Microsoft Word 65. Otaqulova Durdona Rahmonovna 178 48


Download 113.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.04.2023
Hajmi113.35 Kb.
#1275123
  1   2
Bog'liq
65.Otaqulova Durdona Rahmonovna 178 48



TA`LIM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR 
Otaqulova D.R. (2023). Yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning onlayn ilmiy forumi. Raqamli ta’lim 
resruslarini foydalanishda google appsning afzalliklari, 168-169. TATUFF-EPAI. 
168 
RAQAMLI TA’LIM RESRUSLARINI FOYDALANISHDA GOOGLE APPSNING 
AFZALLIKLARI. 
Otaqulova Durdona Rahmonovna 
Navoiy Davlat Pedagogika instituti “Informatika” kafedrasi o‘qituvchisi
Qudratov Hasanali Otabek o‘g‘li 
Matematika-informatika yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya: Ta’limni axborotlashtirish hozirgi kunda jamiyat taraqqiyotining eng muhim 
va dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Kalit so'zlar: Google Apps ,Chromebook,elektron resrus, axborot 
Ta’limni axborotlashtirish hozirgi kunda jamiyat taraqqiyotining eng muhim va dolzarb 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va uning ta’lim 
jarayoniga keng tadbiq etilishi ta’lim ishtirokchilariga yangi imkoniyatlar yaratadi, yangicha 
yondoshuvlarni vujudga keltiradi. 
Ta’lim sohasida raqamli ta’lim resursidan foydalanish o‘qituvchilarga o‘qitishninng 
metodini, tashkiliy shaklini va mazmunini sifatli o‘zgartirish imkonini beradi. Pedagogik faoliyat 
vositalari takomillashtirilmoqda, o‘qitish sifati va samaradorligi ortib bormoqda. Raqamli ta’lim 
resursi an’anaviy o‘qitish vositalariga nisbatan juda ko‘p afzalliklarga ega.[1] 
Raqamli ta’lim resurslarining maqsadi axborot jamiyatida o‘quvchilarning intellektual 
imkoniyatlarini mustahkamlash, shuningdek, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim 
sifatini oshirishdan iborat. 
Raqamli ta’lim resursidan foydalanishning quyidagi asosiy pedagogik maqsadlarini 
ajratib ko‘rsatish mumkin: 
- zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quv jarayonining barcha 
darajalarini faollashtirish (o‘quv jarayonining samaradorligi va sifatini oshirish; fanlararo 
aloqalarni chuqurlashtirish; kerakli ma’lumotlarni qidirish hajmini oshirish va optimallashtirish; 
kognitiv faoliyat faolligini oshirish); 
- talaba shaxsini rivojlantirish, shaxsni axborot jamiyatida qulay hayotga tayyorlash (har 
xil fikrlash turlarini rivojlantirish; kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish; kompyuter 
grafikasi, multimedia texnologiyasidan foydalanish orqali estetik tarbiya; axborot madaniyatini 
shakllantirish, axborotni qayta ishlash qobiliyati). 
Dars bosqichlarida, asosiy o‘qitish ta’siri va nazorati kompyuterga o‘tkazilganda, 
o‘qituvchi o‘quvchilar kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu o‘qituvchiga o‘z boshqaruv 
faoliyatini loyihalash va o‘quvchilarning bilim olishga ijodiy munosabatini bosqichma-bosqich 
rivojlantirish imkonini beradi. 
Raqamli ta’lim resursi imkoniyatlarini talabaning qobiliyatlarini aniqlash va 
rivojlantirishga, ko‘nikma va o‘rganish istagini shakllantirishga yordam berishi mumkin. 
Bugungi kunda raqamli ta’lim resruslardan foydalanishda Google Apps ilovalaridan keng 
foydalanilmoqda. Ta’lim uchun Chromebook – Google ning ta’limda innovatsiyaga 
yo‘naltirilgan eng muhim loyixalaridan biridir. Malayziya ta’lim vazirligi yaqinda bu loyixaga 
kelib qo‘shildi va 2013 yilda yuqori tezlikdagi internet-dostup 4G df Samsung Chromebook da 
10 000 ta milliy maktablarda joriy qildi.[3,4] Googlening yana bir muhim tashabbusi – bu ta’lim 
uchun Google Play tizimidir, qaysiki o‘qituvchilarga klass komnatalarida yangiroq texnologik 
yechimlarni sekinlik bilan joriy qilish imkonini beradi va o‘zlarining o‘quvchilari uchun foydali 
ilovalarini qulay shaklga keltiradi. Google Appsdan foydalanilganda quyidagi afzalliklarga ega 
bo‘ladi: 


TA`LIM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR 
Otaqulova D.R. (2023). Yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning onlayn ilmiy forumi. Raqamli ta’lim 
resruslarini foydalanishda google appsning afzalliklari, 168-169. TATUFF-EPAI. 
169 
- zahira nusxa ko‘chirish ( ma’lumotlar bulutda saqlab qolinadi, xato agar kompyuter 
ishdan chiqqan taqdirda ham); 
- saqlash (bulut barcha turdagi ma’lumotlarni saqlash imkoniyatini foydalanuvchiga 
taqdim etadi); 
- kirish huquqi (bulutdagi ma’lumotlarga kirish, mobil vositasidan kirish); 
- hamkorlik (bulut bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchilarning birgalikda ishlash 
imkoniyatini yaratadi, bu funksiya yordami bilan guruh bo‘lib loyihalarni yaratish, darslarda 
professor – o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida hamkorlikda ishlashini optimal rejalashtirish 
imkoniga ega bo‘linadi); 
- vaqtlar va resurslarga ongli munosabatni shakllanishi (professor – o‘qituvchilarga o‘quv 
materiallarni nusxa olishga vaqt va resurslar sarflashga zaruriyat bo‘lmaydi, talabalar esa o‘quv 
materiallarga onlayn kirish huquqiga ega bo‘ladilar); 
- topshiriqlar (talabalar bulutda o‘zining topshiriqlarini saqlashi, professor – o‘qituvchilar 
esa o‘ziga maqul bo‘lgan vaqtda ularga kirish huquqiga ega bo‘ladilar). 
Raqamli elektron resruslar yaratishda Google Apps ta’lim jarayonida qo‘llashning 
quyidagi afzalliklarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
− iqtisodiy: ko‘pgina ta’lim muassasalari uchun asosiy afzalligi uning tejamliligi 
xisoblanadi. Bu ayniqsa tashqi provayderlarning elektron pochta kabi xizmatlari bepul taqdim 
etilsa muhim ahamiyatga ega. CHunki bu muassasada bu xizmatlarni tashkil etish uchun zarur 
qurilmalar boshqa maqsadlarda ishlatilishi yoki undan voz kechilishi mumkin.
− texnik: apparat ta’minotiga minimal talablar (zaruriy shartlardan biri Internet 
tarmog‘iga mavjudligi etarli xisoblanadi);
− texnologik: ko‘pgina yuqori darajali xizmatlar yoki foydalanishda sodda va oson yoki 
kam qo‘llab-quvvatlashni talab etadi;
− didaktik: xavfsiz aloqani ta’minlovchi va pedagog-talaba xamkorligi imkoniyatlarini 
ta’minlovchi keng spekterli onlayn-instrumentlar va xizmat. 

Download 113.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling