Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob. Zakotga ta’alluqli zikrlar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
146-bob. Zakotga ta’alluqli zikrlar 
Alloh taolo Tavba surasining 103-oyatida: «(Ey Muhammad), siz ularning 
mollaridan bir qismini o’zlarini tozalab poklaydigan sadaqa sifatida oling va 
ularning haqlariga duo qiling», deb aytgan. 
472/1. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam biror qavm sadaqa olib keladigan bo’lsa,
«Allohumma solli alayhim» (Ey Rabbim, ularga rahmatingni yubor), deb aytardilar. Abu 
Avfo sadaqa bilan kelganlarida ham:
«Allohumma solli ‘ala ali Abi Avfa» (Allohim, Abu Avfo oilasiga rahmatingni yubor), deb 
aytganlar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari 
Imom Shofe’iy zakot oluvchi zakot beruvchiga agar xohlasa: «Ajarokallohu fiyma a’toyta 
va ja’alahu laka tohuron va baroka laka fiyma abqoyta», deb aytsin, deydilar. (Ma’nosi: 
Berganingizga Alloh ajr ato etsin, uni sizga poklovchi qilsin, qolganiga Alloh baraka 
bersin.) 
Fasl: Zakot, sadaqa, nazr, kafforat yoki shunga o’xshash narsalarni beruvchi kishi: 
«Robbana taqobbal minna innaka antas samiy’ul ‘aliym», deb aytish mustahabdir. 
(Ma’nosi: Ey Rabbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sen eshitguvchi va bilguvchi zotsan.) 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
RO’ZA ZIKRLARI KITOBI 
147-bob. Oyni yangi chiqqanda yoki keyin ko’rganda aytiladigan zikrlar 
473/1. Talha ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam yangi chiqqan oyni ko’rsalar:
«Allohumma ahillahu ‘alayna bilyumni val iymani vassalamati val islam. Robbiy va 
Robbukalloh», deb aytardilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, bizga bu oyni barakotli, iymon, 
salomatlik va islom oyi qil. (Ey hilol!) Mening rabbim ham, seni rabbing ham Allohdir.) 
Doramiy va Termiziy rivoyatlari 
474/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yangi 
chiqqan oyni ko’rsalar:
«Allohu akbar, Allohumma ahillahu ‘alayna bil amni val iymani vassalamatu val islami 
vattavfiqi lima tuhibbu va tarzo. Robbuna va Robbukalloh», deb aytardilar. (Ma’nosi: 
Alloh ulug’dir, ey Rabbim, bizga bu oyni omonlik, iymon, salomatlik, islom, tavfiq, O’zing 
yaxshi ko’radigan va rozi bo’ladigan oy qil. (Ey hilol!) Mening rabbim ham, seni rabbing 
ham Allohdir.) Doramiy rivoyatlari 
475/3. Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar yangi 
oyni ko’rsalar:
«Hilalu xoyrin va rushdin, hilalu xoyrin va rushdin, hilalu xoyrin va rushdin. Amantu 
billahillaziy xolaqoka», deb uch marta aytar, so’ngra:
«Alhamdu lillahillaziy zahaba bishshahri kaza va ja`a bishshahri kaza», der edilar. 
(Ma’nosi: Yaxshilik va hidoyat oyi, yaxshilik va hidoyat oyi, yaxshilik va hidoyat oyi. Seni 
xalq qilgan Allohga iymon keltirdim. U oyni ketkazib, bu oyni keltirgan Allohga hamd 
bo’lsin.) Abu Dovud rivoyatlari 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling