Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc
Savol: — Xohlovchi xohlash bilan xohlaydimi, deyilsa, nima deymiz? Javob
Download 48.75 Kb. Pdf ko'rish
|
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT
Savol: — Xohlovchi xohlash bilan xohlaydimi, deyilsa, nima deymiz?
Javob: — Unga aytki, sifat bilan bo‘lgani uchun xohlaydi. Alloh qodirdir. U qudrat sifatiga ega bo‘lgani sababli har narsaga qodir. Alloh biluvchi. Bilish sifati zotida borligi sababli U hamma narsani biluvchidir. Alloh molik — mulk egasi. Uning zotida mulkka ega bo‘lish sifati mavjudligi sababli butun olam Uning mulkidir. Savol: — Alloh xohish bilan xohlaydi, xohish bilan taqdir etadi, bilish bilan xohlaydi, desak to‘g‘ri bo‘ladimi? Javob: — Savol bergan kimsaga, ha, deb javob ber! Al-fiqh al-absat. Imomi A'zam Abu Hanifa www.ziyouz.com kutubxonasi 15 IMON BOBI Savol: — Imonning qarorgohi qaerda? Javob: — Imonning ma’dani va qarorgohi qalbdadir. Imonning far’i, sho‘‘basi jasaddadir. Savol: — Imon barmoqda ham bormi? Javob: — Ha. Savol: — Barmoq kesib tashlansa Imon qaerga ketadi? Javob: — Qalbga. Savol: — Alloh bandalardan biror narsani talab qiladimi? Javob: — Yo‘q, aksincha, ular Allohdan talab qiladilar. Savol: — Allohning bandalar ustidagi haqi nima? Javob: -- Bandalarning Allohga ibodat qilishlari (sig‘inishlari), bandachiliqtsa Allohga hech kim va hech narsani sherik qilmasliklari (shirk keltirmasliklari) Allohning bandalar bo‘ynidagi haqidir. Bandalar shunday qilsalar, ularning gunoxlarini mag‘firat qilish va ularga ajru savob berish bandalarning Alloxdagi haqlaridir. Chunki, Alloh mo‘minlardan rozi bo‘ladi: «(Ey, Muhammad,) darhaqiqat, Alloh mo‘minlardan — ular daraxt ostida sizga bay’at (qasamyod) qilayotgan vaqtlarida - rozi bo‘ldi...» (Fath, 18, mazmuni). Iblisdan esa Alloh g‘azabnok bo‘lgan. Allohning: «...Nimani xohlasangizlar, o‘shani qilaveringizlar!..» (Fussilat, 40, mazmuni) degan oyati va’id oyatlaridandir. «Rabbingiz Uning O’zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi» (Al-Isro, 23, mazmuni). «Samud (qabilasi) esa, bas, ularni (to‘g‘ri yo‘lga) hidoyat qilgan edik, ular hidoyatni qo‘yib, ko‘rlikni (zalolatni) sevib qoldilar...» (Fussilat, 17, mazmuni), (biz ularga zafar ato etgan va bayon qilgan edik). «Bas, xohlagan kishi imon keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo‘lsin» (Kahf, 29, mazmuni). Bu va’id oyatidir. «Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim» (Vaz-zoriyot, 56, mazmuni). Ya’ni, Meni yakkayu yagona deb atashlari uchun yaratganman, de-yilmoqtsa. Lekin hamma narsa, yaxshisi ham, yomoni ham, shirini ham, achchig‘i ham, foydasi ham, zarari ham Allohning yaratishi bilan bo‘ladi. «Mabodo Biz ularga farishtalarni tushirsak va o‘liklar (tirilib) ularga gapirsa hamda hamma narsani kafil sifatida ularga (ularning muqobiliga) jam qilganimizda ham Alloh xohlaganidan boshqalari imon keltirmagan bo‘lar edilar...» (An’om, 111, mazmuni). «Agar Rabbing xohlasa edi, Yer (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo‘lur edilar. Bas, siz odamlarni mo‘min bo‘lishga majbur qilasizmi?! Allohning iznisiz hech bir jon (egasi) imon keltira olmas...» (Yunus, 99—100, mazmuni). «Agar Rabbingiz xohlaganida edi, (barcha) odamlarni bir ummat (bir din) qilgan bo‘lur edi. (Ular) mudom turlicha (har xil e’tiqodda) bo‘lib borurlar. Rabbingiz rahm qilgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling