Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
Mahsulot sifati deb. mana shu mahsulotga nisbatan qo‘yilgan
xalq ehtiyoji talablarini qondirilish darajasi, ularning xossa xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi, ishlatilishining qulayligiga aytiladi. Sifatni shakllantiruvchi elementlar sifat ko‘rsatkichlari deyiladi va turlicha usullar yordamida aniqlanadi. 18 Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar yaroqliligining asosiy elementlari konstruksiya sifati deyiladi. Konstruksiya sifatini takomilashtirilishi bilan uning qiymati ham ortadi. 2 . 1 -rasmda konstruksiya sifatining uning bahosi va tannarxiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Grafikning tannarx va baho egri chiziqlarining kesishuv nuqtalari Qi va Q 2 bilan ajratilgan qismi rentabellikni ifodalaydi. Baho va tannarx egri chiziqlari orasidagi eng katta masofani belgilovchi Q0 nuqtasi eng yuqori foydani ta’minlovchi konstruksiya sifatini ifodalaydi. Raqobatlashuvchi mahsulotlar mavjud bo‘lgan sharoitda korxona mahsulotini realizatsiya qilishda iqtisodiy strategiya va taktikaning turli variantlaridan eng muqobilini tanlash kerak. Bunda sarf-xarajatlar ortiqroq bo‘lsada yuqori sifatni ta’minlovchi Q3 konstruksiya sifatida yoki tannarxning pasaytirilishiga asoslangan Q 4 konstruksiya sifatida to‘xtash mumkin. Amaliyotda mahsulotning texnik tavsifida va konstruktorlik hujjatlarida ko‘rsatilgan sifat ko‘rsatkichlari shakllantirilar ekan, ularning har doim ham sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniq mos kelmasliklarini ko‘rish mumkin. Ishlab chiqarilgan mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining konstruk torlik hujjatlarida keltirilgan sifat normalariga mos kelishi darajasi texnik jihatdan sifatga mos kelishi darajasi deyiladi. Odatda, ishlab chiqarishdagi sarf-xarajatlarning umumiy miqdori asosiy ishlab chiqarish sarf-xarajatlari hamda nazoratga va 19 yaroqsiz, defekt mahsulotlarni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlardan iborat bo‘ladi. Nazorat qanchalik aniq, asosli o‘tkazilsa, defekt mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga yo‘qotishlar shunchalik qisqaradi, nazorat sarf-xarajatlari ortadi. Nazorat sarf- xarajatlarini oshirmagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning texnik shartlarga mos kelishi darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, texnikaviy nazoratni amalga oshirish bilan bir qatorda sifatni boshqarishning boshqa uslublarini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Boshqaruv o‘zi nima? Boshqaruv-korxona sharoitida aylanma siklda amalga oshuvchi “rejalashtirish-amalga oshirish-nazorat- boshqaruv” jarayonlarining yig‘indisidir. 2 . 2 -rasmda boshqaruv sikli keltirilgan. Boshqacha aytganda, boshqaruvning bu sikli korxonada sifatni boshqarishning asosi hisoblanadi. Rejalashtirish funksivasi loyihalashtirish bosqichida korxona rahbariyati tomonidan bozordagi talab-taklifni, kapital sarf- Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling