Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Iste’molchi bilan o‘zaro munosabat
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Loyihalash va ishlab chiqish. Loyihalash va ishlab chiqishni rejalashtirish
4. Iste’molchi bilan o‘zaro munosabat
Tashkilot: a) mahsulot to‘g ‘risidagi axborot; b) so‘rovlarning kelib tushishi, kontrakt yoki buyurtma bajarilishi, hamda ularga bo‘lgan o‘zgartishlar; v) iste’molchi shikoyatlari bilan birga u bilan aks aloqaga tegishli masalalar bo‘yicha iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni aniqlashi va joriy etishi kerak. Tashkilotda iste’molchi (nafaqat mahsulot yetkazib berishga shartnoma imzolagan, balki bo‘lishi mumkin bo‘lgan) bilan o‘zaro aloqaning usullari va shakllari belgilanishi kerak. Iste’molchi bilan o‘zaro aloqaning usullari va shaklini va bu o‘zaro aloqa natijalarini ro‘yxatga olishni belgilovchi hujjatlashtirilgan tartib bo‘lishi kerak. Iste’molchilarning tashkilotga turli usullar bilan kelib tushayotgan buyurtmalari va murojaatlarini ro‘yxatga olish hamda buyurtmalar va murojaatlarni barcha bosqichlarda ko‘rib chiqish tartibi o‘rnatilishi kerak. Iste’molchidan kelib tushayotgan barcha turdagi m a’lumotlarni ro‘yxatga olish tartibini o‘rnatish talab qilinadi. Kelib tushayotgan mahsulot sifatiga taalluqli e’tirozlar, shikoyatlar, istaklar yoki boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqish tartibi o‘rnatilishi kerak. Bu tartib nomuvofiq mahsulotni yetkazib berishga olib kelgan sabablar tahlili, sabablarni bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, ularning samaradorligini tekshirishni o‘z ichiga olishi kerak. 5. Loyihalash va ishlab chiqish. Loyihalash va ishlab chiqishni rejalashtirish Tashkilot mahsulotni loyihalash va ishlab chiqishni rejalashtirishi va boshqarishi kerak. Rejalashtirish paytida tashkilot: a) loyihalash va ishlab chiqish etaplarini; 111 b) har bir etapga to‘g ‘ri keladigan natijalarni tahlil qilish, verifikatlash (tekshirish) va validatlash (tasdiqlash) shakl va usullarini; v) loyihalash va ishlab chiqishni o‘tkazish bo‘yicha javobgarlik va vakolatlarni aniqlashi kerak. Loyihalash va ishlab chiqishda qatnashayotgan turli guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlami boshqarish, ular orasidagi aloqa samaradorligini va javobgarlikni aniq taqsimlashni ta’minlaydigan tarzda amalga oshirish kerak. Rejalashtirish natijalari, zarur bo‘lganda, loyihalash va ishlab chiqish jarayonida aniqlanishi kerak. Izoh: Loyihalashtirish va ishlab chiqishning tahlili, verifikatlash va validatlash o‘ziga xos maqsadlarga ega. Ular mahsulot yoki tashkilotga bog‘liq holda alohida yoki istalgan birlashmada o‘tkazilishi va ro‘yxatga olinishi kerak. Mahsulotni loyihalash va ishlab chiqish bo‘yicha faoliyat ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga, uning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligiga va, oxir - oqibat, iste’molchini qanoatlantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulotni loyihalash bo‘yicha ishlarning asosiy maqsadi bo‘lib yangi mahsulotni yaratish yoki ishlab chiqarilayotganlarini takomillashtirish hisoblanadi. Loyihalash bo‘yicha ishlarni rejalashtirishda tashkilot aniq mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan loyihalash bosqichlari va etaplarini belgilashi kerak. Loyihalash bosqichlari va etaplari ishlab chiqarilayotgan mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari, murakkabligi vayangiligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Mahsulot ishlab chiqish rejasi loyihalash bosqichlari va etaplarini, har bir bosqich uchun javobgarlarni va har bir etapni bajarilish kalendar muddatlarini o‘z ichiga olishi kerak. Loyihalashda ishtirok etayotgan turli guruhlarning o‘zaro munosabatlarini rejalashtirishda barcha etaplardagi ishtirokchilarni belgilash zarur. Tashkilot loyihalash va ishlab chiqishning har bir bosqichiga muvofiq bo‘lgan faoliyat tahlili, tekshirilishi va tasdiqlanishini ta’minlashi kerak. 112 Mahsulot ishlab chiqish bo‘yicha reja, loyihalash bosqichlari bajarilishida, ishlab chiqish natij alarining tahlili va tekshirilishi zaruriyatini hisobga olishi kerak. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling