Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


«Biz ularning ustiga davomli nahs kunida bir dahshatli bo’ronni yubordik»


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

«Biz ularning ustiga davomli nahs kunida bir dahshatli bo’ronni yubordik» 
(Qamar surasi, 19-oyat);
«Biz ularning ustiga tug’mas (foydasi yo’q) bo’ronni yuborgan edik» (Vaz-
zoriyot surasi, 41-oyat);


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
«Biz shamollarni (bulutlarga) homilador bo’lgan hollarida yubordik» (Hijr 
surasi, 22-oyat);
«(Allohning qudrati ilohiyiga dalolat qiladigan) oyatlaridan (biri) – (yomg’ir 
haqida) xushxabar olib keluvchi shamollarni yuborishidir» (Rum surasi, 46-oyat). 
461/8. Imom Shofe’iy aytadilar: «Bir kishi Rasululloh alayhissalomga kambag’alligidan 
shikoyat qilganida, u zot: «Sen shamolni so’kkansan, shekilli» dedilar». 
Imom Shofe’iy bu hadis sharhida: «Biror kishi shamolni so’kishi joiz emas. Chunki ular 
Allohga itoat qiluvchi maxluq va askarlarning biridir. Uni xohlasa, rahmatga aylantirishi
yana xohlasa, o’ch qilishi mumkin», deganlar. 
137-bob. Yulduz uchganda aytiladigan zikrlar 
462/1. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Agar yulduz uchsa, unga qaramaslikka va:
«Ma sha`allohu la quvvata illa billah», deb aytishga buyurildik». (Ma’nosi: Alloh nimani 
xohlasa, bo’ladi. Allohdan boshqada biror quvvat yo’q.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
138-bob. Yulduz va chaqmoqga qarab ishora qilmaslik xususida 
Urva ibn Zubayr (r.a.) aytadilar: «Agar birortangiz chaqmoq yoki yomg’irni ko’rsa, unga 
ishora qilmasin, balki uni sifatlasin». Imom Shofe’iy «Al-umm» kitoblarida rivoyat 
qilganlar va: «Hali ham arablar ishora qilishni karih ko’rishadi», deganlar. 
 
139-bob. Momaqaldiroq ovozini eshitganda aytiladigan zikrlar 
463/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar 
momaqaldiroq va gumburlagan chaqmoq ovozini eshitsalar:
«Allohumma la taqtulna big’ozobika va la tuhlikna bi’azabika va ‘afina qobla zalika», deb 
aytardilar. (Ma’nosi: «Ey Rabbim, g’azabing bilan bizni o’ldirma, azobing bilan halok 
qilma va ana shundan (ya’ni, jonimizni olishingdan) oldin bizni ofiyatda qil). Imom 
Termiziy zaif isnod ila rivoyat qilganlar. 
464/2. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) momaqaldiroq gumburlaganini eshitsalar, gapdan 
to’xtab:
«Subhanalziy yusabbihur ro’du bihamdihi val malaikatu min xiyfatih», deb aytar edilar. 
(Ma’nosi: Allohni poklab yod etaman. Momaqaldiroq Allohga hamd aytish bilan tasbih 
aytur. Farishtalar ham undan qo’rqib tasbih aytur.) Imom Molik «Muvatto’» kitobida 
sahih isnod ila rivoyat qilganlar. 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
466/2. Rasululloh (s.a.v): «Duolar ijobatini askarlar dushmanga yo’liqqanda, namozga 
turilganda va yomg’ir yog’ayotganda talab qilinglar», dedilar. Imom Shofe’iy «Al-umm» 
kitoblarida mursal holda rivoyat qilganlar. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling