Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Kishilardan yoki boshqa narsadan xavfga tushganda aytiladigan zikr
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
182-bob Kishilardan yoki boshqa narsadan xavfga tushganda aytiladigan zikr 546/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror qavmdan qo‘rqsalar, «Allohumma inna naj’aluka fiy nuhurihim va na’uzu bika min shururihim», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, biz Seni ularga ro‘baro‘ qo‘yamiz va Sening noming ila yomonligidan panoh tilaymiz».) Abu Dovud va boshqalar rivoyatlari. 183-bob Musofirga jin yoki shayton turli suratda zohir bo‘lsa aytiladigan zikrlar 547/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarga jin yoki shayton biror suratda ko‘rinsa, azon aytinglar», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Bundan maqsad uning yomonligini azon aytish bilan daf etishdir. Chunki shayton agar azon ovozini eshitgudek bo‘lsa, orqa o‘girib ketadi. Biz bunga o‘xshash zikrlarni «Favquloddagi holatlarda qilinadigan duo va zikrlar kitobi»ning avvalida zikr etganmiz. Va yana shu holat yuzaga kelsa, jin va shaytonlarni daf etishga taalluqli Qur’ondagi oyatlarni o‘qish lozim bo‘ladi. 184-bob Biror manzilga tushganda aytiladigan zikrlar 548/1. Xavla binti Hakimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 153 «Kimki bir manzilga tushib «A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», deb aytsa, toinki boshqa manzilga ko‘chgunicha biror narsa zarar yetkaza olmaydi», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohimning hamma kalimalari bilan U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman».) Imom Muslim, Imom Molik va Termiziylar rivoyati. 549/2. Abdulloh ibn Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar safar qilsalar, ana shu kuni kechasi «Ya arzu robbiy va robbukillahu, a’uzu billahi min sharriki va sharri ma fiyki, va sharri ma xuliqo fiyki, va sharri ma yadibbu ‘alayki, A’uzu bika min asadin va asvada va minal hayyati val ‘aqrabi va min sakinil baladi va min volidin vama valada», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey yer, mening va sening Rabbing Allohdir. Allohning nomi bilan sening yomonligingdan, sendagi yomonlikdan, senda xalq qilingan yomonlikdan, senda sudralib yuradiganlarning yomonligidan panoh tilayman. Va yana sherdan, shaxslardan, ilondan, chayondan, yerda yashovchi jinlardan, iblis hamda shaytondan panoh tilayman».) Abu Dovud rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling