Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
tahlil qilish;
• so‘rov - xodimlar protsedura va y o ‘riqnomalarni qanday tushunishi va bajarish uchun qanday faoliyat olib borayotganini eshitish uchun; • xodimlar o ‘z kundalik faoliyatlarida protsedura va y o ‘riqnomalarni qanday bajarayotganlarini aniqlash uchun faoliyatni kuzatish; Eng murakkab usul - so‘rov. So‘rovni ish joyida, tekshirilayotgan jarayon uchun m a’sul va bu joylarda ishlovchilar bilan ish vaqtida, bevosita suhbat shaklida o ‘tkazish maqsadga muvofiq. 80 Tekshiriluvchilar uchun auditor ularning bo‘linmasi faoliyatini baholash uchun kelgan begona shaxs hisoblanadi. Auditorning vazifasi - tekshirilayotgan tomon ishonchini qozonish, o ‘z ijobiy munosabatini, b o ‘linmaga yordam berish xohishini ko‘rsatish bo‘lishi kerak. Auditorning vazifasi - m a’lumot olish. Auditor gapirayotgan vaqtida m a’lumot ololmasligini yodda tutish kerak. Auditor m a’lumot olish davrida vaqtning 25% ida, tekshiriluvchi - 75 % da gapirishi ideal hisoblanadi. Auditor tomonidan tuzilgan b a’zi savollarga suhbatdosh tomonidan «ha» yoki «yo‘q» deb javob berilishi mumkin, bu holda auditor yetarli m a’lumot ololmaydi. Auditor savollami yaxshilab tanlash orqali zarur m a’lumot olishni ta’minlashi kerak. Auditor tayyor javoblarni keltirib chiqaruvchi y o ‘naltirilgan savollarni bermasligi kerak. Y o‘naltirilgan savol faqatgina aniqlangan faktni tekshirish yoki tasdiqlash uchun qo‘llanilishi kerak. «На» yoki «yo‘q» javob berilishi mumkin bo‘lgan yopiq savollar ham ushbu maqsad uchun xizmat qiladi. So‘rov davomida quyidagilar tavsiya qilinadi: • suhbatdoshlarning ismi - shariflarini yozib olish; • muhim tomonlarni maqsadga y o ‘nalgan holda tekshirish, chek - varaqni oriyentir sifatida qo‘llagan holda suhbatni olib borish; • xotirjam b o ‘lish, munozaraga kirishmaslik, • auditni jadal amalga oshirish, ammo shoshilinch xulosalar chiqarmaslik; • savollarni aniq shakllantirish, bir martada bitta savol berish va keyingi savolni berishdan oldin a w alg i savolga javobni kutish; • suhbatdoshni keng qamrovli javoblarga rag‘batlantirgan holda, savollarni: «N IM A », «К1М », «Q AND AY», «Q A CH O N », «Q A Y ER D A » va «N IM A U C H U N » so‘zlaridan boshlash; • og‘zaki m a’lumot olgandan so‘ng, iltimos qilgan holda uni obyektiv guvohliklar bilan mustahkamlash. So‘rov va hujjatlar tahlilidan tashqari, vizual kuzatish m a’lumot yig‘ishning muhim usuli hisoblanadi. Xodimlar, hujjatlar, texnologik qurilmalar, monitoring va o ‘lchashlar uchun qurilmalar, ish o ‘rinlarining holati audit mobaynida kuzatish obyektlari b o ‘ladi. 81 Ichki audit uchun asosiy resurslardan biri - inson resurslaridir, shuning uchun ham tashkilot auditorlarning kerakli layoqatini belgilashi, mavjud darajasini baholashi va zarur layoqatga erishish va ushlab turish uchun kerakli faoliyatni amalga oshirishi kerak. Auditorning layoqatliligi, uning shaxsiy sifatlari asosida bilim olish, ish tajribasi, auditor sifatida tayyorgarlik ko‘rish va tekshirishlarni o ‘tkazish tajribasi orqali shakllanadi [14]. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling