Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob. Biror qavmning huzurida iftor qilganda aytiladigan zikrlar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

150-bob. Biror qavmning huzurida iftor qilganda aytiladigan zikrlar 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
485/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn 
Ubodanikiga iftorlik qilgani borganlarida, u non va yog’ qo’ydi. Rasululloh sollallohu alyhi 
vasallam ulardan tanovul qilib, so’ng: «Aftora ‘indakum soimuna va akala to’amakum al-
abroro va sollat ‘alaykum al-malaikah», deb aytdilar. (Ma’nosi: Ro’zadorlar sizlarning 
huzuringizda iftor qilishdi. Yaxshilar ovqatlaringizdan tanavvul qilishdi. Va farishtalar 
sizlarga salovot aytishdi.) Abu Dovud rivoyatlari 
486/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror qavm 
huzurida iftor qilib, og’izlarini ochsalar: «Aftoro ‘indakumus soimun», deb yuqoridagi 
duoni oxirigacha aytar edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 
151-bob. Laylatul qadrda aytiladigan duo 
487/1. Oisha (r.a.): «Ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, agar Laylatul qadr ekanini 
bilsam, nima deb aytaman», deb so’radilar, shunda Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam:
«Allohumma innaka ‘afuvvun, tuhibbul ‘afva fa’fu ‘anniy», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: 
Ey Rabbim, Sen afv qilguvchisan va afv qilishni yaxshi ko’rasan. Meni afv et.) Termiziy, 
Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari 
Ulamolar Qadr kechasida mana shu duoni o’qishni, Qur’on tilovat qilishni va boshqa duo-
zikrlarni ko’p aytishni mustahab deyishgan. 
152-bob. E’tikofda aytiladigan zikrlar 
E’tikofga o’tirgan kishi Qur’on tilovati va zikrlar bilan mashg’ul bo’lishi mustahab 
amallardir. 
 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
HAJ ZIKRLARI KITOBI 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling