Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
192 nafslarimiz yomonligidan panoh tilaymiz. Kimniki Alloh hidoyat qilsa, uni adashtiruvchi yo‘q. Kimniki adashtirsa, uni hidoyatga eltuvchi yo‘q. Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik beraman. Va albatta Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning quli va rasulidir. Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini (Havvoni) vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko‘p erkak va ayollarni tarqatgan Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Yana oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi solinadigan Allohdan ko‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ajralib ketishdan saqlaningiz), albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo‘lgan Zotdir. Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat musulmon bo‘lgan hollaringda dunyodan o‘tinglar. Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar, to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar, (shunda Alloh) ishlaringizni o‘nglar va gunohlaringizni mag‘firat qilur. Kim Allohga va Uning payg‘ambariga itoat etsa, bas, u ulug‘ baxtga erishibdi»). Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar sahih isnod ila rivoyat qilishdi. Bu Abu Dovud rivoyatlari lafzidan biri. Abu Dovudning yana boshqa bir rivoyatida «va rasuluhu» so‘zidan keyin «Arsalahu bilhaqqi bashiran va naziron bayna yadayis so’ati man yuti’illaha va rasulahu faqod roshada vaman ya’sihima fainnahu la yazurru illa nafsahu va la yazurrulloha shay’a» jumlalari keltirilgan. (Ma’nosi: «Uni (ya’ni, payg‘ambarni) qiyomat qoim bo‘lishidan oldin haq ila jannatning xursandlik xabarini beruvchi va do‘zaxdan ko‘rqitib, undan ogohlantiruvchi etib yubordi. Kimki Allohga va Uning rasuliga itoat etsa, batahqiq to‘g‘ri yo‘lda bo‘libdi. Kimki Alloh va rasuliga osiylik qilsa, faqat o‘z nafsiga ziyon qilibdi. Allohga biror narsa bilan zarar keltira olmaydi».) Sohiblarimiz bu zikrlarga qo‘shib «Uzavvijuka ‘alama amarallohu bihi min imsokin bima’rufin av tasrihin biihsanin», deb aytish ham mahbub amaldir, deb aytishdi. (Ma’nosi: «Alloh buyurganidek, yaxshilik ila ushlab turish yoki yaxshilik ila ko‘yib yuborish shartiga binoan senga qizimni uzataman».) Bu xutbalarning eng ozi «Alhamdu lillahi vassalatu ‘ala rasulillah sollallohu alayhi vasallam uvsiy bitaqvalloh», deb aytishdir. (Ma’nosi: «Allohga hamd, Rasulullohga salavot va Allohga taqvo qilishingni vasiyat qilaman».) Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling