Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
meni yetkaz, gunohlarimni kechir, toat ahlingga bergan narsangni menga ham ber. 
Albatta, Sen har narsaga qodir zotsan.) 
Minodan Arofatga ketayotganda, ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ilayka tavajjahtu va vajhakal kariyma arodtu faj’al zanbiy mag’furon va 
hajjiy mabruron varhamniy va la tuxayyibniy innaka ‘ala kulli shay`in qodiyr». (Ma’nosi: 
Ey Allohim, Senga yuzlandim, mukarram yuzingni iroda qildim. Gunohlarimni mag’firat, 
hajimni qabul qil. Menga rahm ayla, noumid qilma, albatta, Sen har narsaga qodir 
zotsan.) 
Bu duodan tashqari talbiya, Qur’on tilovati va boshqa duo-zikrlar bilan ham mashg’ul 
bo’ladi. Shuningdek:
«Allohumma atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar»ni 
aytadi. 
Arafotda aytilishi mustahab bo’lgan duo va zikrlar 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Duolarning eng yaxshisi arafa 
kunidagisidir. Men va mendan oldingi payg’ambarlar aytgan narsalarning eng yaxshisi
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala 
kulli shay`in qodiyr»dir». 
Arafotda zikr va duolar ko’paytiriladi. Chunki bu kun yilning duo qilish uchun eng yaxshi 
fursatidir, hajning eng ulug’ amali, maqsadi va e’timod qilinganidir. Shundoq ulug’ kunda 
banda zikr, duo, Qur’on tilovatiga o’zi, ota-onasi, qarindoshlari, do’stu birodarlari va 
jamiki musulmonlar haqqiga duo qilishga bor kuch-quvvatini sarf etadi, ulug’ kunning 
buyuk imkoniyatlaridan bebahra qolib, vaqtini behuda o’tkazishdan o’zini saqlaydi. U 
kunda duolar saj’ -- qofiya bilan aytilmaydi. Chunki saj’ qalbdan xushu’ va xuzu’ni, o’zni 
xor tutish kabi narsalarni ketkazadi. Lekin yodlangan duolar qofiyali bo’lsa, zarari yo’q. 
Duo qilayotganda ovozini pasaytirib aytish sunnatdir. Yana shu kunda chin qalbdan 
istig’for aytiladi, tavba qilinadi. Duolar takror-takror aytilaveradi. Duolar Allohga hamdu 
sano va Rasululohga salovot va salom aytish bilan tugatiladi. Duo qilayotganda, albatta, 
tahoratli bo’lib, qiblaga yuzlangan holda turiladi. 
489/2. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam arafa kuni o’sha 
joyda:
«Allohumma lakal hamdu kallaziy naqulu va xoyron mimma naqulu, Allohumma laka 
solati va nusukiy va mahyaya va mamatiy va ilayka maaliy va laka robbi turosiy
Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabil qobri va vasvasatis sodri va shattotil amri, 
Allohumma inniy a’uzu bika min sharri ma tajiy’u bihirriyhu», deb ko’p aytar edilar». 
(Ma’nosi: Allohim, aytgan narsalarimizda va aytgan narsalarimizning yaxshisida Senga 
hamd bo’lsin. Ey Rabbim, namozim, hajim, hayotu mamotim Sen uchundir. Oqibatim va 
merosim ham Sengadir. Ey Rabbim, Sendan qabr azobidan, qalb vasvasasidan va ishlar 
har turlik bo’lib ketishidan panoh tilayman. Allohim, Sendan noming ila shamol olib 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling