Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
qilmasin» va Xumaza surasining 1-oyatida: «Barcha (kishilarga dilozorlik qilib
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
qilmasin» va Xumaza surasining 1-oyatida: «Barcha (kishilarga dilozorlik qilib,
ularning obro‘larini to‘kib yuradigan) bo‘htonchi-g‘iybatchiga halokat bo‘lgay» hamda Qalam surasining 11-oyatida: «Siz har bir tuban qasamxo‘r, g‘iybatchi-yu, gap tashuvchi... kimsaga itoat etmang», deb aytgan. 889/1. Xuzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Chaqimchi jannatga kirmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 890/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qabr oldidan o‘tib, «Bu ikkovi azoblanishyapti, biroq katta amal sababli azoblanishmayapti. Ularning biri chaqimchilik bilan yurardi. Ikkinchisi siydikdan o‘zini ehtiyot qilmas edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriyning rivoyatlarida «albatta u kattadir», bo‘lib kelgan. 891/3. Abu Xurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «G’iybat nima ekanligini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Karih ko‘radigan narsasi bilan birodaringni zikr qilmog‘ing», dedilar. Shunda: «Aytgan narsam birodarimda bo‘lsa-chi?» deyilganida, u zot: «Aytayotgan narsang birodaringda bo‘lsa, g‘iybat qilibsan. Agar aytayotgan narsang birodaringda bo‘lmasa, unda bo‘hton qilibsan», dedilar. Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiylar rivoyati. 892/4. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbonlik kuni Minodagi Vidolashuv hajida: «Bu kuningiz, bu shahringiz, bu oyingizda qon to‘kish harom bo‘lgani kabi sizlarning qoningiz, molingiz va obro‘ingizga (tajovuz qilmoqligingiz) haromdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari. 893/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Safiyyaning unday yoki bundayligi (ba’zi rivoyatlarda pakanaligi) misol sifatida yetarlidir», desam, u zot: «Sen bir kalima aytdingki, agar u dengiz suviga aralashtirib yuborilsa, ta’mi yoki hidi o‘zgarib ketardi», dedilar. Va yana u zotga bir insonni hikoya qildim. Shunda u zot: «Menda u yoki bu narsa bo‘laturib boshqa birovni hikoya qilmoqni yaxshi ko‘rmayman», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 238 Bu hadis g‘iybatchilarga eng katta zajr beruvchi hadisdir. Mana shu darajada g‘iybatni yomonlashda yetuk bo‘lgan boshqa biror hadisni bilmayman. Va u Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «(Qur’onni) o‘z havoyi-xohishi bilan so‘zlamas. U (Qur’on) faqat Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling