68
Aralash qo‘zg‘atishli motorning qo‘zg‘atish chulg‘amlari
mos ulangan
bo‘lsa, u xuddi parallel qo‘zg‘atishli motordek ishga tushiriladi. Agar
qo‘zg‘atish chulg‘amlari o‘zaro teskari ulangan bo‘lsa, O‘TMni
ishga
tushirish qiyinlashib qoladi. Bu holda ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami
butun ishga tushirish jarayoni davomida shuntlanadi (qisqa tutashtiriladi).
Sinov savollari
1. O‘zgarmas tok motorini tuzilishi va ishlash printsipi.
2. Motorning EYK tеnglamasini yozing.
3. Motor qanday ishga tushiriladi? Yurgizish rеostatining vazifasi
4. Motorning aylanish yo‘nalishini qanday o‘zgartiriladi?
5. Parallеl qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok
motorini aylanish tеzligini
rostlashning qanday usullari bor?
6. Ishlab turgan motorning qo‘zg‘atish chulg‘ami uzilsa nima bo‘ladi?
8-laboratoriya ishi
Parallel va aralash qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorini
tekshirish
1. Ishni bajarishdan maqsad
1. Parallel va aralash qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori (O‘TM) ning
tuzilishi va ishlashi bilan tanishish.
2. Parallel va aralash qo‘zg‘atishli O‘TM ni ishga tushirish, ish tavsifini
o‘rganish.
2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar
1. Parallel va aralash qo‘zg‘atishli hollar uchun O‘TM ning ish tavsiflari
I
ma
,M,n,=f (P
2
),
kuchlanish U
ma
=U
n
=const va qo‘zg‘atish toki
i
q
=i
qn
=const (demak, R
qp
=const) bo‘lganda:
A) parallel qo‘zg‘atishli;
B) to‘g‘ri ulangan aralash qo‘zg‘atishli;
V) teskari ulangan aralash qo‘zg‘atishli sxemalarda olish.