Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
«Allohumma lakash sharafu ‘ala kulli sharafin va lakal hamdu ‘ala kulli hol», deb 
aytardilar. ( Ma’nosi: «Har balandlikda Seni ulug‘lash va har holatda Senga hamd aytish 
bor».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
177-bob Takbir va shunga o‘xshash narsalarda ovozni balandlatib, mubolag‘a 
etishdan man qilish haqida 
Yuqoridagi bobdagi Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) qilingan rivoyat mana shu bobimizga 
ham dalil bo‘ladi. 
 
178-bob Tuya tez yurishi va rohatlanishi hamda yo‘li ravon bo‘lishi uchun 
xirgoyi qilib haydab borish to‘g‘risida 
Bu haqda ham mashhur hadislar ko‘pdir. 
 
179-bob Hayvon qochib ketganda aytiladigan narsalar 
542/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar sizlardan biringizning ulovi cho‘lda yechilib qochib ketsa
«Ya ibadalloh ahbisu ya ibadalloh ahbisu» (ya’ni, ey Allohning bandalari, ushlanglar), 
deb aytsin. Chunki Allohning yerda to‘suvchilari bordir. Ushalar uni ushlab berishadi», 
dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
Ilmdagi ba’zi ulug‘ shayxlarimizning menga hikoya qilishlaricha, ularning xachirlari 
qochib ketdi. Bu hadisni bilishar edi. Shu hadisdagi so‘zni aytishganida, o‘sha zahoti 
Alloh taolo uni hibs ettirdi. 
Men ham bir jamoa bilan ketayotgan edim. Ulardan birining hayvoni qochib ketdi. Uni 
tutishdan ojiz qolganda mana shu duoni o‘qidim. Shu duoim sababli haligi hayvon o‘sha 
zahoti to‘xtab qoldi. 
 
180-bob (Minilishi) qiyin bo‘lgan ulovda aytiladigan duo 
543/1. Mashhur tobe’inlardan Abu Abdulloh Yunus ibn Ubayd ibn Dinor al-Basriy 
aytdilar: «Kishi (minilishi) qiyin bo‘lgan ulovning qulog‘iga 
«Afag‘oyra diynillohi yabg‘una valahu aslama man fissamavati val arzi tov’an va karhan 
va ilayhi yurja’un», desa, Allohning izni bilan to‘xtab qoladi». Ibn Sunniy rivoyatlari. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling