Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
188 aytilishicha, Aliga (r.a.) «Sen mendansan, men sening (qavming)danman» va «Muso huzuridagi Horundek mening huzurimda bo‘lishga rozi bo‘lmaysanmi?» deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, Bilolga (r.a.) «Jannatda kavushing ovozini eshitdim», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha esa, Ubay ibn Ka’bga «Ilm sizni baxtli qilsin, ey Abu Munzir», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, Abdulloh ibn Salomga «Sen o‘lguningcha Islomdasan», deganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha, ansoriylarga «Alloh azza va jalla sizlarga kuldi. (Yoki) qilgan ishlaringizdan ajablandi», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, ansoriylarga «Sizlar kishilar orasidagi eng mahbublisidirsizlar», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha, Ashaj Abdulqaysga «Senda ikki xislat bordir. U xislatlarni Alloh va Uning Rasuli yaxshi ko‘radi, ular: halimlik va bosiqlikdir», dedilar. Mana shu ishora qilgan hadislarim sahih, mashhurdir. Bunga o‘xshash Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kishilarning yuziga maqtagan hadislari juda ko‘pdir. Ammo sahoba, tobe’in va ulardan keyingi ergashiladigan ulamolarning maqtovlari behad ko‘pdir. Abu Homid G’azzoliy «Ihyo» kitobining zakot qismida quyidagi so‘zlarni keltirganlar: «Agar biror kishiga sadaqa berilsa, oluvchi kishi beruvchiga qarashi kerak. Agar beruvchi rahmatni va sadaqasi ovoza bo‘lishini yaxshi ko‘rsa, oluvchi kishi uni maxfiy qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki hakqini ado etishlik zulmga yordam berishga olib bormasligi kerak. Sadaqa beruvchining rahmat talab etishi zulmdir. Agar sadaqa bergan kishining rahmat aytilishini yaxshi ko‘rmasligini bilsa, olgan kishi rahmat aytmog‘i va bergan sadaqasini ovoza qilmog‘i lozim». Sufyon as-Savriy: «Kimki o‘z nafsini bilsa, kishilarning maqtovi zarar qilmaydi», dedilar. Abu Homid G’azzoliy avvalgi bobdagi o‘tgan narsalarni zikr qilganlaridan keyin quyidagi so‘zlarni keltirdilar: «Bu ma’nolarning nozikligini qalbiga rioya qilgan kishi mulohaza qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki bu nozik narsalarga ahamiyat bermay, a’zolarning amal qilishi foydasi oz, qiyinchiligi ko‘p bo‘lgani uchun shaytonga kulgi bo‘ladi. Bir masalani ta’lim olmoq bir yillik ibodatdan afzal, deyilganida, mana shu ilm nazarda tutilgan. Endi bu ilm bilan umr ibodati tiriltiriladi. Johillik bilan esa umr ibodatini o‘ldirib, yaroqsiz qilib ko‘yiladi». Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling