Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun
yaxshiroqdir. Shoyad, eslatma-ibrat olsangizlar» (Nur surasi, 27-oyat). «Qachon go‘daklaringiz balog‘atga yetsalar, bas, ular ham xuddi ulardan ilgari (balogatga yetganlar) kabi izn so‘rasinlar! Alloh Uz oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir» (Nur surasi, 59-oyat). «(Ey Muhammad), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar keldimi?» (Vaz-Zoriyot surasi, 24-oyat). Bilingki, salomning asli Qur’on, sunnat hamda ijmo’da sobitdir. Ammo uning masala va furu’larini ihota qilish kitobxon uchun ko‘plik qiladi. Shuning uchun yengil boblarda maqsadni qisqa holda, inshaalloh, bayon etdim. Alloh shuni hidoyat etsin hamda yuqoridagi rivoyatlarni mavzuimizga muvaffaq qilsin. 212-bob Salomning fazli va uni ochiq aytishga buyurish to‘g‘risida 599/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Islomdagi qaysi amal yaxshi?» deganida, u zot: «Qorni ochlarni to‘ydirishing hamda tanigan va tanimagan kishiga salom berishing», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 600/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo Odamni o‘z suratida, uzunligi oltmish ziro’ (gaz) qilib xalq qildi. Qachonki, uni xalq qilib bo‘lgach, u kishiga «Ana bu o‘tirgan bir necha farishta oldiga borgin-da, salom bergin, so‘ngra ularning senga oladigan aligini yaxshilab eshitgin, chunki bu senga va sendan tarqaladigan zurriyotlaringga yo‘llangan salom bo‘ladi», dedi. Odam Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 166 alayhissalom borib: «Assalomu alaykum» («Sizlarga salom»), dedilar. Farishtalar: «Assalomu ‘alayka va rahmatullohi» («Senga ham salom va Allohning rahmati bo‘lsin»), deb «rahmatullohi»ni ziyoda qilishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 601/3. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yetti narsaga buyurdilar: 1. Kasalni borib ko‘rmoqni; 2. Janozada qatnashmoqni; 3. Aksa urganga javob qaytarmoqni; 4. Kuchsizga yordam bermoqni; 5. Mazlumga ko‘mak bermoqni; 6. Salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoymoqni; 7. Qasamga vafo qilmoqni. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 602/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Imon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar. Bir-biringizga muhabbat qilmaguningizcha imonli bo‘la olmaysizlar. Agar amal qilsangiz, o‘rtalaringizda muhabbat paydo etadigan narsaga sizlarni dalolat qilaymi? U oralaringizda salomni yoymoqligingizdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 603/5. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey insonlar, salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan (kambagallarni) taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz o‘qing, jannatga omon holatda kirasizlar», dedilar. Doramiy, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyatlari. 604/6. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam salomni yoymoqqa buyurdilar». Ibn Moja va Ibn Sunniylar rivoyatlari. 605/7. Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talhadan rivoyat qilinadi. Tufayl ibn Ubay ibn Ka’b Abdulloh ibn Umarning (r.a.) huzurlariga kelib, u zot bilan birga bozorga borishar edi. Tufaylning xabar berishlaricha, «Bozorga borarkanmiz, Abdulloh ibn Umar biror ichak- chavoqlarni sotuvchi yoki do‘kondor yoki biror miskinga yo‘liqsalar, ularga salom berardilar». Tufayl aytdilar: «Kunlarning birida Abdulloh ibn Umarning oldilariga bordim. Meni o‘zlari bilan bozorga ergashtirdilar. U zotga «Bozorda nima qilasiz, baribir oldi-sotdi qilmasangiz, narxlarini so‘rab, baholashmasangiz va bozor majlislarida o‘tirmasangiz?» desam, u zot: «Sen bilan bu haqda ana bu yerda gaplashamiz», dedilar-da, «Ya abobatn» («ey qorin otasi»), dedilar (ya’ni, Tufaylning qorinlari katta bo‘lgani uchun shunday atadilar). So‘ng yana: «Biz bu yerga salom sababli, ya’ni yo‘likqan kishilarimizga salom berish uchun kelamiz», dedilar». (Abdulloh ibn Umar (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tiriltirish uchun birortasini qoldirmay mana shunday amal qilishda boshqa sahobalardan ajrab turardilar... - tarj.) Imom Molik «Muvatto» kitoblarida rivoyat qilganlar. 606/8. Ammor (r.a): «Kimki o‘zida uch narsani jamlasa, imonning barchasini jamlabdi: 1. Nafsiga insof qilmoq; 2. Olamga salomni tarqatmoq. (ya’ni, tanigan va tanimagan kishilariga salom bermoq.); 3. Tanqislikda (molidan) infoq qilmoq», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling