Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com kutubxonasi 
231
so‘yishni nazr qildi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qilinganida: 
«Subhanalloh! Mukofot qilgan narsasi muncha ham yomon», deb aytdilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
868/5. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilingan izn so‘rash haqidagi hadisning 
oxirida Umarga (r.a.): «Ey Ibn Xattob, siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
sahobalariga azob beruvchi bo‘lmang», deganlarida, u zot: «Subhanalloh! Men eshitgan 
narsamni ishonchli qilmoqni mahbub ko‘rdim xolos», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
869/6. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilingan uzun hadisda u zotga «Siz jannat 
ahlidanmisiz?» deyilganida, «Subhanalloh, biror kishiga bilmagan narsasini aytmog‘i 
lozim emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
312-bob Yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish haqida 
Bu hakda ko‘p narsalar kelgani va mavqei ulug‘, ammo aksariyat kishilar yengil 
sanashgani uchun bu bob ahamiyatlidir. Buni shu yerda batafsil tadqiq qilish imkoni 
bo‘lmadi. Lekin usul qoidalaridan birortasini buzmadik. Ulamolar bu to‘g‘rida turli 
narsalar tasnif etishdi. «Sahih Muslim» sharhining avvalida bu haqda biroz narsalarni 
jamladim. Bilish lozim bo‘lgan narsalardan ogoh etdim. Alloh taolo bu haqda quyidagi 
oyatlarni nozil qilgan: «Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, 
ibodat - itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat 
bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir» (Oli Imron surasi, 104-oyat);«(Ey 
Muhammad), marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring» (A’rof surasi, 199-oyat); 
«Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, 
yomonlikdan to‘xtatadilar» (Tavba surasi, 71-oyat); «Ular bir-birlarini qilgan 
noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar» (Moida surasi, 79-oyat). 
870/1. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Sizlardan bir kishi munkar (yomon ko‘rilgan) ishni ko‘rsa, qo‘li bilan 
o‘zgartirsin. Agar qodir bo‘lmasa, tili bilan. Agar qodir bo‘lmasa, qalbi bilan (o‘zgartirsin). 
Ana shu (qalbi bilan bo‘lgani) imoni zaifligidandir», deb aytganlarini eshitdim. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
871/2. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jonim 
Uning ko‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, amru ma’ruf va nahiy munkar qilasizlar yoki Alloh 
taolo sizlarga iqob yuboradi. So‘ngra duo qilsangizlar ham ijobat etilmaydi», dedilar. 
Termiziy rivoyatlari. 
872/3. Abu Bakr Siddikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey insonlar, sizlar Allohning 
«Ey mo‘minlar, o‘zingizni bilingiz! (Ya’ni, gunohlardan saqlaningiz!) Modomiki, haq yo‘lni 
tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza olmas», degan so‘zini 
o‘qiysizlar. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Agar ular zolimni ko‘rib, 
ko‘lidan tutmasalar (ya’ni, zulm qilishdan to‘xtatmasalar), Alloh barchalarini to‘plab birga 
jazolaydi», deganlarini eshitganman», dedilar. Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn 
Mojalar rivoyati. 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling