Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Yaxshi kishilardan vasiyat talab qilishning yaxshiligi haqida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
171-bob Yaxshi kishilardan vasiyat talab qilishning yaxshiligi haqida 529/1. Abu X,urayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, men safar qilishni xohlayman, menga vasiyat qiling», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Senga Allohdan taqvo qilishingni va har bir balandlikka ko‘tarilishda takbir aytishingni vasiyat qilaman», dedilar. Xdligi kishi orqasiga qaytib ketganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 148 «Allohumma itvi lahul ba’iyda va havvin ‘alayhis safara», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohim, uzog‘ini yaqinlashtirgin va safarni unga yengil qilgin».) Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari. Muqimning musofirga yaxshi makonlarda o‘zining haqqiga duo qilishini vasiyat etishining yaxshiligi haqida 530/1. Umar ibn Xattob (r.a.)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan umra qilishga izn so‘radim. U zot izn berib: «Ey birodar, duoingda bizni unutmagin», deb aytdilar. Ana shunda menga shunday so‘z aytdilarki, u so‘zni dunyoga alishtirish meni xursand qilmas edi», deb aytdilar». Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari. Boshqa bir rivoyatda esa: «Ey birodar, duoingda bizni ham sherik qilgin», deb aytdilar, deyilgan. 173-bob Ulovga (mashina va shunga o‘xshash narsalar) minayotganda aytiladigan zikrlar Alloh taolo Zuxruf surasining 14-oyatida: «Bizlarga bu (kema yoki ot-ulov)ni bo‘ysundirib ko‘ygan Zot (ya’ni, Alloh barcha aybu nuqsondan) pokdir. Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz, bizlar (barchamiz) «Parvardigorimizga qaytguvchidirmiz», degaysizlar», degan. 531/1. Ali ibn Rabiy’adan rivoyat qilinadi. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) otlarini mingani kelib, oyoqlarini ulovga qo‘yganlarida «Bismillah», dedilar. Qachonki, uning ustiga o‘rnashganlarida «Alhamdu lillahillaziy saxxara lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila robbina lamunqolibun», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Bizga bularni bo‘ysundirib qo‘ygan Zotga hamd bo‘lsin. Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Barchamiz Parvardigorimizga qaytuvchidirmiz».) So‘ngra uch marta «Alhamdulillah» va uch marta «Allohu Akbar», so‘ngra «Subhanaka inniy zolamtu nafsiy fag‘firliy innahu la yag‘firuz zunuba illa anta», deb kulib qo‘ydilar. «Ey mo‘minlarning amiri, qaysi narsadan kulyapsiz?» deyilganda, u zot aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham xuddi shu amalni qilib kulganlarida, «Ey Rasululloh, nima narsadan kuldingiz?», deganimda, u zot: «Albatta Rabbing biror banda gunohimni kechir, deb aytsa, U: «Mendan boshqasi kechira olmasligini biladi», deb ajablanadi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasaiylar rivoyatlari. 532/2. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga chiqadigan bo‘lib, ulovlariga o‘rnashib olganlaridan keyin uch marta takbir aytar, so‘ngra «Subhanallaziy saxxara lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila robbina lamunqolibun. Allohumma inna nas’aluka fiy safarina haza al-birro vattaqva va minal ‘amali ma tarzo, Allohumma havvin ‘alayna safarana haza vatvi ‘anna bu’dahu, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling