Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Istixora va mashvarat bobi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
167-bob Istixora va mashvarat bobi
Bilingki, kim safar qilishga shaylansa, holini tushunadigan, dini va ma’-rifati ishonchli kishidan nasihatini olib, tajribasini o‘rganib, maslahat-lashmog‘i lozim. Zero, Alloh taolo Oli Imron surasining 159-oyatida: «Va ish-larda ularga maslahat soling», deb aytgan. Bundan tashqari ham dalillar juda ko‘pdir. Agar kishi mashvarat qilib, yaxshi bir maslahatni qo‘lga kiritsa, endi ana shu maslahatda Allohga istixora qiladi. Ya’ni, farzdan tashqari ikki rakat namoz o‘qib, istixora duosini aytadi. Biz bu namoz va duo haqidagi ma’lumot-larni kitobning birinchi qismida o‘rgandik. 168-bob Safarga azmu qaror qilgandagi zikrlar Safarga azmu qaror qilgan kishi quyidagi ishlarni ado etishga harakat etmog‘i lozim: — vasiyat qilishga ehtiyoj sezgan narsasida vasiyat etmoqligi; — va yana shu vasiyatiga guvohlarni jalb qilmoqligi; — o‘zi bilan boshqa kishi orasida bo‘lgan muammosini yechib ketmoqligi; — ota-onasi, ustozlari va o‘ziga yaxshilik qilganlarni rozi qilmoqligi; — va bu safarida yordamni faqat Allohdan talab etmoqligi; Bundan tashqari safarida muhtoj bo‘ladigan narsalarni ham o‘rganishga harakat qilmoqligi lozim. Agar safar qiluvchi kishi g‘oziylik niyatida bo‘lsa, urush, da’vat va o‘lja haqida ma’lumotlarga ega bo‘lmoqligi lozim. Bundan tashqari urushda yengilish haromligi haqida ham bilmoqligi darkor. Agar safar qiluvchi kishi haj yoki umrani niyat qilsa, u haj amallarini o‘rganishi va o‘zi bilan birga shu haqdagi kitoblarni olmoqligi lozim. Shu singari g‘oziy va boshqalar ham kitob olmoqliklari kerak. Agar safar qiluvchi kishi savdogar bo‘lsa, oldi-sotdi ishlarida kerakli nar-salarni bilmoqligi va u savdoda nima qilsa — durust va nima qilsa — botil, nima halolu nima harom, nima mustahabu nima makruh, nima muboh va qaysi narsa boshqasidan afzalligi haqida bilmoqligi zarur. Agar safar qiluvchi kishi insonlardan uzlatta chekingan holda ibodatni iroda etsa, din ishlarida muhtoj bo‘lgan narsalaridan ta’lim olmoqligi kerak. Agar safar qiluvchi kishi ovni iroda qilsa, ov ahllari muhtoj bo‘ladigan narsadan ta’lim |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling