Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
145 olib, hayvonlarning va ovning qaysi biri halol va qay biri haromligi hamda uning pok bo‘lishiga nima shart qilingani yoki it, nayza ila o‘ldirilgan narsaning hukmi kabi narsalarni ham o‘rganmog‘i kerak. Agar safar qiluvchi kishi cho‘pon bo‘lsa, yuqorida aytilganidek, ana shu sohada muhtoj bo‘linadigan narsalarni bilmoqligi, hayvonlarga muloyim bo‘lmo-qligi va chorva egasining narsasini muhofaza qilmoqligi, agar tasodifiy holda biror hayvonni so‘yish lozim bo‘lib qolsa, egasining ruxsatini olmoqligi darkor. Agar safar qiladigan kishi bir podshohdan boshqa bir podshohga elchi sifati-da boradigan bo‘lsa, katta mansabdorlar bilan suhbat odoblarini va ular orasidagi muzokaralarga javob qaytarish yo‘llarini, ziyofat va hadyalarning qaysi biri halol-u qaysi biri haromligini bilishi va bundan tashqari ichidagi nar-salarini ustida ham bajarib, aldov, hiyla, nifoq kabi yomon illatlardan chetla-nishi, xiyonatga sabab bo‘ladigan narsalardan uzoq bo‘lishi lozim. Agar safar qiluvchi kishi ikki kishi orasidagi tijoratda ishchi yoki va-kil bo‘lsa, u ham o‘ziga kerakli narsalarni, ya’ni nimani sotish va nimani xarid qilish joiz yoki joiz emas, nimani tasarruf qilish joiz yoki joiz emas, guvohlikda shart qilingan va vojib bo‘lgan narsalar yoki guvohlikda shart qilinmagan va vojib bo‘lmagan narsalar, safardagi joiz yoki joiz bo‘lmagan narsalarni bilmog‘i kerak. Bundan tashqari safar qiluvchi kishi dengiz orqali safar qilishni iroda qilsa, dengizda ketayotganda nima qilsa, joizu nima qilsa, joiz emas — shulardan ham xabardor bo‘lmog‘i kerak. Yuqorida zikr qilingan narsalarning barchasi fiqh kitoblarida batafsil yozilgan. Bu kitobning maqsadi undagi xos zikrlarni bayon qilish bo‘lgani uchun kengroq keltirib o‘tirmadik. 169-bob. Safar niyatida uydan chiqishni xohlagandagi zikrlar Uydan chiqishda ikki rakat namoz o‘qimoqlik mustahab amaldir. 519/1. Mut’im ibn Miqdom San’oniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi safarni xohlagan paytida ahliga ikki ra-kat namozdan afzalroq narsani qoldira olmaydi», dedilar. Tabaroniy rivoyati. Mana shu ikki rakatning avvalgi rakatida Fotihadan keyin Kafirunni, ikkinchi rakatida Ixlos surasini o‘qimoqlik mustahab, deyishgan. Ba’zilar avvalgi rakatida Falaqni, ikkinchi rakatida Nosni aytishgan. Agar salom berib namozni tugatsa, «Oyatal kursi»ni o‘qiydi. Ba’zi rivoyatlarda keltirilishicha, «Kimki manzilidan chiqishdan oldin «Oyatal kursi»ni o‘qisa, u qaytib kelguncha karih bo‘lgan narsasi yetmaydi». Ba’zilar «Liilafi quraysh» surasini o‘qish mustahab, deb aytishdi. Abul Hasan al-Qazviniy: «Ana shu sura har bir yomonlikdan saqlovchidir», dedilar. Abu Tohir Jahshaviyh aytadilar: «Safar qilishni xohladim-u, lekin xavfda edim. Qazviniy hazratlarining huzurlariga kirib, duo qilmoqliklarini so‘ra-dim. Shunda u zot so‘zlarini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling