Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob. Tasbih namozidagi zikrlar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

145-bob. Tasbih namozidagi zikrlar 
Abu Vahb aytadilar: «Abdulloh ibn Muborakdan tasbih aytib o’qiladigan namoz haqida 
so’raganimizda u zot: «Takbir aytib quloq qoqadi, so’ngra:
«Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilayha 
g’oyruk»ni o’qib, ortidan
«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar»ni o’n besh marta 
aytadi, so’ngra a’uzu bilan bismillohni, Fotiha va zam surani o’qiydi, keyin o’n marta 
yana «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illalohu vallohu akbar»ni aytib, ruku’ 
qiladi, ana shu kalimalarni o’n marta aytadi. So’ng ruku’dan boshini ko’tarib, yana o’n 
marta aytadi. So’ngra sajdada o’n marta va sajdadan boshini ko’targanida ham o’n 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
marta aytadi. Ikkinchi sajdada yana o’n marta ana shu kalimalarni aytadi. Mana 
shunday qilib, to’rt rak’at o’qiydi. Bular har ra’katda yetmish beshtadan bo’lib to’rt 
rak’atda uch yuzta bo’ladi», dedilar». 
471/1. Abu Rofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abbosga 
(r.a.): «Ey amaki, men sizga qarindoshlik qilmaymi, sizni yaxshi ko’rmaynmi, sizga 
manfaat bermaymi?» deganlarida, Abbos (r.a.): «Albatta, bularning hammasini qiling
ey Rasululloh», deb javob qildilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unda 
to’rt rak’at namoz o’qing va har bir rak’atida Fotiha bilan zam surani o’qing. Agar 
qiroatni tugatsangiz, ruku’dan oldin «Allohu akbar valhamdu lillahi va subhanallohi», deb 
o’n besh marta ayting, so’ng ruku’ qilib, u kalimani o’n marta ayting. Ruku’dan 
boshingizni ko’tarib, yana o’n marta ayting, so’ng sajda qilib, tag’in o’n marta ayting. 
Sajdadan boshingizni ko’targaningizda turishdan oldin ham o’n marta ayting. (Ikkinchi 
sajdada ham o’n marta aytiladi.) Ana shunda har rak’atda yetmish beshta bo’ladi. To’rt 
rak’atda uch yuzta bo’ladi. Agar gunohingiz zich qum zarralari sonicha bo’lsa ham, Alloh 
taolo kechirib yuboradi», dedilar. Abbos (r.a.): «Ey Rasululloh, bir kunda bularni 
aytishga kim qodir bo’la olardi?» deb so’radilar. Rasululloh: «Agar bir kunda qodir 
bo’lmasangiz, har juma kuni ado eting. Har juma ado etolmasangiz, har oyda ado eting. 
Mana shundoq aytishda davom etib, uni bir yilda bir marta bo’lsa ham, ado eting», 
dedilar. Imom Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. Termiziy buni g’arib xadis deb aytganlar.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling