Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com kutubxonasi 
149
Allohumma antas sohibu fissafari valxaliyfatu fil ahli. Allohumma inniy a’uzu bika min 
va’sois safari va kaobatil manzari va su'‘il munqolabi fil mali val ahli», deb aytardilar. 
(Ma’nosi: «Bizlarga bu (kema yoki ot-ulov)ni bo‘ysundirib qo‘ygan Zot (ya’ni, Alloh 
barcha aybu nuqsondan) pokdir. Biz o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz, 
bizlar (barchamiz) Rabbimizga qaytguvchidirmiz. Allohim, Sendan bu safarimizda 
yaxshilik va taqvoni hamda Sen rozi bo‘ladigan amalni so‘raymiz. Allohim, bu safarimizni 
bizga yengil qilib, uzoqligini yaqin qilgin. Allohim, safardagi yo‘ldosh ham, xonadonda 
qoluvchi o‘rinbosar ham Uzingdirsan. Allohim, men Sendan safar mashaqqatlaridan, 
mahzunlik manzarasi va molu-mulk, oilaga yetadigan ziyon-zahmatdan panoh 
berishingni so‘rayman».) 
Agar safardan qaytsalar, yuqoridagi duoni aytib, quyidagilarni qo‘shimcha qilardilar: 
«Oyibuna, toibuna, obiduna, lirobbina hamiduna». (Ma’nosi: «(Biz) qaytuvchi, tavba 
qiluvchi, ibodat qiluvchi va Rabbimizga hamd aytuvchilarmiz».) Muslim rivoyatlari. 
Abu Dovud rivoyatlarida esa: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va askarlari agar 
balandlikka ko‘tarilishsa, takbir, agar pastlikka tushishsa, tasbeh aytishar edi» 
ko‘shimchasi keltirilgan. 
533/3. Abdulloh ibn Sarjisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
agar safar qilsalar, safar mashaqqati, xafalik yetishi, istiqomat yoki ziyodalikdan 
noqislikka qaytish, mazlumning duosi va molu mulk, oilaga yetadigan yomon 
manzaralardan panoh tilardilar. Muslim rivoyatlari. 
534/4. Abdulloh ibn Sarjisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
agar safar qilsalar, 
«Allohumma antas sohibu fissafari val xaliyfatu fil ahli. Allohumma inniy a’uzu bika min 
va’sois safari va kaobatil munqolabi va minal havri ba’dal kavni va min da’vatil mazlumi 
va min su'il manzari fil ahli val mali», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sen safardagi 
yo‘ldosh va xonadonda qoluvchi o‘rinbosardirsan. Allohim, men Sendan safar 
mashaqqatini, xafalik yetishi, istiqomat yoki ziyodalikdan noqislikka qaytish, mazlum 
duosi va molu-mulk, oiladagi yomon manzaradan panoh tilayman».) Termiziy, Nasaiy, 
Ibn Mojalar rivoyatlari. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling