Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc


Savol: -- Bir odam: Jannat va Do‘zax maxluq emas, desa, biz unga nima deymiz?  Javob


Download 48.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana04.02.2023
Hajmi48.75 Kb.
#1165975
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol
Savol: -- Bir odam: Jannat va Do‘zax maxluq emas, desa, biz unga nima deymiz? 
Javob: — Undan: Jannat va Do‘zax narsami yoki narsa emasmi? — deb so‘ra. Alloh 
taolo: «Alloh har bir narsaning Xoliqi (Yaratuvchisi)», «Shubhasiz, Biz har bir narsani 
me’yorida yaratganmiz...», «Do‘zaxga ular tunu kun ro‘baro‘ qilinajaklar...» degan. Agar 
u, Jannat va Do‘zax foniy bo‘lib ketadilar, desa, unga: Alloh o‘z in’omlarini «(ular) 
tuganmas va man etilmasdir» (Voqea, 33, mazmuni), deb tavsif qilgan, degin. Agar u: 
Jannat va Do‘zaxga ularning ahli kirib bo‘lgach, foniy bo‘lib ketadi, desa, u, shubhasiz, 
kofirdir. Chunki u bu so‘zi bilan Jannat va Do‘zaxda hayot abadiyligini inkor qilgan 
bo‘ladi. 
Abu Hanifa so‘zida davom etdi: 
- Alloh taolo bandalarning sifati bilan tavsif qilinmaydi. Allohning g‘azabi va rizoi — 
Uning tasavvursiz sifatlaridandir. Bu Axli Sunna val Jamoaning so‘zlaridir. Alloh 
g‘azablanadi va U rozi bo‘ladi, deyilgan iborada Allohning g‘azabini uqubat, deb va Uning 
roziligini savob, deb ta’vil qilinmaydi. Biz Alloh o‘zini qanday tavsif qilgan bo‘lsa, 
shunday tavsif qilamiz. Alloh o‘zini «ahad» (yagona), «somad» (hech kim va hech 
narsaga muhtoj emas), «lam yalid va lam yuulad» (tuqqan ham emas, turilgan ham 
emas), «lam yakun lahu kufuvan ahad» (Unga hech teng keladigan zot yo‘q», «hayy» 
(tirik), «qodir» (qudratli), «sami’» (eshitib turuvchi) «basir» (ko‘rib turuvchi), «olim» 
(bilib turuvchi) deb tavsif qilgan, biz ham shunday tavsif qilamiz. «Allohning yadi 
odamlar qo‘llari ustidadir», Uning yadi odamlar qo‘li kabi emas, odamlarning qo‘llari kabi 
shikast topmaydi, U qo‘llarning yaratuvchisidir. «Allohning yuzi odamlarning yuzi kabi 
emas», U hamma yuzlarni yaratuvchi zot, «Uning nafsi ham odamlarning nafsi kabi 
emas», U nafslarning yaratuvchisidir, «Unga o‘xshash narsa yo‘q», u «eshituvchi» va 
«ko‘ruvchi» zotdir. 
Savol: — Alloh o‘zi qaerda, deb so‘ralsa, nima deb javob beramiz? 
Javob: — Unday savol bergan odamga: Alloh bor edi, makon yo‘q edi, Alloh xalqni 
yaratmasdan ilgari bor edi, Alloh bor edi, «qaerda», «hech narsa» degan so‘zlar yo‘q 
edi, U hamma narsaning yaratuvchisidir, deb javob beriladi. 

Download 48.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling