Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
154 187-bob Uz shahrini ko‘rganda aytiladigan duo Yuqorida keltirilgan 544-545 va Anasdan (r.a.) rivoyat qilingan 550-raqamdagi duolarni o‘qib, so‘ngra «Allohumma ij’al lana biha qaroran va rizqon hasanan», deb aytmoqlik mustahab amaldir. (Ma’nosi: «Allohim, bizga bu yerni qaror qilib, rizqimizni yaxshi etgin».) 188-bob Safardan kelib uyiga kirganda aytiladigan zikrlar 552/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar safardan qaytib, ahllari huzuriga kirsalar, «Tavban-tavban lirobbina avban, la yug‘odiru havban», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Qaytganimizda Rabbimizga tavba-tavba, deb ayturmiz. (Biror) gunoh qoldirmasligini so‘raymiz».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 189-bob Safardan kelgan kishi uchun aytiladigan duo Safardan kelgan kishiga «Alhamdu lillahillaziy sallamaka», yoki «Alhamdu lillahillaziy jama’a ashshamla bika» yoki shunga o‘xshash hamdlarni aytish mustahab amaldir. Chunki Alloh taolo: «Agar shukr qilsalaringiz, ziyoda qilaman», deb aytgan. (Ma’nosi: «Seni salomat qilgan Allohga hamd bo‘lsin. Yoki sen bilan to‘plab, jam qilgan Allohga hamd bo‘lsin».) Bunga yana quyidagi bobda Oisha onamizdan rivoyat qilingan hadisni ham ko‘shish mumkin: 190-bob G‘azotdan kelgan kishiga aytiladigan duo 553/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘azotdan kelib, uyga kirganlarida, u zotga peshvoz chiqib, qo‘llaridan ushladim-da, «Alhamdu lillahillaziy nasoraka va a’azzaka va akromaka», deb aytdim. (Ma’nosi: «Sizga nusrat berib, aziz qilib, hurmat etgan Allohga hamd bo‘lsin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. Hajdan kelgan kishiga aytiladigan va hoji aytadigan zikrlar 554/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir bola Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Rasululloh, men haj qilishni xohlayman», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u bilan birga yurib, «Ey bola, «Zavvada kallohut taqva, va vajjahaka filxoyri va kafakal hamma», dedilar. (Ma’nosi: «Alloh taqvoingni ziyoda etib, yaxshilikka yuzlantirib, g‘amdan o‘zi kifoya qilsin».) Qachonki, u bola hajdan qaytib kelganida, Rasulullohga salom berdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey bola, «Qabalallohu hajjaka va g‘ofara zanbaka va axlafa nafaqotaka», dedilar (Ma’nosi: «Alloh hajingni qabul qilsin, gunohingni kechirib, nafaqangni to‘ldirsin»). Ibn Sunniy rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 155 555/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma ig‘fir lil hojji va liman istag‘faro lahul hojju», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, hojini hamda hoji istig‘for aytgan kishilarning gunohini kechir».) Bayhatsiy rivoyatlari. Hokim bu hadisni Imom Muslim shartlariga binoan sahih, deganlar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling