Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Zulhijja oyini avvalgi o’n kunida aytiladigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
133-bob. Zulhijja oyini avvalgi o’n kunida aytiladigan zikrlar Alloh taolo Haj surasini 28-oyatida: «Ma’lum kunlarda Allohning nomini zikr qilinglar», deb aytgan. Ibn Abbos (r.a.) «Ma’lum kunlar»ni zulhijjaning avvalgi o’n kuni, deganlar. 443/1. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana bunda (ya’ni, zulhijja oyining avvalgi o’n kunida) qilinganidan-da afzalroq amal yo’q», dedilar. Shunda sahobalar: «Alloh yo’lidagi jihoddan hammi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, deb, «lekin bir kishi moli va nafsini xatarga qo’yib ko’chaga chiqsayu, hech bir narsa bilan qaytmasa, ana o’sha afzaldir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari Imom Termiziyning rivoyatlarida: «Solih amallar qilingan kunlar ichida zulhijja oyini o’n kunidan ko’ra Allohga mahbubroq kun yo’qdir», dedilar, deb keladi. 444/2. Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiyning «Musnad»larida rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Zulhijja oyining o’n kunidagi amaldan ko’ra afzalroq amal yo’qdir», deganlarida, «Jihoddan hammi?» deyishdi. (Roviy hadisni oxirigacha zikr qilgan.) Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 121 445/3. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Duolarning yaxshisi arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi payg’ambarlar aytgan kalimalarning yaxshisi «La ilaha illallohu vahdaxu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodir», deb aytishdir», dedilar». Termiziy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. 446/4. Imom Molikning «Muvatto»larida esa: «Duolarning afzali arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi payg’ambarlarning aytgan kalimalarining afzali «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah»dir», deb kelgan. Imom Molik bu hadisni mursal holatda lafzida noqislik bilan rivoyat qilganlar. Solim ibn Abdulloh ibn Umar (r.a.) arafa kuni bir tilanchi odamlardan tilanib yurgani ko’rib: «Ey ojiz, bu kunda Allohdan boshqadan ham so’raladimi?» dedilar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling