Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ko‘p gumonlardan chetlaninglar»
- «Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron
www.ziyouz.com kutubxonasi
244 sharmanda qilsa, toinki aytgan narsasi chiqquncha, (ya’ni ayblagan kishisining roziligini olib gunohidan pok bo‘lguncha) Alloh taolo uni jahannam ko‘prigida hibs qilib turadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 319-bob Qalb bilan qilinadigan g‘iybat haqida Bilingki, yomon gumon aytilgan yomon so‘z kabi haromdir. Kishining yomonligini boshqalarga aytmoging harom bo‘lgani kabi uni o‘z nafsingga bildirib, yomon gumon qilmoqliging ham haromdir. Bu haqda Alloh taolo Hujurot surasining 12-oyatida «Ko‘p gumonlardan chetlaninglar», deb aytgan. 907/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Gumondan chetlaninglar, albatta gumon gaplarning yolgonidir», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu aytilgan so‘zlardagi ma’noni ifoda etuvchi hadislar ko‘p. Gumon bu qalbda boglashlik va boshqaga yomonlikni hukm qilishdir. Ammo bir fikrga kelmay, ichida gapirsa-yu, qalbida qaror topmasa va unda bardavom bo‘lmasa, bu ulamolar ittifoqi bilan avf qilingandir. Chunki voqe’ bo‘lishda u uchun bu kishida ixtiyor yo‘qdir. Va undan ajralishga yo‘l ham yo‘qdir. Quyida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sahih hadisda sobit bo‘lgandan maqsad ham shu aytgan so‘zimizdir - u zot: «Ummatimdan bo‘lgan kishi ichida bir gapni gapirsa-yu, uni tashiga chiqarmasa yoki unga amal qilmasa, albatta Alloh taolo o‘sha gunohini kechirgandir», deb aytdilar. Ulamolar: «Bundan maqsad fikrida qaror topmagan narsa», deyishdi. Va yana: «Xoh u fikridagi giybat yo kufr yoki boshqasi bo‘lsin, fikrida qaror topmasa, gunohi kechirilgan. Bas, kimning fikriga qasd qilmasdan kufrlik kelsa, o‘sha paytning o‘zida uni daf etsa, kofir ham va boshqa biror narsa ham bo‘lmaydi», deyishdi. Biz «Vasvasa» bobida quyidagi sahih hadisni keltirganmiz: «Sahobalar: «Ey Rasululloh, birortamiz (nafsimizda) gapirish katta bo‘lgan narsani, ya’ni kufr (vasvasasi)ni topadi», deyishganida, u zot: «(Shundoq bo‘lsa ham) u sof imonlikdir», dedilar». (Ya’ni, u faqat shayton vasvasasi, xolos... - tarj.) Zikr qilgan narsalarimizda avf qilinishiga sabab chetlanish uzrli bo‘lgani uchundir. Shuning uchun u fikrda bardavom bo‘lish va qalbda bog‘lash haromdir. Xoh u g‘iybat, xoh boshqa gunohlar bo‘lsin, fikrga keldimi, o‘sha zahoti uni daf etmoq vojibdir. Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitobida quyidagilarni aytganlar: «Agar qalbingda yomon gumon voqe’ bo‘lsa, u shayton vasvasasidir. Bas, sen uni yolg‘onga chiqarmog‘ing lozim bo‘ladi. Chunki shayton fosiqlarning fosig‘idir. Bu haqda Alloh taolo Hujurot surasining 6-oyatida: «Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling