22-bob. Masjidda yo’qolgan narsasini izlaganni va oldi-sotdi qilganni ta’qib
etish yoki la’natlash
76/1. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim
yo’qolgan narsasini masjidda ovoza qilib, axtarilishini so’ragan kishini eshitib qolsa,
«Alloh uni senga qaytarmasin, deb aytsin. Albatta, masjidlar buning uchun qurilmagan»,
deb tayinlaganlar». Imom Muslim rivoyatlari
77/2. Burayda (r.a.) aytadilar: «Bir kishi masjidda: «Kim menga yo’qolgan qizil tuyamni
olib keladi?» dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Topa olma. Masjidlar
nima uchun qurilgan bo’lsa, o’shanga asoslangandir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari
78/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Masjidda oldi-sotdi qilayotgan kishini ko’rsanglar, Alloh tijoratingga foyda
bermasin, deb aytinglar. Yo’qolgan narsasini ovoza qilib, axtarilishini so’raganni
ko’rsanglar, Alloh senga qaytarmasin, denglar». Imom Termiziy rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |