Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
178 ekan. Shunda u zot: «Bu kim?» dedilar. Men: «Ummu Hone’man», dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 648/9. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Kechalarning birida ko‘chaga chiqsam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yakka o‘zlari ketayotgan ekanlar. Men ham oyning soyasida ketayotsam, men tomonga burildilar-da va meni ko‘rib qoldilar. «Kim bu?» dedilar. «Abu Zarrman», dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 649/10. Abu Qatoda al-Horis ibn Rib’iydan (r.a.) rivoyat qilingan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mo‘‘jizalarini hamda ilmlarning barchasini o‘z ichiga oluvchi idishdagi suv haqidagi hadisda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini ko‘tarib, «Kim bu?» dedilar. Men: «Abu Qatodaman», dedim. Imom Muslim rivoyatlari. Bunga o‘xshash hadislar ko‘p. Buning sababi unga bo‘lgan ehtiyoj va faxrlanishni iroda etmaslikdir. Mana shu ma’noga yaqin bo‘lgan hadislar ham bor. Ulardan: 650/11. Abu Hurayradan (r.a) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Rasululloh, Allohga duo qiling, Abu Hurayraning onasini hidoyat qilsin», dedim. (Hadisni davom ettirib) u zotning huzurlariga qaytib, «Ey Allohning rasuli, Alloh duoingizni ijobat qilib, Abu Hurayraning onasini hidoyat qildi», dedim». Imom Muslim rivoyatlari. 220-bob Salomdagi furu’ masalalar haqida Abu Said Mutavalliy aytdilar: «Hammomdan chiqayotgan kishiga «yoqimli hammom» kabi so‘zlarni aytmoq joiz emas. Ya’ni, bu so‘zlarning asli yo‘qdir. Lekin rivoyatda Ali (r.a.) hammomdan chiqayotgan kishiga «Najas bo‘lmasdan pok bo‘lgin», deganlar». Imom Navaviyning fikrlaricha, bu o‘rinda biror narsa aytish joiz emas. Agar yaqinlik, ulfat va do‘stlikni jalb qilish uchun «Ado mallohu lakan na’iyma», ya’ni «Alloh senga bu ne’matni bardavom qilsin» kabi duolarni aytishning zarari yo‘qdir. Agar o‘tib ketayotgan kishi o‘tirgan kishiga salom o‘rniga «Alloh tonggingizni xayrli qilsin» yoki «Sodatli etsin» yoki «Alloh qo‘llab-quvvatlasin» yoki shunga o‘xshash kishilar odatda ishlatadigan so‘zlarni aytsa, javob berish shart emas. Bu kishi salomga beparvo bo‘lib, xilof qilgani uchun unga tanbeh ma’nosida javob tark etiladi. Unga va boshqalarga salom berishga undash uchun odob bergan holda shunday qilinadi. Fasl: Agar zohidligi, islohchiligi, ilmi, sharafi, taqvodorligi yoki din ishlaridan bo‘lgan shunga o‘xshash narsasi uchun boshqa kishining qo‘li o‘pilsa, makruh bo‘lmay, balki mustahab amaldir. Lekin boyligi-dunyosi, badavlatligi, shavkati, obro‘si uchun dunyo ahllarining ko‘lini o‘psa, qattiq makruhdir. Mutavalliy fikrlaricha, haromdir. 651/1. Zore’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘llari va oyoqlarini o‘pish uchun ulovlarimizdan shoshib borar edik», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling