Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
163 207-bob Suv yoki sut bilan siylaganni duo qilish haqida 591/1. Miqdoddan (r.a.) mashhur uzun hadisda rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (suv yoki sut bilan siylanganlarida) qo‘llarini osmonga ko‘tarib: «Allohumma at’im man at’amaniy vasqi man saqoniy», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, meni ovqatlantirgan kishini taomlantirib, siylagan kishini ham siylagin».) Imom Muslim rivoyatlari. 592/2. Amr ibn Hamiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni sut ila sug‘organlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma amti’hu bishabobihi» («Allohim, uni yoshlik ila ne’matlantir»), deb aytdilar. Amr ibn Hamiq sakson yoshga ham kirdilarki, sochlarida biror oq ko‘rinmadi. Ibn Sunniy rivoyatlari. 593/3. Amr ibn Axtobdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv talab qilganlarida, men yog‘ochdan bo‘lgan bir qadahda suv keltirdim. Unda sochning tuki bor ekan, olib tashladim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma jammilhu» (ya’ni, «Allohim, uni go‘zal ayla»), deb duo qildilar». Roviyning aytishlaricha, u to‘qson uchga kirganida ham soch-soqoli qora edi. Ibn Sunniy rivoyatlari. 208-bob Mehmon qilishga undash haqida 594/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga mehmon qilishlarini so‘rab kelganida, bu zotda mehmon qilish uchun hech narsa yo‘q edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishini mehmon qiladigan Alloh rahm etuvchi odam bormi?» deganlarida ansoriylardan bir kishi turib u bilan ketdi...», deb hadisning qolgani zikr qilindi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 209-bob Mehmonni hurmat qilganni maqtash haqida 595/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Men ovqatlanishni xohlayman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u bilan bir ayollari huzuriga borganlarida, u ayollari: «Sizni haq ila yuborgan Zotga qasamki, menda suvdan boshqa narsa yo‘q», dedi. So‘ngra boshqasiga borganlarida, u ham xuddi shunday dedi. Hattoki, barchalari shunday deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishini mehmon qiladigan Alloh rahm etuvchi odam bormi?» deganlarida ansoriylardan bir kishi: «Men, ey Allohning rasuli», deb u bilan maskaniga bordi. Va xotiniga: «Senda yegulik biror narsa bormi?» deganida: «Yo‘q, faqat yosh bolalarimning ovqati bor, xolos», deb aytdi. Shunda bu ansoriy: «Bolalarni biror narsa bilan yupatib turgin. Agar mehmonimiz kirsa, chiroqni o‘chirgin va biz o‘zimizni yeyayotgandek qilib ko‘rsataylik. Agar yeyishga qo‘lini cho‘zsa, unda ham turib chiroqni o‘chirgin», dedi. Ular o‘tirdilar va mehmon ovqatni yedi. Qachonki, tong otib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borishganda, u zot: «Bu kechasi mehmonlaringizga qilgan narsalaringizdan Alloh taolo ajablanib, quyidagi oyatni nozil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling