Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
«Biz ularning ustiga davomli nahs kunida bir dahshatli bo’ronni yubordik»
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 137-bob. Yulduz uchganda aytiladigan zikrlar
«Biz ularning ustiga davomli nahs kunida bir dahshatli bo’ronni yubordik»
(Qamar surasi, 19-oyat); «Biz ularning ustiga tug’mas (foydasi yo’q) bo’ronni yuborgan edik» (Vaz- zoriyot surasi, 41-oyat); Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 125 «Biz shamollarni (bulutlarga) homilador bo’lgan hollarida yubordik» (Hijr surasi, 22-oyat); «(Allohning qudrati ilohiyiga dalolat qiladigan) oyatlaridan (biri) – (yomg’ir haqida) xushxabar olib keluvchi shamollarni yuborishidir» (Rum surasi, 46-oyat). 461/8. Imom Shofe’iy aytadilar: «Bir kishi Rasululloh alayhissalomga kambag’alligidan shikoyat qilganida, u zot: «Sen shamolni so’kkansan, shekilli» dedilar». Imom Shofe’iy bu hadis sharhida: «Biror kishi shamolni so’kishi joiz emas. Chunki ular Allohga itoat qiluvchi maxluq va askarlarning biridir. Uni xohlasa, rahmatga aylantirishi, yana xohlasa, o’ch qilishi mumkin», deganlar. 137-bob. Yulduz uchganda aytiladigan zikrlar 462/1. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Agar yulduz uchsa, unga qaramaslikka va: «Ma sha`allohu la quvvata illa billah», deb aytishga buyurildik». (Ma’nosi: Alloh nimani xohlasa, bo’ladi. Allohdan boshqada biror quvvat yo’q.) Ibn Sunniy rivoyatlari 138-bob. Yulduz va chaqmoqga qarab ishora qilmaslik xususida Urva ibn Zubayr (r.a.) aytadilar: «Agar birortangiz chaqmoq yoki yomg’irni ko’rsa, unga ishora qilmasin, balki uni sifatlasin». Imom Shofe’iy «Al-umm» kitoblarida rivoyat qilganlar va: «Hali ham arablar ishora qilishni karih ko’rishadi», deganlar. 139-bob. Momaqaldiroq ovozini eshitganda aytiladigan zikrlar 463/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar momaqaldiroq va gumburlagan chaqmoq ovozini eshitsalar: «Allohumma la taqtulna big’ozobika va la tuhlikna bi’azabika va ‘afina qobla zalika», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey Rabbim, g’azabing bilan bizni o’ldirma, azobing bilan halok qilma va ana shundan (ya’ni, jonimizni olishingdan) oldin bizni ofiyatda qil). Imom Termiziy zaif isnod ila rivoyat qilganlar. 464/2. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) momaqaldiroq gumburlaganini eshitsalar, gapdan to’xtab: «Subhanalziy yusabbihur ro’du bihamdihi val malaikatu min xiyfatih», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Allohni poklab yod etaman. Momaqaldiroq Allohga hamd aytish bilan tasbih aytur. Farishtalar ham undan qo’rqib tasbih aytur.) Imom Molik «Muvatto’» kitobida sahih isnod ila rivoyat qilganlar. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 126 466/2. Rasululloh (s.a.v): «Duolar ijobatini askarlar dushmanga yo’liqqanda, namozga turilganda va yomg’ir yog’ayotganda talab qilinglar», dedilar. Imom Shofe’iy «Al-umm» kitoblarida mursal holda rivoyat qilganlar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling