Microsoft Word 398-403 Lingvokulturologiya Yo˘Nalishining Tilshunoslikda Tutgan O˘Rni
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
877 (1)
JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) Volume: 01 Issue: ISSN: 2181 Lingvokulturologiya Yo‘Nalishining Tilshunoslikda Tutgan O‘Rni Axmedova Saodat G‘aybulloyevna Toshkent davlat sharqshunoslik univers Yaponshunoslik fakulteti, “Yaponiya siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada tilshunoslikda yangi yo‘nalish sifatida rivojlanib borayotgan lingvokultorologiyaning o‘ziga xos qirralari, boshqa yo‘nalishlardan farqlari, tadqiqot obyekti va predmetlari haqida so‘z yuritilib, uning tilshunoslikda tutgan o‘rni talqin etiladi. Kalit so‘zlar: lingvokulturologiya, til, madaniyat, o‘zaro aloqa, milliylik, mentalitet, dunyoqarash Volume: 01 Issue: 05 | 2021 2181-2608 398 Lingvokulturologiya Yo‘Nalishining Tilshunoslikda Tutgan Axmedova Saodat G‘aybulloyevna Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Yaponiya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Ushbu maqolada tilshunoslikda yangi yo‘nalish sifatida rivojlanib borayotgan lingvokultorologiyaning o‘ziga xos qirralari, boshqa obyekti va predmetlari haqida so‘z yuritilib, uning tilshunoslikda tutgan o‘rni talqin etiladi. lingvokulturologiya, til, madaniyat, o‘zaro aloqa, milliylik, mentalitet, JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) Volume: 01 Issue: 05 | 2021 ISSN: 2181-2608 399 Til madaniyatni aks etiruvchi ko‘zgu bo‘lib, u faqat insonni o‘rab turgan borliqni emas, balki uning real yashash sharoitlarining ijtimoiy o‘zini o‘zi anglashi, uning mentaliteti, milliy xarakteri, hayot tarzi, an’analari, urf-odatlari, axloqi, qadriyatlar yig ‘indisi va dunyoqarashini ham aks ettiradi. Sorokinning fikricha, til madaniyatning milliy komponentlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Til madaniyatga kishilik jamiyatining ham muloqot vositasi, ham ushbu muloqotni uzib qo‘yuvchi vosita bo‘lishiga yordam beradi. Til-uning sohiblarining muayyan jamoaga tegishli ekanini ko‘rsatadi. Xalqning o‘ziga xos asosiy xususiyati bo‘lgan tilda “ichki” va “tashqi” jihatdan yondashish mumkin. Tilga “ichki” jihatdan yondashilganda, u etnik integratsiyaning bosh omili sifatida namoyon bo‘lsa, “tashqi jihatdan yondashilganda , u xalqning etnik farqlarini ko‘rsatadi. Bu ikki qarama qarshi funksiyani o‘zida dialektik birlashtirgan til bir tomondan xalqning o‘z o‘zini saqlash vositasi, ikkinchi tomondan uni “o‘ziniki va “begona” ga ajratish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.” 1 So‘nggi yillarda tilshunoslikda til va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi yangi yo‘nalish, lingvokulturologiya fani rivojlana boshladi. Lingvokulturologiya til, madaniyat va konseptlashtirish o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganuvchi tadqiqotning multidistsiplinar sohasidir. Aslida bu soha kognitiv lingvistikaning lingvistik antropologiyada mavjud bo‘lgan uch an’anasi, Boa lingvistikasi, etnosemantika va so‘zlashuv etnografiyasi bilan integratsiyalashuvi natijasida shakllandi. Oxirgi 10 yillikda lingvokulturologiya kognitiv antropologiya bilan mustahkam asos topdi. Ularning ikkalasi ham tildan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan madaniyat modellarini o‘rganadi. “Lingvokulturologiya” atamasi birinchi marta kognitiv lingvistika yo‘nalishi asoschilaridan biri bo‘lgan Ronald Lankager tomonidan foydalanilganligi taxmin qilinadi. U madaniy bilimlar va grammatika o‘rtasidagi bog‘liqlikni sharhlash uchun mana shu atamadan foydalangan. Uning fikricha, kognitiv lingvistikaning rivojlanishi lingvokulturologiyaga qaytishdan darak beradi.Kognitiv lingvistika nazariyalari madaniy bilimlarni nafaqat leksikonning, balki grammatikaning asosiy qirralari asosi sifatida qabul qiladi 2 . Boshqa tadqiqotchilarning qayd qilishicha,“lingvokulturologiya” (lot. lingua “til”; cultus “hurmat qilish, ta’zim qilish”;yunon. “ilm, fan”) termini V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi(Yu.S.Stepanov, A.D.Arutyunova, V.V.Vorobyev, V.Shaklein, V.A.Maslova)tomonidan olib borilgan izlanishlar bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan 3 . Lingvokulturologiya fanining predmeti til va madaniyat hisoblanadi. V. N. Teliyaning yozishicha, “lingvokulturologiya insoniy, aniqrog‘i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo‘lgan inson to‘g‘risidagi antropologik 1 Сорокин Ю. А. Переводоведение: Статус переводчика и психогерменевтические процедуры. — М.: ИТДГК «Гнозис», 2003. — 160 с. 2 Langacker Ronald W. 1994. Culture, cognition, and grammar. In: Martin Pütz (ed.)Language Contact and Language Conflict. 25–53. Amsterdam/Philadelphia:JohnBenjamins . 3 Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. – М.: Школа “Языки русской культуры”, 1996. JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) Volume: 01 Issue: 05 | 2021 ISSN: 2181-2608 400 paradigmaga xos bo‘lgan yutuqlar majmuasidir.” 4 N. Aliferenko lingvokulturologiyani quyidagicha tavsiflaydi: lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, u sintezlovchi xususiyatga ega; lingvokulturologiyaning asosiy e’tibori tilda izohlanadigan madaniy dalillarga qaratiladi; lingvokulturologiya tilshunoslik fanlariga kiradi, shuning uchun uning tadqiqot natijalaridan ona tili va chet tillari o‘qitish jarayonida amaliy foydalanish mumkin; lingvokulturologiya tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari: a)lisoniy shaxs; b) til madaniyat qadriyatlarining semiotik gavdalantirish tizimi hisoblanadi. 5 O ‘zbek tilshunosi N.Z Xudoyberganovaning fikricha lingvokulturologiyaning predmeti – madaniyatda ramziy, obrazli,metaforik ma’no kasb etgan va natijalari inson ongida umumlashtirilib mif, afsona,folklor va diniy diskurslarda, poetik va prozaik badiiy matnlarda,frazeologizmlarda, metaforalarda va ramzlarda aks etadigan til birliklari sanaladi. Shuningdek, u lingvokulturologik birliklardan tashkil topgan quyidagi bir qancha predmetlarni sanab o‘tadi: 1) muqobilsiz leksika va lakunalar; 2) Mifologiyalashtirilgan til birliklari (mifologema va arxetiplar) 3) Tilning paremiologik fondi (maqol va matallar); 4) Tilning frazeologik fondi; 5) O‘xshatishlar, ramzlar, stereotiplar; 6) Metaforalar va obrazlar; 7) Tillarning stilistik qatlami; 8) Nutqiy muomala; 9) Nutqiy etiket; 6 Lingvokulturologiyaning ob’yekti madaniyat va tilning o‘zaro aloqasi o‘zaro ta’sirini bir butunlikda tadqiq qilishdir. Lingvokulturologiyaning obyekti haqida ba’zi munozarali fikrlar ham mavjud. Jumladan, V.N.Teliyaning fikriga ko ‘ra, lingvokulturologiya til vamadaniyatning faqat sinxron aloqasini o ‘rganadi. V.A.Maslovaga ko‘ra, bu sohatilni ham sinxron, ham diaxron jihatdan o‘rganadi. Bundan tashqari, V.N.Teliyalingvokulturologiya obyekti umuminsoniy xarakterga ega bo‘lishini 4 Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. – М.: Школа “Языки русской культуры”, 1996. 5 Алефиренко Н.Ф. Лингвокультурология. Ценностно-смысловое пространство языка. Учебное пособие. –М.: Флинта, “Наука”, 2010. 6 Xudoyberganova D. Matnning antropotsentrik tadqiqi – Toshkent:Fan,2013 JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) Volume: 01 Issue: 05 | 2021 ISSN: 2181-2608 401 ta’kidlaganbo‘lsa, V.A.Maslova muayyan xalq yoki qardosh xalqlar tilininglingvokulturologik xususiyatlari alohida o‘rganilishi lozimligini ta’kidlaydi. 7 V. V. Vorobyovning yozishicha, “bugungi kunda lingvokulturologiyani muayyan yo‘l bilan saralangan madaniy qadriyatlar majmuini o‘rganadigan, nutqni yaratish va uni idrok qilishdagi jonli kommunikativ jarayonlarni, lisoniy shaxs tajribasini va milliy mentalitetni tadqiq etadigan, olam manzarasining lisoniy tasvirini tizimli ravishda beradigan, ta’limning bilim olish , tarbiyaviy va intellektual vazifalarining bajarilishini ta’minlaydigan yangi filologik fan sifatida qayd qilish mumkin. 8 Demak, lingvokulturologiya madaniyat va tilning o ‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’sirini va bu jarayonni lisoniy va nolisoniy (madaniy) birliklarning bir butun strukturasi sifatida aks ettiradigan kompleks fandir”. Palmerning fikricha, “til bu tasavvurga asoslangan verbal ramzlar o ‘yinidir, va bu tasavvurlar madaniy tuzilishga ega. Palmer madaniy jihatdan tasvirlagan tasavvurlar tasviriy, ifodali tilni, semantika, grammatika, diskurs va hatto fonologiyani ham boshqaradi. 9 Palmerning tasavvur haqidagi tushunchasi faqatgina vizual tasvirlar bilan cheklanib qolmaydi. Uning fikricha, tasavvur bu biz aql ko‘zi bilan ko ‘ruvchi narsa, shuningdek, masalan, mangoning mazasini tasavvur qilganda, uning ko‘z o‘ngida tropik yomg‘irda sayr qilayotgani, “Missisipi Masala” musiqasi eshitilib turgani namoyon bo‘ladi. U qo‘shimcha qiladiki, “fonemalar murakkab kategoriyalarda tartibga solingan verbal tasavvurlar sifatida eshitiladi; so‘zlar tasvir- sxemalar, manzaralar va stsenariylar bilan bog‘liq ma’nolarga ega bo‘ladi; gaplar esa tasvirga asoslangan tuzilmalardir; diskurs esa refleksiv tasavvur tomonidan boshqariladigan jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Gaplar esa tasvirga asoslangan tuzilmalardir, diskurs esa refleksiv tasavvur tomonidan boshqariladigan jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Eduard Sepir va Benjamin Vorfning ilmiy tadqiqotlari asosida kognitiv lingvistika va lingvokulturologiya shakllanadi. Mazkur g‘oyalar maktabiga kiritilgan til va madaniyat o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi qarashlar til va madaniyat inson fikrlarini shakllantirishi to‘g‘risidagi nazariy pozitsiyadan tortib, inson fikrlari til va madaniyat ta’siri oqibatida yuzaga kelishi borasidagi fikrlardan tashkil topadi. Teliya vaMaslovaning so‘zlariga ko‘ra, lingvokulturologiya til, madaniyat va etnosning o‘zaro aloqalarini tasvirlash va o‘rganish kabi vazifalarni bajaradi 10 . Emilya Benvenistoning taxminiga ko‘ra, xalq mentaliteti asosiy uchlikdan – til, madaniyat va inson shaxsidan tarkib topgan. U lingvokulturani xuddi tadqiqotchi xalqning moddiy va ma’naviy o‘zligini ko‘rishi mumkin bo‘lgan linza” ga 7 Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Концеатуальные исследования. Введение: учебное пособие. –М.: Флинта, 2011.. 8 Воробьев В.В. Лингвокультурология. –М.: Изд.-во Российского университета дружбы народов, 2006. 9 Palmer, Gary B. 1996. Toward a Theory of Cultural Linguistics. Austin, TX: University of Texas Press. 10 . МасловаВ. А. Введениевлингвокультурологию. –М., 1997 . / Телия В.Н. Первоочередные задачи и методологические проблемы исследования фразео-логического состава языка в контексте культуры // Фразеология в контексте культуры / отв. ред. В.Н. Телия. М.: Языки русской культуры, 1999. С. 13—24. JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) Volume: 01 Issue: 05 | 2021 ISSN: 2181-2608 402 qiyoslaydi. 11 So ‘nggi yillarda til bilan bog ‘liq bo ‘lgan ong va madaniyat tushunchalarini bir biriga bog‘liq holda tushunishga urinadigan nazariy doirani shakllantirish jarayonida bir qancha boshqa tamoyillardan foydalanmoqda. Ushbu doirada madaniy ong va til madaniyat darajasidagi hayot mavjudligi to‘g‘risidagi qarashlarni ilgari surilishi bilan tasvirlanadi. Ko‘p olimlar tildan foydalanishda madaniyat tushunchasini e’tiqod va xulq atvorni bog‘lab turuvchi aloqalarni yoritib berish uchun o ‘ta mavhum deb hisoblaydilar. Lingvokulturologiya, jumladan, madaniy ong va madaniy konseptlarning nazariy doirasi lingvistlarda o‘z fikrlarini ifodalash uchun zarur bo‘lgan analitik doirani ta’minlashga bo‘lgan urinishdir. Ferzad Sharifianning fikricha, ushbu nazariya madaniyat tushunchasining mavhumligidan yiroqdir, aksincha u madaniy jihatdan tuzilgan konseptlarni o‘rganishga e’tibor qaratadi. Yuqorida aytilganidek, ushbu nazariya kognitologiya va kognitiv lingvistika kabi bir qancha tamoyillardan foydalanadi. Uning analitik vositalari madaniy semalar, madaniy kategoriyalar va madaniy metaforalardir. 12 Ushbu analitik vositalar madaniy konseptlarni sistematik va chuqur o‘rganishga yo‘l ochib beradi. Shuningdek, ular tilda mustahkam o ‘rnashgan madaniy konseptlar bilan inson tilining aloqadorligi xususiyatlarini tahlil qilishda ham qulayliklar yaratadi. Shunday qilib aytish mumkinki, lingvokulturologiya til va madaniyat, uning o ‘zaro aloqalari, o ‘zaro ta’siri, til va madaniyatning ijtimoiy hayot, psixologiya va falsafa bilan bog‘liqligiga bo‘lgan yangicha murakkab yondashuvdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Сорокин Ю. А. Переводоведение: Статус переводчика и психогерменевтические процедуры. — М.: ИТДГК «Гнозис», 2003. — 160 с. 2. Langacker Ronald W. 1994. Culture, cognition, and grammar. In: Martin Pütz (ed.)Language Contact and Language Conflict. 25–53. Amsterdam/Philadelphia:JohnBenjamins. 3. Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. –М.: Школа “Языки русской культуры”, 1996. 4. Алефиренко Н.Ф. Лингвокультурология. Ценностно-смысловое пространство языка. Учебное пособие. –М.: Флинта, “Наука”, 2010. 5. Xudoyberganova D. Matnning antropotsentrik tadqiqi – Toshkent:Fan,2013 6. Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Концеатуальные исследования. Введение: учебное пособие. –М.:Флинта, 2011.. 11 Бенвенист Э. Общая лингвистика. М.: «Прогресс», 1974. — 446 с . 12 Sharifian, Farzad. 2011. Cultural Conceptualisations and Language. Theoretical Frameworkand Applications. Amsterdam/Philadelphia: John Benjamins. JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) Volume: 01 Issue: 05 | 2021 ISSN: 2181-2608 403 7. Воробьев В.В. Лингвокультурология. –М.: Изд.-во Российского университета дружбы народов, 2006. 8. Palmer, Gary B. 1996. Toward a Theory of Cultural Linguistics. Austin, TX: University of Texas Press. 9. МасловаВ. А. Введениевлингвокультурологию. –М., 1997. / Телия В.Н. Первоочередные задачи и методологические проблемы исследования фразео-логического состава языка в контексте культуры // Фразеология в контексте культуры / отв. ред. В.Н. Телия. М.: Языки русской культуры, 1999. С. 13-24 10. Бенвенист Э. Общая лингвистика. М.: «Прогресс», 1974. — 446 с Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling