Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Oyni ko’rganda aytiladigan duolar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 148-bob. Ro’zada aytiladigan mustahab zikrlar Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com
Oyni ko’rganda aytiladigan duolar
476/4. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oy chiqqanida, mening qo’limdan ushlab: «Zulmatga cho’mgan kechaning yomonligidan Allohdan panoh so’ra», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari 477/5. Zayyod Nomiyriy (r.a.) qilgan rivoyatlarida: «Rajab oyi kelsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma barik lana fiy rajab va sha’bana va ballig’na romazona», deb aytardilar», deyiladi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, bizga rajab va sha’bon oyida baraka ato ayla va bizni ramazonga yetkaz.) «Hulyatul avliyo»da zaif isnod ila rivoyat qilingan 148-bob. Ro’zada aytiladigan mustahab zikrlar Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 130 478/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ro’za shahvatlardan to’suvchidir, agar birortangiz ro’za tutadigan bo’lsa, noloyiq so’zlarni aytib, johillik qilmasin, biror kishi urushib yoki so’kadigan bo’lsa, men ro’zadorman, deb ikki marta aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari 479/2. Yana Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa kishining duosi rad etilmaydi. Ular: Ro’zadorning og’zini ochgunicha qilgan duosi, odil imomning duosi, mazlumning duosi». Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari 149-bob. Iftor paytida aytiladigan duolar 480/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar og’izlarini ochsalar: «Zahaba az-zamau vabtallatil uruqu va sabatal ajru inshaallohu ta’ala», deb aytardilar». (Ma’nosi: Chanqoqlik ketib, tomirlar ho’llanib, Xudo xohlasa, ajr sobit bo’ldi.) Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari 481/2. Muoz ibn Zuhra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftor qilsalar: «Allohumma laka sumtu va ‘ala rizqika aftortu», deb aytardilar». (Ma’nosi: Allohim, Sen uchun ro’za tutdim va Sen bergan rizq ila iftor qildim.) Abu Dovud mursal holatda rivoyat qilganlar. 482/3. Muoz ibn Zuhradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar iftor qilsalar: «Alhamdu lillahillaziy a’ananiy fasumtu va rozaqoniy faaftortu», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohga hamd bo’lsin. U menga yordam berdi, ro’za tutdim, menga rizq berdi, iftor qildim.) Ibn Sunniy rivoyatlari 483/4. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftor qilsalar: «Allohumma laka sumna va ‘ala rizqika aftorna, fataqobbal minna innaka antas sami’ul ‘aliym», deb aytardilar». (Ma’nosi: Ey Rabbimiz, Sen uchun ro’za tutdik va Sen bergan rizq bilan iftor qildik. Bizdan qabul et. Albatta, Sen bilguvchi va eshitguvchi zotsan.) Ibn Sunniy rivoyatlari 484/5. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ro’zadorning iftor paytida qilgan duosi rad qilinmaydi», dedilar. Ibn Abu Mulayka: «Abdulloh ibn Amr iftor qilsalar: «Allohumma inniy as`aluka birohmatika allatiy vasi’at kulla shay`in an tag’firo liy», deb aytardilar», deydi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, har bir narsada keng qilib qo’ygan rahmatingni so’rayman, meni mag’firat ayla.) Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlar Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling