi. 
― Kelaveringlar, - dedi u bag’rikeng mezbondek. 
Elis bizning quchoqlashib o’tirganimizga e'tibor ham bermadi, to’g’ri kelib 
ro’paramizga o’tirdi. Keri esa tortinib ostonada qoldi. 
― Qattiq ovozlar eshitilganiga Bellani yeb qo’ydingmi deb o’ylabmiz, bizni ham 
mehmon qilarsan, deb kelaverdik, - xazillashdi Elis. 


@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun 
Men esankirab qoldim. Edvard esa pinak buzmay jilmayib turardi. 
― Uzr, bo’lisha olmayman. O’zimga yetmaydi, - hazilni ilib ketdi Edvard meni 
mahkam bag’riga bosarkan. 
― Aslida, - gapga aralashdi Keri. ― Biz boshqa masalada kelgandik, Emmett 
koptok o’yiniga taklif etyapti, - u shunday degancha ikkilanib xonaga qadam qo’ydi. ― 
Edvard sen ham borasanmi? 
― Albatta, boradi. - u uchun Elis javob berdi. ― Bellani ham olishing mumkin. 
― Borasanmi, Bella? - Hamma menga qarab turardi.. 
― Albatta. Qachon, qayerga boramiz? 
Momaqaldiroq boshlanishini kutishmiz kerak, usiz bo’lmaydi. 
― Qanaqa o’yin o’ynaymiz, o’zi? 
― Biz o’ynaymiz sen tomosha qilasan. Beysbol o’ynaymiz. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling