Microsoft Word алт дан мажму doc
ALT matematik ta’minoti (MT)
Download 1.42 Mb.
|
avto loyiha 2m
2. ALT matematik ta’minoti (MT)
ALT matematik ta`minoti asosini algoritmlar tashkil qiladi; bu algoritmlar bo`yicha ALTning dasturaviy ta`minoti ishlab chiqiladi. ALTda matematik ta`minotning elementlari xar xil bo`ladi. Ular ichida invariant elementlar - funktsional modellarni tuzish printsiplari, algebraik va differentsial tenglamalarning sonli echimi metodlari, ekstremal masalalarni qo`yish, ekstrimumni qidirishlar mavjud. Matematik ta`minotni ishlab chiqish ALT yaratishdagi eng murakkab boskichdir; ALT unumdorligi va ishlashining samaradorligi ko`p jixatdan unga bog’liq. ALT DT i vazifasi va amalga oshirish usullari bo`yicha ikki kismga bo`linadi: matematik metodlar va ular asosida tuzilgan, loyixalash ob`ektlarini tavsiflovchi matematik modellar; avtomatlashtirilgan loyixalash texnologiyasining formalashgan bayoni. Matematik ta`minot birinchi kismini amalga oshirishning usullari va vositalari turli ALTlarda o`ziga xosligi bilan ajralib turadi va loyixalash ob`ektlarining xususiyatlariga bog’liq. Matematik ta`minotning ikkinchi kismiga kelsak, avtomatlashtirilgan loyixalash jarayonlarini formalashtirish majmui, aloxida loyixalash masalalarini algoritmlash va dasturlashga nisbatan xam murakkab masala ekan. Bu masalani echishda loyixalashtirish texnologiyasining mantiqi butunligicha, jumladan avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish asosida loyixalovchilarning bir-biri bilan mulokoti mantiki, formalashtirilishi kerak. Ushbu turdagi masalalarni echishga mos keladigan tizimlar umumiy nazariyasining metodlari va xolatlari ko`rilayotgan soxada xozircha ko`llanilishini topmadi. Loyixalashni avtomatlashtirish bo`yicha ishlar ko`p xolatlarda loyixalash metodologiyasining takomillashmaganligini namoyon qildi va bir vaktning o`zida loyixalash jarayonlarini takomillashtirish bo`yicha masalalarni echish zaruratiga olib keldi. Loyixalash metodologiyasini takomillashtirish va rivojlantirish kontseptsiyasiga turli mualliflarning karashlari bir narsada bir-biriga o`xshash: loyixalash asosida tizimli yondoshuv yotishi kerak. ALTning matematik ta`minoti loyixalashni avtomatlashtirishning ob`ekti, jarayoni va vositalarini o`zaro bog’liqlikda bayon kilishi lozim. Hozirgi paytda ushbu masalani echish uchun tayinli nazariy baza bo`lmaganligi uchun, amalda turli matematik metodlarning murakkab tizimlarini modellash vositalari yagona kompleksga integratsiyalashishi jarayoni bormokda. Ushbu jarayon rivojida ikkita istikbolli yo`nalishni ajratish mumkin: optimal loyixaviy echimlarni olish metodlarining, jumladan avtomatlashtirilgan loyixalashga yo`nalgan metodlarning rivoji; loyixalanayotgan ob`ektlarning turlariga invariant avtomatlashtirilgan loyixalash jarayonlarining o`zini takomillashtirish va tipiklashtirish. Davlat standartlarining «SAPR. Tipovie funktsionalnie sxemi proektirovaniya izdeliy v usloviyax funktsionirovaniya sistem» metodik ko`rsatmalarni ishlab chikish loyixalash jarayonlarini avtomatlashtirishni takomillashtirish va tipiklashtirishda axamiyatli natija bo`ldi. Unda loyixalashni avtomatlashtirish jarayoni tarkibi va protseduralar ketma-ketligi, loyixaviy xujjatlarning mazmuni va shakllari bo`yicha an`anaviy loyixalash jarayonidan keskin farq qiladi. SHu bilan birga avtomatlashtirilgan loyixalash jarayonida loyixalash ob`ektlariga invariant bo`lgan ma`lum sondagi protseduralarni ajratish mumkin. Loyixalashning namunaviy jarayonini modellashning matematik apparatini markazlashtirilgan xolda ishlab chikish va bunday modellarni amalga oshiruvchi bazaviy dasturaviy-metodik komplekslarni chikarish avtomatlashtirilgan loyixalash jarayonlari texnologiyasini takomillashtirish va tipiklashtirishda istikbolli yo`nalishdir. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling