Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Yomg’irdan keyin aytiladigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
141-bob. Yomg’irdan keyin aytiladigan zikrlar
467/1. Zayd ibn Xolid Juhaniy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hudaybiyada kechasi yoqqan yomg’irdan namiqqan yerda bizga bomdod namozini o’qib berdilar. Namoz tugaganidan keyin odamlarga yuzlanib: «Parvardigorlaringiz nima deb aytganini bilasizlarmi?» dedilar. Sahobalar: «Alloh va Uning rasuli bilguvchiroq», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo bandalarim Menga mo’min yoki kofir bo’lgan holda tong ottiradilar. Kim, Allohning fazli va rahmati sababli yomg’ir yog’dirildi, desa, ana shu kishi Menga iymon va sayyoraga kufr keltirgan bo’ladi. Ammo kimiki sayyoradagi undoq va bundoq o’zgarishlar sababli yomg’ir yog’dirildi desa, ana shu kishi Menga kufr va sayyoraga iymon keltirgan bo’ladi dedi», dedilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari 142-bob. Yomg’irning zararidan qo’rqilganda o’qiladigan duolar 468/1. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Bir kishi juma kuni masjidga kirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tik turib xutba aytayotgan edilar. Haligi kishi: «Ey Rasululloh, mollar halok bo’lib, ko’chalar huvillab qoldi. Allohdan so’rab bering, bizga yomg’ir yuborsin», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo’llarini ko’tarib: «Allohumma ag’isna, Allohumma ag’isna, Allohumma ag’isna», (Ey Rabbim, yomg’ir ber, ey Rabbim, yomg’ir ber, ey Rabbim, yomg’ir ber), dedilar. O’shanda osmonda biror to’p yo tarqoq bulut yo’q edi. Bizga Sal’ tog’i shundoq ko’rinib turardi, o’rtamizda biror uy, hovli yo’q edi. Ana shu tog’ orqasidan qalqondek bir bulut chiqib, osmon o’rtasiga kelib yoyildi, so’ng yomg’ir yog’di. Allohga qasamki, (ko’p yoqqanidan) bir qancha payt quyosh ko’rinmay qoldi. Haligi kishi kelasi jumada yana o’sha eshikdan kirib keldi. Rasululloh o’shanda ham tik turib xutba aytayotgan edilar. U: «Ey Rasululloh, mollar halok bo’lib, ko’chalar huvillab qoldi. Allohga duo qiling, yomg’irni to’xtatsin», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qo’llarini ko’tarib: «Allohumma havaliyna va la ‘alayna Allohumma ‘alal akami vazzirobi va butunil avdiyati va manabitish shajari» (Ey Rabbim, atrofimizga yog’dir, ustimizdan yog’dirma, ey Rabbim, uni tepaliklarga, tog’larga, vodiylarga, daraxtzorlarga yog’dir), dedilar. Keyin yomg’ir to’xtadi, biz ko’chaga chiqdik va quyosh nuri ostida yurib ketdik». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling