Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
7. Ma’lumotlarni tahlil qilish
Tashkilot sifat menejmenti tizimining yaroqliligini va samaradorligini tasdiqlash uchun hamda sifat menejmenti tizimining samaradorligini doimo yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni aniqlash uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlashi, yig‘ishi va tahlil qilishi kerak. Bu ma’lumotlarning tartibiga o‘lchashlar va monitoring natij asida hamda boshqa tegishli manbalardan olinadigan ma’lumotlar kiritiladi. Tashkilot quyidagilar haqida axborotni olish uchun ma’lumotlarni tahlil qilishi kerak: a) iste’molchining qanoatlanganligi; b) mahsulotga qo‘yiladigan talablaming muvofiqligi; v) jarayonlar va mahsulotning tavsiflari va tendensiyalari, shu hisobda oldini oluvchi harakatlarni o‘tkazish imkoniyatlari; g) yetkazib beruvchilar haqidagi axborotni olish uchun ma’lumotlarni tahlil qilishi kerak. Tashkilot mahsulotning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi, jarayonlarning natijaliligi va samaradorligi va SMT o‘matilgan talablarga muvofiqligi to‘g ‘risida guvohlik beruvchi ro‘yxatga olinadigan ma’lumotlar turlari va tarkibiga talablarni belgilashi kerak. Tashkilot ma’lumotni olish manbalari va faoliyatni bajarilish natij aliligini baholash, jarayonlar tendensiyalarini aniqlash, bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlaming prognozini belgilash uchun statistik usullarni qo‘shgan holda, olingan ma’lumotlarning qayta ishlash usullarini belgilashi kerak. SMT da o‘rnatilgan faoliyatda ishtirok etuvchi tashkilotning barcha bo‘linmalari o‘z faoliyatini baholash, oldini oluvchi va to‘g‘rilovchi amallarni va nomuvofiq mahsulotni boshqarish bilan bog‘liq tadbirlarning bajarilishi to‘g ‘risida ma’lumotlarni yig‘ishi, tahlil qilishi va korxona sifat bo‘limiga taqdim qilishi kerak. Tashkilotning sifat bo‘limi bu ma’lumotlarni tahlil qilishi, bo‘linmalar faoliyatini baholashi va tashkilot rahbariga ko‘rib 132 chiqish va boshqaruvchi ta’sirlarni qabul qilish uchun taqdim qilishi kerak. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling