Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Quyosh tutilganda aytiladigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
134-bob. Quyosh tutilganda aytiladigan zikrlar Quyosh yoki oy tutilganda Allohni zikr qilishni ko’paytirib, duolar ila mashg’ul bo’lish sunnatdir. 447/1. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Quyosh va oy Allohning alomatlaridan biridir. U biror kishining o’lishi yoki tug’ilishi tufayli tutilmaydi. Agar ana shunday bo’lganini (tutilganini) ko’rsanglar, Allohga duo qilinglar, takbir aytinglar va sadaqa beringlar», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari «Ikki sahih»da kelgan boshqa bir rivoyatda: «Agar ana shundoq bo’lganini ko’rsanglar, Alloh taoloni zikr qilinglar», deyilgan. Yana Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar shunda biror narsa bo’lganini ko’rsanglar, Allohning zikriga, Unga duo qilishga va istig’for aytishga shoshilinglar», deganlar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari Mug’iyra ibn Sho’’badan (r.a.) rivoyat qilingan rivoyatda esa: «Agar uni ko’rsanglar, Allohga duo qilib, namoz o’qinglar» deyilgan. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 448/2. Abdurahmon ibn Samura (r.a.) rivoyat qiladilar: «Quyosh tutilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo’llarini ko’tarib, namozda turgandek turib, tasbih, tahlil, takbir, hamd aytib duo qildilar. Quyosh ko’ringunicha shunday qildilar. Quyosh ko’ringanidan keyin ikki rak’atlik namozga turib, unda ikkita sura o’qidilar». Imom Muslim rivoyatlari 449/3. Asmodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyosh tutilganida, qullarni ozod qilishni buyurar edilar. Imom Buxoriy rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 122 135-bob. Yomg’ir so’raladigan namozdagi zikrlar Qurg’oqchilik bo’lganida, xuzu’ bilan Allohga o’zini xor tutib, istig’for, zikr va duo qilishi ko’paytiriladi. Ana shu paytda o’qiladigan duolardan biri ushbudir: «Allohumma asqina g’oysan mug’iysan haniy’an mariy’an g’odaqan mujallilan sahhan ‘amman tobaqan daiman. Allohumma alazzirobi va manabitish shajari va butunil avdiyah. Allohumma inna nastag’firuka innaka kunta g’offaro. Faarsilis samaa ‘alayna midroro. Allohumma asqinal g’oysa va la taj’alna minal qonitiyn. Allohumma anbit lanazzar’a va adirro lan azzar’a vasqina min barokatis samai vanbit lana min barokatil arzi. Allohumma irfa’ annal jahda val juv’a val’urya. Vakshif ‘anna minal balai maa laa yakshifuhu g’oyruka». (Ma’nosi: Ey Rabbim, bizni yoqimli, foydali, yaxshi, unumli, qoplaydigan, shaldirab oquvchi, shomil, bir-biriga yopishgan yomg’ir bilan sug’or. Ey Rabbim, bu yomg’irni chekka joylarga, daraxtzorlarga, vodiylarga yog’dir. Ey Rabbim, Senga istig’for aytaman. Albatta, Sen kechiruvchi zotsan. Bizga osmondan ko’p yog’uvchi yomg’irni yubor. Ey Rabbim, bizni yomg’ir ila sug’or va bizni noumidlardan qilma. Ey Rabbim, bizga o’simliklarni o’stir, yomg’irni ko’p miqdorda yog’dir. Osmon barakasidan bizni sug’or. Yer barakasidan o’simliklarimizni o’stir. Ey Rabbim, bizdan qiyinchilik, ochlik, yalong’ochlikni ko’tar. Va bizdan baloni olib tashla, chunki Sendan boshqa kishi olib tashlay olmaydi». Agar qavmning orasida biror solih kishi bo’lsa, uni o’rtaga qo’yib, yomg’ir so’raladi. Ya’ni, «Allohumma inna nastasqiy va natashaffa’u ilayka bi’abdika fulan», deyiladi. (Ma’nosi: Ey Parvardigorim, falonchi bandangning haqqi Sendan yomg’ir so’raymiz.) 450/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot qurg’oqchilik bo’lsa, Abbos ibn Abdulmuttalibni (r.a.) o’rtaga qo’yib: «Ey Rabbim, biz Sendan payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vsallamni o’rtaga qo’yib yomg’ir so’rardik, yomg’ir berar eding. Endi biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakilarini o’rtaga qo’yib, yomg’ir so’raymiz, bizga yomg’ir ber», deb iltijo qilar, Alloh yomg’ir yuborar edi. Imom Buxoriy rivoyatlari 451/2. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasalam “Bavok” nomli joydan kelib: «Allohumma asqina g’aysan mug’iysan, mariyyan sariy’an nofi’an g’oyra zorrin, ‘ajilan g’oyra ojilin» (Bizga yoqimli, tez, foydali, zararsiz, kechikmaydigan yomg’irni yog’dirib, u bilan bizni sug’or), deb aytganlarida, ularga osmondan yomg’ir yog’di. Abu Dovud rivoyatlari 452/3. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar suv talab qilsalar: «Allohumma isqi ‘ibodaka va bahoimaka vanshur rohmataka va ahyi baladakal mayyita» (Ey Rabbim, bandalaring va hayvonlaringni suv ila sug’or, rahmatingni yoy va o’lik shaharlaringni tiriltir), deb duo qilardilar. Abu Dovud rivoyatlari 453/4. Oishadan (r.a,) rivoyat qilinadi. Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yomg’ir yog’mayotganidan shikoyat qilishganida, u zot namozgohga bir minbar qo’yishni buyurdilar va u yerga chiqishga va’da berdilar. Quyosh ko’rina boshlaganida chiqib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling