Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Yaxshilikka yo‘llab va unga qiziqtirish xususida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
286-bob Yaxshilikka yo‘llab va unga qiziqtirish xususida
Alloh taolo Moida surasining 2-oyatida «Yaxshilik va taqvoda bir-biringizga yordam beringlar», deb aytgan. 817/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim hidoyatga chaqirsa, ergashuvchi kishining savobidek unga ham ajr bo‘ladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) savobidan biror narsa kamaymaydi. Kimki zalolatga chaqirsa, ergashuvchi kishining gunohidek unga gunoh yoziladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) gunohidan biror narsa kamaymaydi» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 818/2. Abu Mas’ud al-Ansoriy al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga ham bajaruvchining ajridek savob bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 819/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Aliga (r.a.): «Allohga qasamki, sen bir kishini hidoyatga boshlamog‘ing qizil tuyadan ham yaxshidir», deb aytdilar. (Qizil tuya ilgari arablarning eng qimmatbaho mulki bo‘lgan... - tarj.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Sahih rivoyatlarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Modomiki, bandasi birodarining yordamida bo‘lsa, Alloh bandasining yordamidadir», deganlar. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 218 287-bob Bir kishidan biror ilm so‘ralsa-yu, uni bilmasa, boshqa biladigan kishiga dalolat qilishi haqida Bunga yuqori bobda kelgan «Din xayrixohlikdir» hadisi dalildir. Bu ham xayrixohlikdandir. 820/1. Shurayh ibn Hone’dan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Oishaning (r.a.) oldilariga borib, ikki mahsiga mash tortish haqida so‘radim. Oisha (r.a.) esa: «Ali ibn Abu Tolib huzurlariga borib, o‘sha kishidan so‘ragin, chunki u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarga chiqardilar», deb aytdilar. Keyin biz Alidan (r.a.) bu haqda so‘radik...», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari. 821/2. Sa’d ibn Hishom ibn Omir haqlarida kelgan hadisda keltirilishicha, bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vitr namozlari haqida so‘rashni xohlab, Ibn Abbosning (r.a.) huzuriga kelib vitr haqida so‘raganlarida, Ibn Abbos (r.a.): «Yer ahli orasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitrlarini biluvchi kishiga seni dalolat qilaymi?» dedilar. Sa’d: «U kim?» deb so‘raganlarida, Ibn Abbos (r.a.): «U Oishadir, sen vitrni o‘sha zotdan so‘ragin», dedilar, deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari 822/3. Imron ibn Hittondan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Oisha (r.a.) huzurlariga borib, ipak haqida so‘radim. «Ibn Abbos (r.a.) huzurlariga borib, o‘sha zotdan so‘ragin», dedilar. U zotdan so‘rasam, «Ibn Umardan (r.a.) so‘ragin», dedilar. Ibn Umardan (r.a.) so‘rasam, «Menga Abu Hafs (Otam Umar ibn Xattob) xabar berganki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta ipakni dunyoda oxiratdan nasibasi yo‘qlar kiyadi», deganlar». Imom Buxoriy rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling