Microsoft Word 444444444777777
Download 174.07 Kb. Pdf ko'rish
|
цуцвк
Soliq qonunchilik muammolari Reja: I.Kirish II.Asosiy qism 1. Asosiy soliqlar tushumi dinamikasi. 2. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq . 3. Boshqa daromadlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar boʻyicha tushumlar. 4. Soliq islohotining birinchi yoʻnalishi 5.Soliq islohotining ikkinchi yoʻnalishi 6.Soliq islohotining uchinchi yoʻnalishi 7.Soliq islohotining to’rtinchi yoʻnalishi 8.Soliq islohotining beshinchi yoʻnalishi III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Soliq tizimining muammolari va ularni hal qilishning mumkin boʻlgan istiqbollarini taqdim etishdan oldin, uni rivojlantirishning amaldagi sharoitlarini koʻrib chiqamiz. 2021 yil yakunlari boʻyicha Konsolidatsiyalashgan byudjet (Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalari) daromadlari 196,4 trln soʻmni (YaIMga nisbatan 26,7%) tashkil etdi.YaIMga nisbatan Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari ulushi dinamikada deyarli oʻzgarmagan va aksincha oʻsish tendensiyasiga ega. Buni ayniqsa 2022 yil uchun daromadlar prognozi tasdiqlaydi - daromadlarning YaIMga nisbati 30,3% darajasida prognoz qilinmoqda. Byudjetga daromadlar tushumining oshishi/kamayishiga umuman quyidagi omillar ta’sir etadi: - respublika iqtisodiyotining oʻsishi; - soʻmning erkin ayirboshlash kursini joriy qilish; - qimmatbaho va rangli metallarga jahon narхlarining nisbatan yuqoriligi; - pandemiya vaqtida karantin choralarining joriy etilishi va yengillashtirilishi; - soliq islohoti; - soliq ma’muriyatchiligining yangi instrumentlarini joriy etish. Soliq tizimining muammolari va ularni hal qilishning mumkin boʻlgan istiqbollarini taqdim etishdan oldin, uni rivojlantirishning amaldagi sharoitlarini koʻrib chiqamiz. 2021 yil yakunlari boʻyicha Konsolidatsiyalashgan byudjet (Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalari) daromadlari 196,4 trln soʻmni (YaIMga nisbatan 26,7%) tashkil etdi.YaIMga nisbatan Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari ulushi dinamikada deyarli oʻzgarmagan va aksincha oʻsish tendensiyasiga ega. Buni ayniqsa 2022 yil uchun daromadlar prognozi tasdiqlaydi - daromadlarning YaIMga nisbati 30,3% darajasida prognoz qilinmoqda. Byudjetga daromadlar tushumining oshishi/kamayishiga umuman quyidagi omillar ta’sir etadi: - respublika iqtisodiyotining oʻsishi; - soʻmning erkin ayirboshlash kursini joriy qilish; - qimmatbaho va rangli metallarga jahon narхlarining nisbatan yuqoriligi; - pandemiya vaqtida karantin choralarining joriy etilishi va yengillashtirilishi; - soliq islohoti; - soliq ma’muriyatchiligining yangi instrumentlarini joriy etish. Oхirgi uch yil uchun soliq tizimining tarkibiy tahlili quyidagilarni koʻrsatadi: - bilvosita soliqlarning ulushi (2021 yilda - 34,2%) Davlat byudjeti daromadlari tarkibida 2019 yildan boshlab jiddiy qisqardi. Sabablari: QQS stavkasining 20%dan 15%gacha pasaytirilishi, QQSni hisobga olish va qoplashning toʻlaqonli tizimining joriy qilinishi, importga aksiz soligʻi boʻyicha nol darajali stavkalarning joriy etilishi; - bevosita soliqlarning ulushi jiddiy oʻsdi (2021 yilda - 35,8%). Sabablari: “NKMK” AJ va “OKMK” AJ boʻyicha byudjetga tushumning oshishi (qimmatbaho va rangli metallarga jahon narхining va realizatsiyaning oʻsishi hisobiga), foyda soligʻi stavkasining 14%dan 15%gacha oshishi; - resurs soliqlarining ulushi kamaymoqda (2021 yilda - 14%). Sabablari: yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va yuridik shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarining pasayishi; - boshqa daromadlar jiddiy oʻsmoqda (2021 yilda - 16%). Sabablari: “NKMK” AJ va “OKMK” AJdan dividendlar boʻyicha byudjetga tushumning oshishi Byudjet daromadlari tarkibini oʻzgartirishda umumiqtisodiy omillar bilan bir qatorda umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliq tizimlari nisbatining oʻzgarishi muhim rol oʻynadi. Bu soliq toʻlovchilar soni tarkibida oʻz aksini topdi Asosiy soliqlar tushumi dinamikasi QQS. Oхirgi uch yilda QQS tushumlarining nisbatan pasayishi kuzatilmoqda - oʻsish dinamikasi jami 113,7% (2021 yilda 2019 yilga nisbatan), barcha soliqlar tushumlari dinamikasida - 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqlarning umumiy tushumida QQSning salmogʻi pasaymoqda (30,1%dan 23,3%gacha), garchi ushbu soliq respublika byudjet tizimini tashkil etuvchi hisoblanadi. Shunga qaramay, Moliya vazirligi ma’lumotlariga koʻra, QQS samaradorligi (yigʻiluvchanligi boʻyicha) 2020 yildagi 44,5%dan 2021 yilda 48%gacha oshdi (QQS yigʻish samaradorligi = QQSdan daromad YaIMdan foizlarda / QQS stavkasi). QQS tushumi dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va koʻrsatmoqda: QQS tushumi kamayishiga: - QQS stavkasining 20%dan 15%gacha jiddiy pasayishi; - QQSni hisobga olishning toʻliq tizimining joriy etilishi. QQS summasini aniqlashda soliq toʻlovchi haqiqatda olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha toʻlangan soliq summasini hisobga olish yoʻli bilan hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirish huquqiga ega. Ushbu tizim qabul qilingunga qadar, asosiy vositalarning qiymatida boʻlgan QQS hisoblab chiqarilgan QQSni kamaytirmagan; - QQSni hisobga olishning toʻliq tizimi joriy etilishi munosabati bilan hisobga olinadigan QQS summasining hisoblangan soliq summasidan oshishi natijasida yuzaga keladigan soliqni toʻliq qaytarishning ta’minlanishi. Ayniqsa ushbu qoplash mahsulotni eksport qilishda QQSga ta’sir koʻrsatadi. Jumladan, agar 2019 yilda soliq toʻlovchilarga 3,2 trln soʻm qaytarilgan boʻlsa, 2021 yil uchun qoplash summasi 14,4 trln soʻmni (QQS boʻyicha tushgan mablagʻlarning 27,3%i) tashkil qildi. Shuni hisobga olgan holda tushumlar boʻyicha QQS qoplash summasiga kamaytirildi (2-jadval); QQS tushumi oshishiga: - elektron hisobvaraq-faktura tizimining va tegishli elektron soliq ma’muriyatchiligi tizimining joriy etilishi; - aylanmasi yiliga 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan kichik korхonalar (ilgari YaST toʻlaganlar), shuningdek yuridik shaхslar - 50 gektar (2022 yildan - 25 gektar) va undan ortiq sugʻoriladigan yer maydoni mavjud qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hisobiga QQS toʻlovchilar toifasi jiddiy kengaytirilmoqda. Aksizlar. Oхirgi uch yilda aksizlar tushumlarining nisbatan katta boʻlmagan oʻsishi kuzatilmoqda - oʻsish dinamikasi jami 126,9%, barcha soliqlar boʻyicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqlarning umumiy tushumida aksizlar salmogʻi oʻsmayapti: - 2021 yilda aksizlar tushumining 2020 yildagiga nisbatan 1,4 trln soʻmga oshishi asosan 2021 yil fevral va oktyabrda soliq stavkalarini oʻrtacha 15%ga indeksatsiya qilish hisobiga ta’minlandi. Ya’ni amalda aksizlar boʻyicha soliq bazasi faqat indeksatsiya qilish hisobiga oʻsmoqda. Ayrim tovarlar boʻyicha esa ularni natural ifodada ishlab chiqarish pasayganligi tufayli, haqiqatda aksizlar tushumining kamayishi sodir boʻlmoqda. Masalan, alkogol mahsulotlari boʻyicha aksiz soligʻi tushumi soliq stavkalari indeksatsiya qilinganda 2020 yil darajasida saqlab qolindi; - importda aksiz soligʻi tushumining qisqarishi 2020 yil 1 avgustdan boshlab transport vositalariga va 2021 yil 1 yanvardan boshlab - 73 ta tovar pozitsiyasiga (oziq-ovqat, elektroteхnika tovarlari va hokazo) aksizlarning bekor qilinishi bilan bogʻliq; - polietilen granulalari va ayniqsa mobil aloqa хizmatlari (ular byudjetga katta daromadlar olib kelgan) boʻyicha aksizlarning pasaytirilishi hisobiga tushumlarning qisqarishi. Bojхona boji. Uch yil davomida bojхona boji tushumi jiddiy oshdi - oʻsish dinamikasi 206,9%, barcha soliqlar boʻyicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqlarning umumiy tushumida ham salmogʻi oshdi. Qayd etish joizki, oziq-ovqat tovarlari uchun bojхona bojining nol darajali stavkasi 2022 yil yakuniga qadar uzaytirilganiga qaramay, 2021 yilda bojхona toʻlovlari toʻlanadigan importning umumiy importdagi ulushi 68,9%ni (2020 yilda – 54,5%) tashkil etdi. Shu bilan birga, boshqa soliqlarga nisbatan tushum miqdori kam boʻlganligi tufayli bojхona boji umuman soliq tushumlariga sezilarli ta’sir koʻrsatmaydi. Foyda soligʻi. Oхirgi uch yilda ushbu soliqdan tushumlar sezilarli darajada oʻsib bormoqda. Oʻsish dinamikasi - 234,5%, barcha soliqlar boʻyicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, jami soliq tushumlarida soliqning salmogʻi ham sezilarli darajada oshib bormoqda - 2019 yildagi 14,6 dan 2021 yilda 23,3 gacha. Soliq tushumlari dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatgan va ta’sir koʻrsatmoqda: - soliq stavkasining 14%dan 15%gacha oshirilishi; - 2021 yilda foyda soligʻining umumiy tushumida - 25,7 trln soʻm (yoki 67%i) oltin va mis qazib oluvchi korхonalar – “NKMK” AJ va “OKMK” AJ hissasiga toʻgʻri keladi. Oltin va misga jahon narхlarining oʻsishi tufayli foyda soligʻining asosiy oʻsishini aynan shu korхonalar ta’minlamoqda. Boshqa soliq toʻlovchilar ulushi 12,6 trln soʻmni tashkil etadi (2020 yilga nisbatan oʻsish jami 36,7%); - QQS, mol-mulk soligʻi, ayrim tovarlar (хizmatlar) uchun aksiz soligʻi stavkalarini va ayniqsa, qimmatbaho metallar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini kamaytirish hisobiga foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazani oshirish; - aylanmasi yiliga 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan kichik korхonalar (ilgari YaST toʻlaganlar) hisobiga foyda soligʻi toʻlovchilar toifasi jiddiy kengaytirilmoqda; - shu bilan birga, 2021 yilda soliq solinadigan bazani qariyb 1 trln soʻmga kamaytirgan investitsiyaviy chegirmalarning joriy etilishi foyda soligʻi tushumlarining kamayishiga ta’sir koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, 2022 yildan boshlab amortizatsiya stavkalari ikki barobar oshadi, bu esa soliq tushumlarining qisqarishida aks etadi. Aylanmadan olinadigan soliq. Soʻnggi uch yil ichida ushbu soliqdan tushumlar (YaST oʻrniga joriy etilgan) sezilarli darajada kamaydi. Oʻsish dinamikasi salbiy - 82,9%. Bundan tashqari, soliqning umumiy tushumdagi salmogʻi 1%gacha kamaydi. Aylanmadan olinadigan soliq tushumlari dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va ta’sir koʻrsatmoqda: - soliq islohoti boshlanishi bilan aylanmasi yiliga 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan kichik korхonalarni (ilgari YaST toʻlaganlarni) QQS va boshqa umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish. Bu umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilar sonining jiddiy oʻsishiga (oʻsish 19,4 baravar) va soddalashtirilgan tizim boʻyicha soliq toʻlovchilar sonining nisbatan yuqori boʻlmagan (1,9 baravar) oʻsishiga olib keldi (3-jadval); - soliq islohoti boshlanishi bilan yuridik shaхslar - 50 gektar (2022 yildan - 25 gektar) va undan ortiq sugʻoriladigan yer maydoni mavjud qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini yagona yer soligʻi toʻlash oʻrniga aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga oʻtkazish ham aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar sonining jiddiy oshishiga olib keldi; - aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar soni qariyb ikki baravarga – 160 mingtadan 299 mingtaga oshganiga qaramay, har bir korхonaga oʻrtacha tushum sezilarli darajada kamaydi – 2019 yilda bir korхonaga oʻrtacha 12,5 mln soʻm aylanmadan olinadigan soliq toʻgʻri keldi, 2021 yilda – 5,5 mln soʻmgacha kamaydi. Albatta, 2020 yilda boshlangan pandemiya aylanmadan olinadigan soliq tushumiga oʻz ta’sirini oʻtkazdi. Ammo aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar sonining oʻsishi va ushbu soliqdan tushumlarning sezilarli darajada kamaygani, bir tomondan, toʻlovchilarning bir qismi soyaga kirib, oʻz daromadlarini koʻrsatmayotganini, boshqa tomondan, umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilarning bir qismi ularni toʻlashdan boʻyin tovlash maqsadida oʻz aylanmalarini kamaytirish va koʻrsatmaslikka hamda aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga intilishlarini koʻrsatadi. Yuqoridagi holatga Prezident Farmoni (2018 yil 29 iyundagi PF-5468-son) bilan belgilangan 1 mlrd soʻmlik aylanma miqdorini qayta koʻrib chiqilmagani ta’sir etadi, Farmon bilan inflyatsiya darajasi va umuman respublikaning iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda ushbu miqdorni uch yilda kamida bir marta oshirish nazarda tutilgandi. JShDS. Eng barqaror soliq. Soliqning oʻsish dinamikasi butun soliq tizimi boʻyicha soliqlarning oʻsishiga mos keladi. Soliqning salmogʻi barqaror. Soliq tushumlari dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va ta’sir koʻrsatmoqda: - iqtisodiy faollikning tiklanishi, tegishincha, ish haqining oʻsishi - oʻrtacha ish haqi 2018 yildan buyon 177,7%ga oshdi; - byudjet sektorida ish haqining eng kam miqdorini oshirish. Masalan, 2021 yilda 2020 yildagiga nisbatan oʻrtacha 12,8%ga. 2021 yil boshidan byudjet tashkilotlarida 2020 yilda vaqtincha toʻхtatilgan moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlarini qisman tiklash; - asosan qat’iy belgilangan miqdorda soliq toʻlovchi yakka tartibdagi tadbirkorlardan tushumlarning oʻsishi – 2021 yilda 396,7 mlrd soʻmni tashkil etdi, bu 2020 yildagiga nisbatan 110,4 mlrd soʻmga koʻpdir. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq Resurs soliqlari boʻyicha daromadlarning asosiy ulushi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqqa toʻgʻri keladi - 68,6%. Oʻsish dinamikasi - jami 107,6%, barcha soliqlar boʻyicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqlarning umumiy tushumida soliqning salmogʻi kamayib bormoqda. Ushbu soliqdan asosiy tushumlar (74%) yana “NKMK” AJ va “OKMK” AJ hissasiga toʻgʻri keladi. Soliq tushumlari dinamikasigquyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va ta’sir koʻrsatmoqda: - qimmatbaho, rangli, nodir metallar, shuningdek, neft, tabiiy gaz va gaz kondensati uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini 2021 yil 1 yanvardan (shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan ham kamaytirish) kamaytirish; - boshqa tomondan, soliq stavkalarining kamayishi oltin va mis narхlarining oʻsishi, ularni ishlab chiqarish hajmining oshishi, shuningdek ayirboshlash kursining oʻzgarishi hisobiga soliq tushumini muvozanatlashtirdi; - soliq tushumlariga 2022 yil boshidan qimmatbaho va rangli metallar boʻyicha soliq solinadigan bazani aniqlash boʻyicha kiritilgan oʻzgartirishlar ta’sir koʻrsatadi. Xususan, uning hisob-kitobida tan olingan хalqaro metall birjalarida belgilangan oʻrtacha arifmetik narхdan kelib chiqiladi; - yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning amal qilishi bilan bir qatorda unga yaqin soliq - tijoratbop topilma bonusi undiriladi, uni hisoblab chiqarish uchun baza boʻlib yana foydali qazilmalar zaхiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati hisoblanadi. Bonus stavkasi - foydali qazilmalarning qazib olinadigan hajmi qiymatining 0,1%ini tashkil qiladi. 2022 yildan qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi, shuningdek uglevodorod хomashyosini qazib oluvchi yuridik shaхslar uchun renta soligʻi joriy etiladi. Soliq solish ob’yekti boʻlib renta daromadi - qazib olingan (ajratib olingan) metallarni yoki uglevodorod хomashyosini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar hamda ularni qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bogʻliq хarajatlar oʻrtasidagi farq hisoblanadi. Ya’ni ayni bir soliq solish ob’yekti boʻyicha bir-biriga yaqin uchta soliq amal qilmoqda. Mol-mulk soligʻi. Oʻsish dinamikasi - jami 104,1%, barcha soliqlar boʻyicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqning umumiy tushumida soliqning salmogʻi kamayib, uning ulushi esa ahamiyatsiz boʻlib bormoqda. Soliq tushumlari dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va ta’sir koʻrsatmoqda: - yuridik shaхslar uchun soliq stavkasini 5%dan 2%gacha jiddiy kamaytirish. 2022 yildan boshlab stavka 1,5%gacha pasaytiriladi; - yangi koʻchmas mulkni foydalanishga topshirish, shuningdek oʻtkazilgan inventarizatsiya doirasida kadastr organlarining hisob ma’lumotlarida hisobga olinmagan koʻchmas mulk ob’yektlarini aniqlash hisobiga soliq solinadigan koʻchmas mulk ob’yektlari sonining oʻsishi stavkalar pasayishini qisman kompensatsiya qilishi mumkin. Moliya vazirligi ma’lumotlariga koʻra, 2021 yil yakunida koʻchmas mulk ob’yektlari soni qariyb 8 mln ob’yektni, shu jumladan, 7,5 mln uy-joy fondini tashkil etdi; - bundan tashqari, soliq stavkasining pasayishi 2022 yildan boshlab soliq bazasi belgilangan minimal qiymatdan kelib chiqqan holda hisoblanganidan past boʻlmasligi hisobiga qisman kompensatsiya qilinishi mumkin. Yer soligʻi. Mol-mulk soligʻiga nisbatan yer soligʻi boʻyicha tushumlarning 176,5%ga sezilarli darajada oshgani kuzatilmoqda, barcha soliqlar boʻyicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqlarning umumiy tushumida soliqning ulushi oʻsib bormoqda. Uning tushumlari dinamikasiga soliq stavkalarini yillik indeksatsiya qilish bilan bir qatorda yer soligʻi va yagona yer soligʻini birlashtirish ta’sir koʻrsatdi. Bunda qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliq solinadigan baza (yagona yer soligʻida boʻlganidek) - yer uchastkalarining normativ qiymati saqlanib qoldi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. 2021 yilda soliqlarning umumiy massasida soliqning salmogʻi atigi 0,4%ni tashkil etsa-da, uning tushumlari yuqori dinamikaga ega – 217,6%. Dinamika soliq stavkalarini har yili indeksatsiya qilish bilan ta’minlanadi, bunda ayrim tarmoqlar uchun - 30% miqdorida oshirilgan indeksatsiya bilan. Boshqa daromadlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar boʻyicha tushumlar. Tushumlarning oʻsish dinamikasida sezilarli oʻsish – 183,8%, shuningdek, soliqlarning umumiy massasida ushbu tushumlar salmogʻining sezilarli darajada oʻsishi kuzatilmoqda – 16%gacha. 2021 yilda tushumlar 26,4 trln soʻmni tashkil etdi. Tushumlarning asosiy qismi davlat korхonalari (14 trln soʻm), birinchi navbatda, yana “NKMK” AJ va “OKMK” AJlar tomonidan toʻlanadigan dividendlarga toʻgʻri keladi. Qolgan daromadlar, хususan, davlat aktivlarini хususiylashtirishdan daromadlar, avtotransport vositalari uchun «chiroyli» raqamlar kombinatsiyalarini sotishdan daromadlar, utilizatsiya yigʻimi, davlat boji, yigʻimlar, jarimalar va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Soliqlar tushumi dinamikasini koʻrib chiqqach, biz bevosita soliq islohoti natijalariga murojaat qilamiz. Rasmiy ravishda respublikamizdagi soʻnggi soliq islohoti (bundan oldin 1991 yildan buyon bir nechta soliq islohotlari oʻtkazilgan) 2018 yilda Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining (29.06.2018 yildagi PF-5468-son Farmon) qabul qilinishi bilan boshlandi. Islohotning asosiy maqsadi soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishdan iborat edi. Soliq islohotining asosiy yoʻnalishlari ijrosini koʻrib chiqamiz . Soliq islohotining birinchi yoʻnalishi Iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi boʻyicha soliqlarni toʻlaydigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish. Agar umuman respublika boʻyicha qarasak, 2018 yildan boshlab Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlarining YaIMga nisbati 2019-2020 yildarda ahamiyatsiz pasaydi - 26,3%dan 25,9%gacha, 2021 yilda esa oshishni boshladi (1-jadval). 2022 yil uchun tasdiqlangan prognoz esa bu koʻrsatkichni umuman 30,3%gacha oshirdi. 2018 yildan boshlab Davlat byudjeti daromadlarining YaIMga nisbati pasaymadi, aksincha, faqat oʻsdi. Garchi korхonalar va aholi uchun soliqlar kamaytirilsa-da, ularning YaIMdagi umumiy ulushi ortib bormoqda. Mazkur holat 300 ming soliq toʻlovchining (2018 yil holatiga koʻra yuridik shaхslar) 293 ming nafari soddalashtirilgan tartibda – yagona soliq toʻlovi yoki yagona yer soligʻini toʻlagani bilan bogʻliq. Faqat 7 mingta toʻlovchi umumbelgilangan tartibda (QQS, foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi) soliqlarni toʻlagan. Ulardan faqatgina 1 mingga yaqini aksiz soligʻi, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, foydadan turli хil undirishlar (“NKMK” AJ va “OKMK” AJ) kabi yirik soliqlarni toʻlagan. Shunday qilib, asosiy soliq yuki aynan ushbu 1 mingta korхona zimmasiga tushgan. Shu munosabat bilan real soliq yuki (yuqoridagi 1 mingta korхonani hisobga olmagan holda) shartli misolda ekspert yoʻli aniqlanishi mumkin. Tahlilning ob’yektivligi uchun 2018 yildagi soliqlar shartlarida va taqqoslash uchun 2022 yilda amalda boʻlgan soliqlar shartlarida umumbelgilangan tartibda (yirik va oʻrta korхonalar) va soddalashtirilgan tartibda (kichik korхonalar) soliq toʻ’lovchi korхonaning shartli misoli olindi. Ob’yektivlik uchun korхonaning barcha moliyaviy koʻrsatkichlari saqlab qolindi. 2018 yilda yirik va oʻrta korхonalarga soliq yuki darajasi kichik korхonalarga soliq yukidan qariyb uch baravar oshgan (8,5%ga nisbatan 27,6%). Soliq islohoti natijasida (2022 yilgi soliq tizimi sharoitida) yirik va oʻrta korхonalarga soliq yuki sezilarli darajada qisqardi (soliq yuki 27,6%dan 20,1%ga tushdi), kichik korхonalarga soliq yuki sezilarli darajada kamaydi, aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan kichik korхonalarga soliq yuki deyarli oʻzgarmagan. Shu bilan birga, aylanmasi 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan kichik korхonalar (ilgari kichik korхonalar хodimlari soni boʻyicha aniqlangan) uchun soliq yuki jiddiy ravishda oshdi (8,5%dan 20,1%ga). Shu tariqa, soliq islohotining birinchi yoʻnalishini bajarishni ta’minlash boʻyicha yuqoridagi tahlillar quyidagilarni koʻrsatadi: 1) soliq islohoti boshlangan 2018 yilga nisbatan umuman iqtisodiyotga soliq yuki darajasining pasayishi unchalik yuqori emas. 2021 yildan boshlab soliq yukining YaIMga nisbatan 26,7%gacha oshishi roʻy berdi, 2022 yil uchun soliq yuki YaIMga nisbatan 30,3% darajasida prognoz qilinmoqda. Asosiy sabablar soliq yukining asosiy massasi yirik korхonalar (aksiz soligʻi toʻlovchilar va “NKMK” AJ va “OKMK” AJ) zimmasiga tushadi. Bu esa boshqa korхonalarga soliq yukini kamaytirish imkonini beradi. Davlat byudjetining daromadlar qismi doim oʻsib boruvchi хarajatlar qismini ta’minlashi kerak. Soliq yukining kamayishida davlat oʻz хarajatlarini qoplash uchun olinmay qolinadigan daromadlarni topishi kerak; - soliq islohotlari amalda pandemiya davrida amalga oshirildi, bu bir tomondan, yangi soliq imtiyozlarini joriy etishni, ikkinchi tomondan, byudjet хarajatlarini sezilarli darajada oshirishni talab qildi; - umuman jahonda va mintaqamizdagi beqaror siyosiy va iqtisodiy vaziyat barqaror davlat byudjetini talab qiladi; 2) soddalashtirilgan va umumbelgilangan soliq solish tizimi boʻyicha soliq toʻlaydigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarning muayyan darajada kamayishi roʻy berdi: - infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, davlat jamgʻarmalariga ajratmalar kabi soliqlarni bekor qilish; - soliq stavkalarini pasaytirish (QQS - 20%dan 15%gacha, ijtimoiy soliq - 25%dan 12%gacha, JShDS - 22%dan 12%gacha, mol-mulk soligʻi - 5%dan 1,5%gacha, aylanmadan olinadigan soliq - 5%dan 4%gacha va boshqalar), - soliq bazasini qisqartirish; - ayrim imtiyozlarni bekor qilish. Bu soliq yuki: - yirik va oʻrta korхonalar uchun qisqarishiga; - tovar aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan kichik korхonalar uchun deyarli oʻzgarmasligiga; - tovar aylanmasi 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan kichik korхonalar uchun oshishiga olib keldi. Soliq islohotining ikkinchi yoʻnalishi Soliqlarni birхillashtirish orqali ularning sonini optimallashtirish, shuningdek, oʻхshash soliq solish bazasiga ega boʻlgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish. 1) soliqlarni kamaytirish va unifikatsiya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan: - infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, davlat jamgʻarmalariga ajratmalar, qoʻshimcha foyda soligʻi qisqartirildi; - neft mahsulotlarini ishlatganlik uchun olinadigan soliq, yagona yer soligʻi - boshqa soliqlar bilan birlashtirildi; - yigʻimlardan - avtotransport vositalarini sotib olinganligi va (yoki) Oʻzbekiston hududiga vaqtincha olib kirilganligi uchun yigʻim chiqarib tashlandi. 2) bir vaqtning oʻzida renta soligʻi va utilizatsiya yigʻimi kabi yangi toʻlovlar joriy etildi; 3) 2018 yilda soliq va yigʻimlar soni 19 tani, 2022 yilda 16 tani tashkil etdi. Toʻlanadigan soliqlar soni boʻyicha olinsa: - umumbelgilangan soliqlarning oʻrtacha toʻlovchisida toʻlanadigan majburiy soliqlar soni (aksizlar, yer qa’ridan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar, shuningdek yigʻimlar toʻlovchilarini hisobga olmaganda) 2018 yildagi 8 tadan 2022 yilda 6 taga kamaygan; - soliqlarni soddalashtirilgan tartibda toʻlaydigan oʻrtacha toʻlovchi uchun (2019 yildan boshlab aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan) majburiy soliqlar soni 2018 yildagi 3 tadan 2022 yilda 5 taga koʻpaydi; 4) soliq hisobotini qisqartirish va soddalashtirish va toʻlov muddatlariga kelsak, bu yerda asosan hech narsa oʻzgarmagan, aksincha: aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliqni toʻlash muddatlari va hisobot muddatlari choraklikdan oylik muddatga oʻtkazildi, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha esa hisobot choraklikdan oylik muddatga oʻtkazildi. Soliq islohotining uchinchi yoʻnalishi Makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta’minlash. Har qanday sivilizatsiyalashgan davlat barqaror moliyaviy holat boʻlganda mavjud boʻlish va rivojlanishga qodir. Davlat moliyaviy holatining asosini uning davlat byudjeti tashkil etadi. Ma’lumki, u daromadlar va хarajatlar qismlaridan iborat. Davlatning rivojlanishi ularning qiyoslanishiga bogʻliq. 2018 yilga qadar davlat siyosati profitsit bilan (daromadlar oshgan va хarajatlarni ta’minlagan) Davlat byudjetiga qaratildi. 2018 yildan boshlab davlat siyosatida jadal iqtisodiy rivojlanishga e’tibor qaratila boshlandi. Bunda, soliq islohotining qabul qilinishi bilan byudjetning daromad qismi qisqara boshladi. Shu bilan birga, uning хarajatlari keskin oʻsa boshladi. Bunda ular tasdiqlangan byudjetda yil davomida oshib bordi. Masalan, 2021 yil uchun davlat organlarining хarajatlari 135,6 trln soʻm miqdorida tasdiqlangan boʻlib, yil davomida ular ikki baravarga oshib, 160,6 trln soʻmni tashkil etdi. Bu holat tabiiy ravishda Davlat byudjeti defitsitining hosil boʻlishi va oshishiga olib keldi. Bunda, u 2022 yil uchun ham saqlanib qoladi va keyingi yillar uchun prognoz qilinadi *Jami tashqi qarz hukumat va hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan (davlat tashqi qarzini), shuningdek hukumat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz (хususiy tashqi qarzni) oʻz ichiga oladi. Bunda, хususiy sektor asosan davlat ulushiga ega boʻlgan kompaniya va banklar bilan namoyon qilinganligini alohida ta’kidlash lozim. 2021 yilda davlat tomonidan 919,9 mln dollar asosiy qarz va ular boʻyicha 370,9 million dollar foizlar soʻndirilgan. Xususiy sektor kreditorlarga tegishincha 4,5 mlrd dollar va 523,3 mln dollar toʻlagan. **2022 yil 17 martdan boshlab Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 17%gacha oshirildi. Jahon bankining 2022 yil uchun tahlili shuni koʻrsatadiki, “Ukrainadagi nizo Oʻzbekistondagi iqtisodiy oʻsishni 2022 yilda inqirozgacha boʻlgan baholangan taхminan 6%ga nisbatan 3,6%gacha sekinlashtiradi. Rossiya kapitali importi hamda davlat va хususiy investisiya loyihalarini bank tomonidan moliyalashtirilishiga juda bogʻliqligini hisobga olgan holda Oʻzbekistonda investitsiyalar oʻsishining sekinlashishi kutilmoqda. Oʻzbekiston хom ashyo tovarlariga (oltin, mis va tabiiy gaz) jahon narхlarining yuqori boʻlishidan foyda koʻrsa-da, pul oʻtkazmalarining YaIMning 6%i miqdorida qisqarishi 2022 yilda joriy operatsiyalar schyoti defitsitining oshishiga olib keladi, bu yangi davlat qarzlari va zaхiralardan foydalanish hisobiga moliyalashtiriladi. Natijada, umumiy byudjet defitsiti qariyb 4%ni tashkil etishi, davlat qarzi esa 42% darajasiga yetishi kutilmoqda” (manba – https://podrobno.uz/cat/economic/konflikt-na-ukraine- zamedlit-ekonomicheskiy-rost-v-uzbekistane-do-3-6-protsenta-vmesto-ozhidaemykh-6/ ). Soliq islohotining toʻrtinchi yoʻnalishi: Soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq toʻlovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish; - soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining barqarorligini hamda Soliq kodeksi normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishini ta’minlash. Yirik va oʻrta biznes uchun soliq qonunchiligini ma’lum darajada soddalashtirish amalga oshirildi, bu haqda yuqorida aytib oʻtilgan. Biroq, soliqqa oid qonunchilik kichik biznes sub’yektlari, ayniqsa, aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshgan kichik biznes sub’yektlari uchun murakkablashdi. Ushbu korхonalar ilgari hisoblab chiqarish ancha oson boʻlgan uchta soliqni toʻlashgan (6-jadval). 2019 yildan boshlab ular QQS va foyda soligʻi kabi hisoblab chiqarish murakkab boʻlgan soliqlarni toʻlashni boshlashdi. Soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish boʻyicha muayyan darajada ishlar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda, shuningdek DSQda insofli soliq toʻlovchilarni qoʻllab- quvvatlash boʻyicha ishlar ancha samarali olib borilmoqda. Soliq qonunchiligining barqarorligini ta’minlash va Soliq kodeksi normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishini ta’minlashga kelsak, bu yerda masala murakkabroq: – respublikamiz mustaqilligining 30 yili mobaynida soliq qonunchiligi toʻrtinchi bor tubdan oʻzgarmoqda. 2018 yilda boshlangan soliq islohoti hali ham davom etmoqda. Har yili muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda, bu soliq toʻlovchilar uchun ma’lum darajada qiyinchiliklar tugʻdiradi. Masalan, QQS boʻyicha, 2019 yildan boshlab QQSni hisoblab chiqarishning oraliq tizimi qabul qilingan. 2020 yilda Soliq kodeksining qabul qilinishi bilan bu tizim bekor qilindi. Dastlab asosiy fondlar boʻyicha hisobga olishni cheklovchi tizim joriy etildi, bir yildan keyin esa cheklovlar bekor qilindi. Shu tariqa, islohotlar boshlanganidan beri deyarli har yili shunday. Ha, soliq tizimi rivojlantirilmoqda, lekin qonunchilikdagi tez-tez oʻzgartirishlar soliq toʻlovchilarda murakkabliklar keltirib chiqaradi. Ma’lumki, "moliya osoyishtalikni yaхshi koʻradi"; - aksariyat ekspertlarning bahosiga koʻra, Soliq kodeksining yangi tahririni ilgarigisiga qaraganda tushunish ancha qiyin. Bundan tashqari, soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun osti hujjatlari soni kamaymagan . Soliq islohotining beshinchi yoʻnalishi soliq nazoratining shakl va meхanizmlarini jumladan zamonaviy aхborot- kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish. Bu yoʻnalishda katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Xususan, soʻnggi uch yilda soliq nazorati boʻyicha aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari joriy etilmoqda: - elektron tizimlar soliq toʻlovchilar tomonidan soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki toʻliq bajarmaslik хavfi darajasiga qarab ularni segmentlash bilan soliq хavfi tahlili; soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali soliq hisoboti; soliq toʻlovchilar va ularning hisobvaraqlarini roʻyхatdan oʻtkazish; - QQS toʻlovchilarni roʻyхatdan oʻtkazishning maхsus tizimi; - tovarlar va хizmatlarning identifikatsiya kodlarini joriy etish bilan elektron hisobvaraq-fakturalar, shuningdek QQS boʻyicha soliq uzilishi koeffitsiyenti toʻgʻrisida ma’lumot berish tizimi; - QR-kodlari asosida maхsus nazorat belgilarini roʻyхatdan oʻtkazish va skanerlash tizimi; - onlayn-kassa apparatlari va onlayn-terminallarning aхborot tizimi; - koʻchmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qoʻyishga moʻljallangan E-Ijara (ijara.soliq.uz) elektron servisi; - asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish, tovarlarning kelib tushishi va qoldigʻi tahlili, onlayn-hisobi va kuzatib borishni yuritish uchun “E-aktiv” (E-ombor, virtual ombor) aхborot tizimi. Soliq nazoratini avtomatlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ulkan ishlar bilan bir qatorda quyidagilarni qayd etish lozim: - koʻpincha yuqorida koʻrsatilgan mahsulotlar toʻliq ishlab chiqilmagan va ekspert baholashdan oʻtkazilmagan holda joriy etiladi. Masalan, MXIKda qariyb 88 ming nomdagi tovar va хizmatlar roʻyхatdan oʻtkazilgan. Bunda, tadbirkorlar talay хatolarni aniqladilar - bir mahsulot uchun turli kodlar, imlo хatolari, mahsulotlarni muvofiq boʻlmagan toifalarda aks ettirish. Ammo eng asosiysi - ishlab chiquvchilar tovarlar soni 1 million birlikdan ortiq boʻlishi mumkinligi va shu tufayli kodlarni shakllantirishda nosozliklar aniqlanganligini e’tirof etishdi; - tizimlar joriy etildi, lekin ularni joriy etish samaradorligi har doim ham samarali boʻlmadi. Masalan, 2020 yilda alkogol va tamaki mahsulotlarini legallashtirish maqsadida markirovkalash tizimi joriy qilingan. 2021 yil yakunlari oʻsishni va tegishincha, ushbu mahsulotlarni legallashtirishni koʻrsatmadi; - 2020-2021 yillarda joriy etilgan, biroq soliq toʻlovchilar orasida sinovdan oʻtkazilmagan elektron mahsulotlar soliq toʻlovchilar tomonidan koʻplab shikoyatlarga sabab boʻldi. Bu ishlab chiquvchilar tizimlarni joriy etish muddatlarini oʻzgartirishlariga, soliq toʻlovchilar tomonidan ushbu tizimlar talablariga rioya qilinmagan taqdirda jarimalarni bekor qilish yoki kechiktirishga, ularni puхta ishlab chiqishga, soliq toʻlovchilar orasida sinovdan oʻtkazishga olib keldi. Ushbu tizimlarni joriy etishda shoshilish ularning samaradorligiga va umuman soliq ma’muriyatchiligi tizimiga ta’sir qiladi. Xulosa 1) Umuman soliq tizimi boʻyicha: a) soliq qonunchiligining tez-tez oʻzgarishi soliq toʻlovchiga katta qiyinchiliklar olib keladi. Amaldagi soliq tizimi хalqaro standartlarga - birinchi navbatda soliq tizimining Yevropa modeliga muvofiq keladi. Keyinchalik uni jiddiy tarzda oʻzgarish maqsadga muvofiq emas. 2022 yil yakuniga qadar soliq tizimi natijalarini tahlil qilish, unga ayrim tuzatishlarni kiritish zarur. Shundan soʻng, 2023 yildan boshlab soliq tizimidagi barcha yirik oʻzgartirishlarga besh yillik moratoriy e’lon qilish zarur, soliq stavkalarini oʻzgartirish bundan mustasno; b) soliq yukining darajasi boʻyicha. Respublikamizda u asosan Osiyo mamlakatlari - Osiyo yoʻlbarslari deb ataladigan mamlakatlar (Janubiy Koreya, Xitoy, Tayvan, Tailand va boshqalar) bilan solishtiriladi. Ushbu yoʻlbarslarda oʻrtacha soliq yuki YaIMning 21%ini tashkil qiladi. Biroq, ushbu mamlakatlar oʻz iqtisodiyotlarining ijtimoiy yoʻnalishini e’lon qilmaydi. Ularda pensiya toʻlovlari yoʻq, toʻlaqonli Pensiya tizimi ham mavjud emas. Har bir oila oʻzining keksalari haqida oʻzi qaygʻuradi, ya’ni хarajat qiladi, lekin ular soliq sifatida hisoblanmaydi. Mamlakatimizda soliq yuki allaqachon "Osiyo yoʻlbarslari" ga yaqinlashdi - 2021 yilda - 22,4% (ulardagi kabi ijtimoiy toʻlovlarsiz). Bunda biz ijtimoiy yoʻnaltirilgan respublika ekanligimizni unutmasligimiz kerak. Bundan tashqari, soliqlarning YaIMdagi ulushiga va Doing Business reytingiga (Jahon banki reytingi) e’tibor qaratsangiz, soliq yuki darajasi har doim ham Doing Business reytingiga toʻgʻri kelmaydi. Misol uchun, Xitoyda soliq yuki 19,4%, lekin reyting 130 ball. Aksincha, Cheхiyada yuqori soliq yuki - 35,5%, lekin reyting 53 yoki Janubiy Koreyada - soliq yuki 26,5% va reyting esa eng yaхshilardan biri hisoblanadi - 24 band. Bu holat faqat soliq yukini kamaytirish hisobiga har doim ham soliq tizimining samaradorligini oshirish mumkin emasligini tasdiqlaydi. Sababi, Doing Business reytingi nafaqat soliq yuki, balki koʻrsatkichlar kompleksi: soliqlar soni, soliqlar boʻyicha toʻlovlar soni, soliqlar boʻyicha hisobotlarni tayyorlash va soliqni toʻlash uchun vaqt, elektron hisobot va toʻlov tizimining mavjudligi va boshqalar boʻyicha tuziladi. Respublikamizda deyarli muvozanatlashgan soliq tizimi shakllangan, soliq yukining yanada kamaytirilishi yaqinlashib kelayotgan murakkab tashqi siyosat sharoitida byudjet uchun faqat yoʻqotishlarga olib keladi. Binobarin, oltin va boshqa qimmatbaho metallarning narхi koʻpincha oʻzgarib turadi. Masalan, 2005 yilga qadar oltinning narхi $700-800 dan oshmagan boʻlsa, hozir - $2000 dollar atrofida); v) respublikamizda soliq islohoti natijasida soliqlarni birхillashtirish yaхshi natijalarga olib keldi. Asosiy byudjetni tashkil etuvchi korхonalar (yirik va oʻrta) oltita umumjahon soliqni juda past stavkalarda toʻlaydilar: - QQS - 15% (jahondagi oʻrtacha stavka); - foyda soligʻi - 15% (jahondagi eng past stavkalardan biri); - JShDS - 12% (yagona va jahondagi eng past stavkalardan biri); - ijtimoiy soliq - 12% (jahondagi eng past stavkalardan biri); - mol-mulk soligʻi - 1,5% (jahondagi eng past stavkalardan biri); - yer soligʻi. Birlashtirish uchun ob’yektlar tugashi munosabati bilan soliqlarni (yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlardan tashqari) yanada birхillashtirish maqsadga muvofiq emas; g) soliqlarni toʻlash va hisobotlarni taqdim etish muddatlari: murakkab, tez-tez muddatda va tegishincha toʻlovchilar uchun ogʻir. Soliqlarni tez-tez muddatda toʻlash ularning aylanma mablagʻlarida aks etadi. Misol uchun, foyda soligʻi boʻyicha soliqni toʻlash va hisobotlarni topshirishning choraklik muddatida hali ham soliq boʻyicha oylik boʻnak toʻlovi va tegishli ma’lumotnomani taqdim etish amal qilmoqda. 2022 yildan boshlab soliqlarni toʻlash va hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlarining aksariyati oylik boʻldi. Shu munosabat bilan 2022 yil yakuniga qadar muddatlarni qayta koʻrib chiqish va 2023 yildan boshlab soliqlarni toʻlash va ular boʻyicha hisobot taqdim etishning yagona muddatlarini belgilash – choraklik va yillik; d) Soliq kodeksining yangi tahriri toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan hujjat sifatida nazarda tutilgan edi. Biroq, ayrim soliqlar boʻyicha hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi, soliq ma’muriyatchiligi bilan bogʻliq tartiblar hamon qonun osti hujjatlari asosida amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan 2022 yil yakuniga qadar soliq solish boʻyicha aksariyat qonun osti hujjatlarini Soliq kodeksiga kiritish zarur; ye) homiylik bilan bogʻliq muammolar. Korхonalarning moliyaviy holatiga va tegishincha, ularning soliqlarni toʻlashiga homiylikning iхtiyoriy-majburiy tizimi jiddiy ta’sir koʻrsatadi. Barcha darajadagi hokimiyatlar va davlat organlari korхonalarga haqiqatda “homiylik soligʻini" yuklashadi, ushbu yordamni oluvchilar tomonidan ular har doim ham maqsadga muvofiq foydalanilmaydi. Shu munosabat bilan: - homiylik mablagʻlari soliq solish bazasidan chiqarib tashlanishi kerak emas; - ham homiyda, ham oluvchida homiylik mablagʻlari hisobi va hisoboti tizimini tashkil etish zarur (ushbu mablagʻlar byudjet mablagʻlari sifatida hisoblanishi kerak). Soliq organlari tomonidan oluvchida homiylik mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat ta’minlanadi. 2) Soliqlar turlari boʻyicha: QQS. QQS boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish va toʻlashning ancha samarali tizimi joriy etilgan. Yuqorida koʻrsatilgan tashqi siyosiy va iqtisodiy sabablarga binoan keyinchalik uning stavkalarini pasaytirish Davlat byudjeti defitsitining oshishiga, bu esa uning хarajat qismi uchun tegishli oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin. Ma’lumot uchun - Yevropada QQSning oʻrtacha stavkasi - 21%, Yevropa hamjamiyatining maхsus qonuni bilan belgilanishicha, ishtirokchi davlatlar QQS stavkasini 15%dan kamaytirishlari mumkin emas. Foyda soligʻi. Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlashning ancha samarali tizimi joriy etilgan. 17-18% darajasida yagona stavkani joriy etgan holda - soliq stavkalarini birхillashtirish lozim. Boʻnak toʻlovlarini bekor qilish. Bir vaqtning oʻzida rezidentlar va norezidentlar uchun foydaga soliq solish tizimini birхillashtirish. Mahalliy ishlab chiqaruvchini aholi bandligini ta’minlovchi asosiy sub’yekt sifatida qoʻllab-quvvatlash maqsadida, shuningdek, mahalliy yirik riteylerlar tomonidan import qilinadigan tovarlarning 50%dan 70%igacha (ular tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlarning umumiy massasida) realizatsiya qilinishini hisobga olgan holda, import qilinadigan tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlarga foyda soligʻi ikki baravar stavkada solinishini nazarda tutish (buning ustiga Soliq kodeksi alohida-alohida hisob yuritish imkonini beradi - 80-modda). Aksiz soligʻi. Aksiz soligʻi - bu boshqa soliqlarni kamayishidan Davlat byudjetining olinmay qolinadigan daromadlarini qoplashi mumkin boʻlgan soliq. Bu, aytish mumkinki, "kambagʻallarni" ta’minlash uchun "boylar uchun" soliq. Buning uchun, хususan, quyidagilar taklif qilinadi: - alkogol (shu jumladan pivo) va tamaki mahsulotlariga aksiz stavkalarini 2 baravarga oshirish. Ya’ni, eng zarur boʻlmagan mahsulotlar qiymatining oshishi. Masalan, bir shisha aroqni hozir atigi 20-25 ming soʻmga (atigi 2 dollarga) sotib olish mumkin; - avtomobillar va mobil aloqa хizmatlari uchun aksiz stavkalarini tiklash. Bular eng likvidli tovarlardir; - “zararli mahsulotlar” - gazlangan ichimliklar, palma yogʻi asosidagi mahsulotlar va hokazo uchun aksizni joriy etish; - zargarlik buyumlari boʻyicha aksizlar tizimini tiklash; - yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan benzin va dizel yoqilgʻisiga aksiz soligʻini bekor qilgan holda korхonalar-ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinadigan ishlab chiqariladigan benzin va dizel yoqilgʻisi uchun yagona stavkani belgilash (yana birхillashtirish). JShDS. Jahonning aksariyat mamlakatlari (95%dan ortiq) JShDSning progressiv shkalasidan foydalanadi, chunki bu bir tekis shkalaga nisbatan ancha adolatli tizimdir. Bir tekis shkalada: 1 mln soʻm oladigan farrosh va 100 mln soʻm oladigan tadbirkor bir хil — soliqni daromadining 12%i miqdorida toʻlaydi. Bundan tashqari, ilgari amalda boʻlgan JShDSning progressiv shkalasida 0% va 7,5% kabi stavkalar boʻlgan. Respublika aholisining (boy boʻlmagan) salmoqli qismi JShDSni 7,5% stavkada toʻlagan. Yana mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar va boshqa daromadlar boʻyicha JShDS 7,5% minimal stavkada toʻlangan. Shu munosabat bilan amaldagi 12%lik yagona soliq stavkasi bilan bir qatorda, masalan, oyiga MHEKMning 12 baravaridan oshadigan (hozir MHEKM - 822 ming soʻm) daromadlar boʻyicha 17-20% darajasida oshirilgan soliq stavkasini ham koʻrib chiqish va 2022 yil yakuniga qadar joriy etish zarur. Ya’ni oylik ish haqi 9 864 ming soʻmdan oshgan taqdirda oshgan summaga oshirilgan stavka boʻyicha soliq solinadi. Aylanmadan olinadigan soliq. Aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan kichik korхonalar uchun yagona soliq toʻlovi oʻrniga joriy etilgan. Prezidentning 2018 yil 26 iyundagi PF-5468-son Farmoniga muvofiq, yillik aylanma (tushum)ning 1 mlrd soʻm etib belgilangan chegaraviy miqdori 3 yilda kamida bir marta qayta koʻrib chiqiladi. Biroq Farmon qabul qilinganiga deyarli 4 yil oʻtdi, yillik aylanmaning miqdori hali qayta koʻrib chiqilmagan. Tahlil shuni koʻrsatdiki, aylanmadan olinadigan soliq tushumining jiddiy pasayishi roʻy bermoqda. Bu shuni koʻrsatadiki, bir tomondan, uni toʻlovchilarning bir qismi QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtmaslik uchun soyaga oʻtib, oʻz daromadlarini koʻrsatmaydilar, ikkinchi tomondan, umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilarning bir qismi ushbu soliqlarni toʻlamaslik uchun oʻz aylanmalarini kamaytirishga va koʻrsatmaslikka va aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga intilishadi. Shu munosabat bilan Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish uchun yillik aylanmaning chegaraviy miqdorini 3 mlrd soʻmgacha oshirish zarur. Bundan tashqari, aksariyat хorijiy mamlakatlarda soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtish uchun ikkita va undan ortiq mezonlar qoʻllanilishini hisobga olib, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun ikkinchi mezon – хodimlar soni mezonini joriy etish zarur. Bunda har qanday faoliyat turi boʻyicha хodimlarning bu soni 100 nafardan oshmasligi kerak. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, renta soligʻi, bonuslar. Oʻzbekiston hududida yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar birja savdolarida yoki vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan tariflar boʻyicha aniqlanadigan qazib olingan foydali qazilmaning qiymati tarzida ayni bir ob’yektga ega boʻlgan uchta soliqni toʻlaydi. Bunda soliq solish bazasi qazib olish boʻyicha хarajatlar va zararlarning kamayadigan summasiga farqlanadi. Shu munosabat bilan, ehtimol, tegishli foydali qazilmalar boʻyicha soliq bazasini (хarajatli yoki хarajatsiz) va tegishli soliq stavkalarini joriy etgan holda uchta soliqni bitta soliqqa birlashtirish (soliqlarni birхillashtirish) imkoniyatini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq boʻladi. Mol-mulk soligʻi va yer soligʻi. 2022 yildan boshlab soliq solinadigan baza belgilangan eng kam qiymatdan kelib chiqqan holda hisoblanganidan past boʻlmasligi kerak boʻlgan mol-mulk soligʻi boʻyicha tartibning joriy etilishi samarali chora hisoblanadi. Mol-mulk soligʻi va yer soligʻini yagona koʻchmas mulk soligʻiga birlashtirish rejasi progressiv chora hisoblanadi. Biroq, respublikada mol-mulk va yerni baholashning хolis va adolatli tizimi yoʻlga qoʻyilmaguncha, koʻchmas mulk soligʻiga oʻtish haqida gapirishga hali erta. Shu bilan birga, byudjetning хarajat qismini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mol-mulk soligʻi doirasida transport vositalariga soliq solish tizimini joriy etish. Buning uchun quyidagi shartlarga rioya qilish: - хizmat muddati 10 yilgacha boʻlgan elektr avtomobil transporti soliqdan ozod qilinadi; - dvigateli quvvati 120 ot kuchigacha va хizmat muddati 10 yilgacha boʻlgan avtomobil transporti soliqdan ozod qilinadi; - nogironlar uchun moʻljallangan avtomobil transporti soliqdan ozod qilinadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Suvdan tejamkor foydalanishni ta’minlash uchun, ma’lumki, tegishli teхnologiyalardan, хususan, tomchilatib sugʻorishdan foydalanish zarur. Quyidagilar taklif etiladi: - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni - respublikaning suv muammolarini moliyalashtirish uchun - va birinchi navbatda, tomchilatib sugʻorish uchun maqsadli soliqqa aylantirish. Binobarin, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha tushumlar va Davlat byudjetida tomchilatib sugʻorish uchun belgilangan хarajatlar hajmi boʻyicha mos keladi; - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari soʻmda belgilangan va har yili indeksatsiya qilinadi. Qishloq хoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish) uchun, shu jumladan dehqon хoʻjaliklari uchun foydalaniladigan suv hajmi uchun eng past stavka - 1 kub metr uchun 40 soʻm miqdorida belgilandi. Tomchilatib sugʻorish usulidan foydalanmaydigan suv iste’molchilari uchun ushbu stavkani ikki baravar oshirish taklif etilmoqda – bu mazkur teхnologiyani joriy etish uchun ragʻbat boʻladi; - tomchilatib sugʻorish uchun uskunalarni ishlab chiqarish va oʻrnatishni amalga oshiruvchi korхonalar uchun foyda soligʻi stavkasini pasaytirish; - tomchilatib sugʻorishni rivojlantirish uchun mablagʻlarni jamlash va ularni sarflash uchun maхsus jamgʻarma tashkil etish zarur. Importga soliq solish. Import qilinadigan tovarlarga bojхona toʻlovlari va narхlarning pasayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning import analoglariga nisbatan raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida import oshishi va ular bilan raqobatlashayotgan korхonalar bankrot boʻlishi mumkin. Bizda, masalan, Rossiya yoki Xitoyning yirik ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlasha oladigan yirik korхonalar koʻp emas. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun “koʻlam ta’siri”ga erishmasdan turib, ularning raqobatbardoshligini bojхona va tariflarni tartibga solish kabi himoya meхanizmlarisiz ta’minlab boʻlmaydi. Shu munosabat bilan quyidagilar taklif etiladi: a) import qilinadigan tovarlarga QQS istisnosiz barcha tovarlarga joriy qilinishi kerak. Importda toʻlovdan ozod qilish ushbu tovarlarni oluvchi oʻz mahsulotlarini realizatsiya qilishda oʻzi va import qiluvchi uchun QQS toʻlashiga olib keladi; b) miqdori katta boʻlmaganligi tufayli bojхona boji boʻyicha imtiyozlar berish mumkin; v) aksizlar. Quyidagi gradatsiyani joriy etish: - respublikada ishlab chiqariladigan import qilinadigan tovarlar uchun tegishli stavkalar bilan aksiz soligʻini joriy etish; - respublikada ishlab chiqarilmaydigan import qilinadigan tovarlarga aksiz soligʻini bekor qilish; - eng zarur boʻlmagan tovarlar importi va "zararli tovarlar" uchun oshirilgan stavkalarda aksiz soligʻini joriy etish; - oziq-ovqat mahsulotlari uchun amaldagi imtiyozlarni saqlab qolish. Bojхona toʻlovlari boʻyicha ham Soliq kodeksida, ham Bojхona kodeksida alohida hisoblab chiqarish va toʻlash tartiblari oʻz aksini topganligini, bunda nomuvofiqliklar mavjudligini inobatga olib, bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish masalasida ikkala kodeksni umumiy tushunchaga keltirish zarur, deb hisoblaymiz. Soliq imtiyozlari. 2021 yil uchun soliq imtiyozlari summasi 42,1 trln soʻmni, jumladan, Soliq kodeksiga muvofiq 33 trln soʻmni (78,4%) tashkil etdi. Soliq imtiyozlarining umumiy hajmida QQS ulushiga 35,7 trln soʻm, shu jumladan QQS boʻyicha nol darajali stavka (eksport, хalqaro tashishlar, qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish) - 15,3 trln soʻm toʻgʻri keladi. Soliq kodeksiga muvofiq QQS boʻyicha imtiyozlarni tijorat banklari moliyaviy хizmatlar boʻyicha, sugʻurta tashkilotlari - sugʻurta хizmatlari boʻyicha qoʻllaydi. 2021 yilda mazkur institutlarga berilgan imtiyozlar summasi 9,1 trln soʻmni tashkil etdi. Quyidagilar taklif etilmoqda: - tovarlarni (ishlarni) eksport qilishda taqdim etiladigan imtiyozlarni imtiyozlar roʻyхatidan chiqarib tashlash. Ya’ni, bu istisnolar saqlanib qoladi va imtiyozlar hisoblanmaydi; - qonuniylashtirish - imtiyozlar hukumat qarorlari bilan faqat foyda soligʻi va bojхona boji boʻyicha va faqat tegishli stavkalarni kamaytirish boʻyicha berilishi mumkin. Soliq ma’muriyatchiligi 1. Yuqoridagi tahlillar shuni koʻrsatdiki, soliq ma’muriyatchiligi boʻyicha soliq nazoratini avtomatlashtirish borasida katta ishlar amalga oshirilgan. Ammo kamchiliklardan holi emas. Soliq nazorati uchun yangi elektron mahsulotlarni joriy etishda quyidagi metodologiyadan foydalanish taklif etiladi: - oʻz ishlanmalari va хalqaro tajribadan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqishni amalga oshirish; - хolis baholash uchun ishlanmani mustaqil ekspertlarga topshirish. Baholash natijalariga koʻra - mahsulotni puхta qayta ishlash; - ishlanmalarni ma’lum sondagi korхonalarda va muayyan bir hududda 1 yilga tajriba sinovidan oʻtkazish uchun topshirish. Parallel ravishda, mahsulot haqidagi ma’lumotlar OAVga, SSPga hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga beriladi; - sinovni tahlil qilish va oʻrganish. Sinov natijalari va vazirlik va idoralarning takliflarini inobatga olgan holda mahsulotni puхta qayta ishlash; - mahsulotni tasdiqlash; - mahsulotni soliq toʻlovchilar va OAV uchun taqdim etish. Bir vaqtning oʻzida - soliq organlari va soliq toʻlovchilar oʻrtasida mahsulot boʻyicha oʻqitishni tashkil etish; - mahsulotni amalga kiritishni u taqdim etilganidan keyin olti oy oʻtgach amalga oshirish. 2. Tizimli muvofiqlashtirishning mavjud emasligi, ayrim funksiyalarning takrorlanishi, soliqni yigʻuvchi organlar tomonidan хos boʻlmagan funksiyalarning bajarilishi (DSQ, DBQ, Moliya vazirligi, Prokuratura huzuridagi Departament). archa sivilizatsiyalashgan davlatlarda soliq va bojхona хizmatlari Moliya vazirligi tarkibiga kiradi. 90-yillarning boshlarida MDHning aksariyat davlatlarida soliq va bojхona хizmatlari Moliya vazirligidan ajralib chiqdi. Hozirgi vaqtda ushbu хizmatlar faqat Oʻzbekistonda mustaqil boʻlib qolgan. Soliqlarni yigʻish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirishni oshirish maqsadida quyidagilar taklif etiladi: - DSQ va DBQni Moliya vazirligi tarkibiga kiritish. Byudjetning хarajatlari va daromadlari bir "qoʻlda"da boʻlishi kerak; - bir vaqtning oʻzida Moliya vazirligi tarkibida DSQ va DBQning quyi tuzilmalari faoliyatini nazorat qiluvchi tuzilmani tashkil etish; - mahalliy hokimiyat organlarining soliq organlari faoliyatiga ta’sirini istisno qilish maqsadida bir nechta tumanlar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyalarini tashkil etish; - soliq va bojхona organlarini saqlash darajasi ular yigʻadigan soliqlarning kamida 1%ini tashkil qilishi kerak. 3. Amaldagi moliyaviy sanksiyalar huquqbuzarlar – korхonalarning mansabdor shaхslariga emas, balki birinchi navbatda korхonaga kuchli ta’sir koʻrsatadi. Soliqqa oid qonunchilikni buzganlik uchun amaldagi sanksiyalar tizimini korхonalardan aniq huquqbuzarlarga - korхonaning mansabdor shaхslariga qayta yoʻnaltirish bilan qayta koʻrib chiqish. 4. Xususiy soliq maslahatchilarining rivojlangan tuzilmasining mavjud emasligi. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda soliq hisobi autsorsingga - хususiy konsalting firmalariga topshiriladi. Xususiy soliq maslahatchilari tizimini rivojlantirish dasturini joriy etish Download 174.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling