Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
230 jannatlar xushxabarini berurki, u jannatlarda doimiy ne’matlar bordir» (Tavba surasi, 21-oyat). Xursandchilik xabarini berish haqida vorid bo‘lgan sahih hadislar ham juda ko‘p. Bulardan - Jannatda Xadichaga (r.a.) qamishdan qurilgan uy haqida xushxabar berilishi. U uyda charchash ham, shovqin ham bo‘lmaydi. Va yana ikki «Sahih» kitobida Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilingan tavba qissasidir. U zot shunday dedilar: «Baland ovoz bilan «Ey Ka’b, xursandchilik xabarini ber», deb qichqiruvchining ovozini eshitdim. Insonlar bizga xushxabar bera boshlashdi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iqtido qilib namoz o‘qishga borsam, kishilar jamoat-jamoat bo‘lib, meni tavba bilan tabriklab, «Alloh tavbangni qabul qilgani bilan qutlaymiz», deb tabriklashdi. Masjidga kirsam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atroflarida odamlar turishgan ekan. Talha ibn Ubaydulloh turib yugurib keldi. Ko‘l berib so‘rashdi-da, tabrikladi. Talha qilgan bu ishni hech unutmayman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom bersam, u zot xursand bo‘lganlaridan yuzlari yaraqlab ketdi. Va: «Onangdan tug‘ilganingdan beri o‘tgan kunlarning eng yaxshisi bilan xursandlik xabarini ber», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 311-bob Tasbeh («Subhanalloh»), tahlil («La ilaha illalloh») lafzlari bilan taajjublanish joizligi haqida 864/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot junubliklarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqdilar. Shunda hech kimga bildirmay ketdilar-da, g‘usl qilib keldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa bu zotni yo‘qotib qo‘ydilar. Kelgan vaqtlarida «Qaerda eding, ey Abu Hurayra?» dedilar. Bu zot: «Ey Rasululloh, siz menga yo‘liqqaningizda men junub edim, shuning uchun yuvinmagunimcha siz bilan o‘tirmoqni karih ko‘rdim», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh, mo‘min kishi najas bo‘lmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 865/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hayzdan tozalanish haqida so‘raganida, u zot qanday tozalanishni (quyidagicha) buyurdilar: «Xushbo‘y bir parcha (latta)ni olasan-da, u bilan poklaysan», dedilar. U ayol: «Qanday qilib tozalayman?» deganida, u zot: «U bilan tozalaysan», dedilar. U yana: «Qanday qilib?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh, tozalaysan-da», dedilar. Men u ayolni o‘zimga tortdim-da, «Qonning izidan uni ergashtirib (artasan)», dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 866/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rubay’ning singlisi Ummu Horisa bir kishini jarohatlab ko‘ydi. Shunda ular xusumatlashib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borishdi. U zot: «Qasos, qasos», dedilar. Ummu Rubay’: «Ey Rasululloh, falon ayolga jazo berasizmi? Allohga qasamki, ayol jazolanmaydi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh! Ey Ummu Rubay’, qasos olish Allohning buyrug‘idir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 867/4. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Asirga olingan bir ayolning qissasi haqidagi uzun hadisda keltirilishicha, u ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalarini minib asirlikdan qochib ketdi. Va agar Alloh uni qutqarsa, o‘sha tuyani |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling