Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 156 YEMAK VA ICHMAK ZIKRLARI KITOBI 192-bob Taom tortilganda aytiladigan duo 556/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga taom tortiq etilsa, «Allohumma borik lana fiyma rozaqtana vaqina ‘azaban nari, bismillahi», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, bizga rizq qilib bergan narsangni barakali qil, bizlarni do‘zax azobidan saqla, Allohning ismi bilan boshlayman».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 193-bob Mezbon mehmonga taom tortiq qilganda «englar» yoki shunga o‘xshash so‘zlarni aytmog‘i mustahabligi haqida Bilingki, mezbon mehmonga ovqat tortiq etganida «Bismillah» yoki «olinglar», deyishi yoki duo o‘qishi yo yeyishga kirishishligi uchun ochiqcha iboralarni ishlatmoqligi vojib emas, mustahab amaldir. Balki ovqatni qo‘yishning o‘zi kifoya qiladi. Mehmonlar esa lafz ila aytmasa ham, ovqat yeyishga kirishishlari mumkin. Ba’zilar esa: «Lafzni ishlatish vojib», deb aytishgan. Lekin avvalgi fikrimiz to‘g‘riroqdir. Chunki lafz ila izn berishning mustahabligiga sahih hadislar dalolat qilib turibdi. 194-bob Yemak va ichmak paytida «Bismillah»ni aytish 557/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga (ovqatlanayotganimda) «Alloh ismini zikr qil va o‘ng qo‘ling bilan yegin», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 558/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz (ovqat) yeydigan bo‘lsa, ana shu taomning avvalida Alloh ismini zikr qilsin (ya’ni, «Bismillah»ni aytsin). Agar avvalida Alloh ismini zikr etishni unutsa, «Bismillahi avvalahu va axirahu», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Ovqatning avvali va oxiriga bismillah») Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari. 559/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan quyidagilarni eshitdim: «Kim uyiga kirayotganida va taom paytida Allohni zikr qilsa, shayton sheriklariga: «Sizlarga yotoq ham, ovqat ham yo‘q», deb aytadi. Kim uyiga kirayotib, Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Yotokdaringizga yetishdingiz», deydi. Taom paytida ham Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Ovqatga ham, yotoqqa ham yetishdingiz», deydi». Imom Muslim rivoyatlari. 560/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Talha va Ummu Sulaymlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ovqatga taklif etishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan yana o‘n kishi birga kelishiga izn so‘radilar. Ikkovlari o‘sha o‘n kishiga ham izn berishdi. Rasululloh ushbu o‘n kishi ovqat tanovul qilgani kirishganda «Yenglar va Allohning ismini zikr qilinglar», dedilar. Ular ovqatdan yeyishdi. Bundan tashqari yana sakson kishi ham tanovul qildi. Bu Rasulullohning zohiriy mo‘‘jizalaridan biri edi. Imom Muslim rivoyatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling